Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

316
Jyul Vern
juda kam bormoqdalar. Ammo bu ofat G‘arbiy Afrikaga 
ham tarqalmoqda. Kazondeda hozircha tinch bo‘lsa-da, 
lekin Alvets ning savdo bo‘limlari bor bo‘lgan Kassango 
bilan Vixe bevosita xavf ostida qoldi, dedi.
Qul savdogarlarining xavotir olishlari ham to‘g‘ri edi. 
Ma’lumki, mana shu aytilgan voqealardan bir necha yil 
keyinroq janubda Kameron va shimolda Stenli G‘arbiy 
Afrikaning kam tekshirilgan bu viloyatlariga haqiqatan 
ham yetib borishdi. Kameron bilan Stenli bu yerdagi 
qul savdogarlari ning ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan 
shafqatsizliklarini hamda bu razil kasbga yo‘l qo‘yadigan 
ba’zi bir yevropalik amaldorlarning sotqinliklarini butun 
dunyo oldida fosh qildilar.
Alvets bilan ujijilik metis Stenli Kameronning kimligini 
hali bilmas edilar. Ammo ular doktor Livingstonni yaxshi 
bilar edilar. Ularning Livingston to‘g‘risida aytganlari 
missis Ueldonni juda hovliqtirib qo‘ydi va u Negoroning 
talabiga bo‘sh kelmaslikka qaror berdi: chunki Livingston 
soqchilari bilan yaqin kunlarda Kazondega kelib qolishi 
ehtimol edi.
Bu sayyoh Afrikada juda e’tiborli kishi edi. Angola-
ning hukumat amaldorlari unga har tomonlama yordam 
qilar edilar. Shuning uchun ham mis sis Ueldon agar 
Livingston bizni o‘z himoyasi ostiga olsa, Negoro bilan 
Alvetsning qarshi turishiga qaramasdan, o‘zim ham, 
yo‘ldoshlarim ham ozod likka chiqar edik, deb umid qildi.
Devid Livingston 1813-yil 13-martda chakana choy-
furush oilasida tug‘ildi. Uning vatani Angliyaning Lenari 
viloyatidagi Bleyntayr qishlog‘i edi. Livingston vrach va 
missioner nomini olib, Londondagi missionerlar jamiyati-
da biroz ishlaganidan keyin, 1840-yilda Kapshtadt shah-
riga kel di. U Janubiy Afrikaga ketayotgan missionerlar 
to‘dasining boshlig‘i Moffatga qo‘shilishi lozim edi.
Livingston bechuan degan qabila yashaydigan viloyat-
ga jo‘nab ketdi. U bu viloyatni tekshirgan eng birinchi 
oq tanli kishi edi. Keyin Livingston Kurumanga qaytib 


317
«O‘n besh yoshli kapitan»
kelib, Moffatning qiziga uylandi-da, 1843-yilda Mabotsa 
vodiysida missionerlar jamiyatini uyushtirdi.
To‘rt yildan keyin Livingston Kurumandan ikki yuz 
yigirma mil naridagi Bechuanalende viloyatidagi Kolo-
beng degan joyga ko‘chib bordi.
Yana ikki yildan keyin, ya’ni 1849-yilda, Livingston, 
xotini, uch bolasi, Osuell bilan Merrey degan ikkita 
o‘rtog‘i bilan Kolobengdan safarga chiqdi. O‘sha yilning 
1-avgustida Ngami ko‘lini kashf etib, Suga daryosi oqimi 
bilan Kolobengga qaytib keldi.
Bu sayohat vaqtida yovvoyilar unga dushman ko‘zi 
bilan qaraganidan, Livingston Ngami ko‘lining naryog‘ida-
gi o‘lkani tekshira olmagan edi. O‘sha o‘lkaga boraman 
deb ikkinchi marta urinishi ham foydasiz bo‘ldi. Ammo 
uchinchi urinishi muvaffaqiyatli chiqdi. Shundan keyin 
u shimol tomon ga yangi sayohat qildi. Bu sayohatga 
Livingstonning butun oilasi va Osuell degan o‘rtog‘i ham 
qatnashdi. Sayyohlar Zambezi daryosining Xobe degan 
tarmog‘i oqimi bilan yurib borib, makolollar qabilasiga 
kelishdi. Yo‘l juda ham og‘ir edi. Ovqat bilan suv yetish-
maganidan Livingstonning bolalari o‘lib ketishiga sal 
qoldi. Shunday qiyinchiliklarga qaramas dan, u 1851-yil 
iyun oyining oxirida Zambezi daryosiga qaytib keldi.
Shundan keyin Livingston bola-chaqasini vataniga, 
Angliyaga jo‘natish uchun Kapshtadtga qaytib keldi.
Dovyurak sayyoh qit’aning ichkarisiga yangi xatarli 
sayohat qilmoqchi edi, shuning uchun oilasini bunday 
xavf-xatarliklarga duchor qilishni istamadi.
Bu safar sayohatchining yo‘li Kapshtadtdan San-
Paola de Loandaga, ya’ni Afrikani janubdan g‘arbga 
kesib o‘tar edi.
Livingston bir necha yerliklarni olib, 1852-yil 3-iyunda 
yo‘lga chiqdi. U Kurumandan g‘arbga tomon, Kalaxari 
sahrosi bo‘ylab jo‘nadi. 31-dekabrda Litubarubaga yetib 
keldi. Bechuan qabilasining yerlarini golland mustamla-
kachilarining avlod laridan bo‘lgan burlar butunlay 



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish