314
Jyul Vern
Missis Ueldon, eri Jems
Ueldon uning xatini olishi
bilan hech qanday xavf-xatarlarga qaramasdan, Afrikaga
uchib kelajagiga hech shubha qilmas edi. Ammo «tovon»
pulini to‘lagandan keyin xotini, o‘g‘li va Benedikt tog‘a
bilan Kazondedan bemalol chiqib keta oladimi-yo‘qmi, –
bunga kim kafil bo‘la oladi?
Malika Muana sal o‘jarlik qilsa,
ular hammasi bu yerda
qolib ketadilar!
Undan ko‘ra, «oldi-sotdi» ishlari biron dengiz qirg‘og‘ida
bo‘lgani yaxshi emasmi? Bu narsa mis ter Ueldonni
Afrikaning ichkarisidagi xatarli viloyatlarga kelishdan
qutqazar va eri «tovon» to‘laganidan keyin, bu ablahning
qo‘lidan qutulib ketish ham mumkin bo‘lar edi.
Missis Ueldon xuddi shu masala ustida o‘ylab ketdi.
Negoroning taklifini ana shuning uchun rad qildi. Negoro
yo‘lga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘ziga ham birmuncha
vaqt kerak bo‘lganidan, o‘ylab
olish uchun unga ham
bir haftalik muhlat berganini missis Ueldon tushundi.
– Nahotki u meni Jekdan ajratmoqchi bo‘lsa-ya? – deb
shivirladi missis Ueldon.
Xuddi shu payt uyga chopganicha Jek kirib kel di.
Onasi, go‘yo Negoro bolasini uning qo‘lidan tortib olishga
tayyor turganday, Jekni qo‘liga olib, bag‘riga bosdi.
– Oyi, xafamisan? – deb so‘radi bola.
– Yo‘q, o‘g‘lim, yo‘q! – deb javob qaytardi missis Ueldon.
– Men dadangni o‘ylayapman. Dadangni sog‘indingmi?
– Juda sog‘indim, oyi! Dadam bu yerga kelarmikan?
– Yo‘q... yo‘q! Bu yerga kela ko‘rmasin!
– Bo‘lmasam, o‘zimiz boramizmi?
– Ha, Jek!
– Dik ham boradimi? Gerkules-chi? Tom bobo ham
boradimi?
– Ha... ha...
Missis Ueldon ko‘z yoshlarini yashirish uchun boshini
egdi.
– Dadamdan xat keldimi, oyi? – deb so‘radi Jek.
– Yo‘q, jonim.
315
«O‘n besh yoshli kapitan»
– Bo‘lmasa o‘zing xat yozmoqchimisan?
– Balki... yozarman... – dedi onasi.
Jek onasining yuragini ezayotganini bilmas edi. Bu
so‘roqni to‘xtatish uchun onasi uni cho‘lpillatib o‘pdi.
Shuni ham aytish kerakki, missis Ueldonda kutil-
maganda bir umid tug‘ilib qoldi.
Agar bu umid yuzaga
chiqsa, bu ishga erini ham aralashtirmasdan, Negoroning
roziligiga ham qaramas dan, ozodlikka chiqish mumkin
edi. Bu umid birovdan ittifoqo eshitib qolingan gaplardan
keyin paydo bo‘ldi.
Negoro bergan muddat tugashiga bir kun qoldi degan-
da Alvets ujijilik bir metis savdogar bilan missis Ueldon
turgan uy yonidagi bog‘da suhbatlashib qoldi. Ular qul
savdosi to‘g‘risidagina gaplashdilar. Ular o‘z ishlari haqi-
da
gaplashib turib, kelgusi ahvollariga achinishdilar.
Xoze-Antonio Alvets, ko‘pgina sayyohlarning Afrika-
ning ichki viloyatlarida olib borgan ilmiy tekshirish ishlari
va geografiya sohasidagi kashfiyotlari qul savdosiga qat
-
tiq zarar yetkazyapti, de di. Uning suhbatdoshi bu fikrni
to‘la ravishda ma’qulladi va sayyohlar bilan olimlarning
barisini o‘qqa
tutish kerak, deb qo‘shimcha qildi.
Ko‘p olimlarni shunday qarshi olishdi ham. Ammo
suhbatdoshlar shunga xafa edilarki, bitta sayyoh o‘ldiril-
sa, darrov uning o‘rniga boshqa bir necha sayyohlar qolar
edi. Keyin Alvetsning aytishicha, bu odamlar o‘z vatan-
lariga borib bu yerdagi dahshatli qul savdosi to‘g‘risida
juda mubolag‘ali gaplar tarqatardilar va usiz ham shar-
mandasi chiqayotgan bu ishga katta zarar yetkazardilar.
Metis savdogar uning gapini ma’qullab, ayniqsa
Nyangve, Ujiji va Zanzibar bozorlarida omad qochdi dedi;
chunki bu joylarga ketma-ket Spik, Grant, Livingston
hamda Stenli degan sayyohlar kelib turdilar. Bir olomon
yov-a! Afrikaning ichkari viloyatlariga
tez orada butun
Angliya bilan Amerika ko‘chib kelmasa edi!
Alvets hamrohining fikriga qo‘shilib, bu jihatdan G‘ar
-
biy Afrika yaxshi ekan, dedi. U yoqqa bu shaytonlar hali