Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

306
Jyul Vern
bir boylik-ku; «Inkilar yurtidan
46
» ko‘ra qaytaga bu yer 
yaxshi, – der edi.
Qanday baxt, qanday baxt-a, – derdi u o‘z-o‘ziga 
hamda uning gapiga quloq solmagan missis Ueldonga, – 
bu yerlar yungi o‘sgan, uzun-uzun oyoqli, qanoti uchli va 
kattakon og‘izli vizillovchi qo‘ng‘izlarning vatani emasmi, 
axir? Vizillovchi larning eng ajoyibi, bukri sirtli qo‘ng‘izdir. 
Bu qit’a qizil badanvizillovchilarning, igna oyoqli polvon 
gvineya hamda gabon qo‘ng‘izlarining vatani bo‘ladi; 
tuxumchalarini chag‘a noq qutichasiga soladigan chipor 
antidiy asalarilarining vatanidir; qadimgi misrliklarning 
tangri deb atagan muqaddas go‘ngqo‘ng‘izlarning vatani-
dir. Bu yer hozir butun Yevropaga tarqalgan «toshbosh» 
obulhavl kapalagining vatanidir; senegaliyaliklar uning 
chaqishidan qattiq qo‘rqadigan «bigot pashshasi»ning 
vatanidir. Hech so‘zsiz, bu yerda ajoyib kashfi yotlar qi-
lish mumkin va agar bu marhamatli odamlar menga yo‘l 
qo‘yishsa, albatta yangi kash fiyotlar qilaman!
Bu «marhamatli odamlar»ning kimligini o‘quvchilar 
yaxshi bilsalar kerak. Ammo Benedikt tog‘a ning ulardan 
zorlanishga hech qanda vaji yo‘q edi.
Gerris bilan Negoro bu entomolog olimga ancha yo‘l 
qo‘yib kelar edilar, holbuki Dik Send dengiz qirg‘og‘idan 
Kuanza daryosiga kelguncha uning tentirashlariga yo‘l 
qo‘ymagandi. Shuning uchun ham soddadil olim qul 
savdogarlaridan juda xursand edi.
Agarda alam qilarlik bir kamchilik bo‘lmaganida 
Bene dikt tog‘a o‘zini dunyodagi eng baxtli ento molog 
deb hisoblashga tayyor edi. Bu kamchilik shundan ibo-
rat ediki, uning hasharotlar qutisi avvalgiday orqasida 
osig‘li yurgan bo‘lsa ham, lekin burnidagi ko‘zoynagi bilan 
ko‘kragiga osib yuradigan lupasi yo‘qolib qolgan edi. Na 
ko‘zoynagi, na lupasi bo‘lmagan entomologiya olimi ham 
46
Ya’ni Janubiy Amerika,
 
inkilar – Janubiy Amerikaning 
yerlik xalqi, ispanlar bu mamlakatni istilo qilguncha shu xalq 
hukm ronlik qilgan.


307
«O‘n besh yoshli kapitan»
olimmi? Har holda Benedikt tog‘a endi bu asboblarga 
hech qachon ega bo‘lolmaydi, chunki ular Muani-Lunga 
xonning o‘ligi bilan birga daryo tagiga ko‘milib ketdi.
Endi bechora olim topilgan hasharotlarning tuzilishini 
tekshirib ko‘rish uchun ularni burni tagiga keltirib qa-
rar edi. Benedikt tog‘a juda qiynalib qoldi. U ko‘zoynak 
uchun har qancha pul berishga ham rozi edi-yu, baxtiga 
qarshi, Kazon deda bunaqa narsani hech qanday pulga 
ham topib bo‘lmasdi.
Benedikt tog‘aga Xoze-Antonio Alvets qo‘rg‘onining 
hamma joylarini bemalol tomosha qilib yurishga huquq 
berildi, chunki unda qochib ketish niyati yo‘qligini bilar 
edilar. Shu bilan birga, qo‘rg‘onning atrofida baland 
panjara devor bo‘lib, olim undan baribir oshib o‘tol-
masdi. Bu panjara devor salkam milga cho‘zilgan edi. 
Qo‘rg‘onning ichi daraxtzor, chakalakzor edi, bir necha 
anhorlar oqib yotardi, baraklar, kapalaklar va uylar 
bor edi. Qisqasi, hasharotlar qidirish uchun juda bop 
joy edi. Shu sababdan Benedikt tog‘a bu ishga astoydil 
kirishib ketdi. U o‘zi topgan olti oyoqli hasharotlari-
ga diqqat bilan tikilavergandan ko‘zlaridan ajralay 
dedi. Uning hasharotlari yoniga anchagina yangilari 
qo‘shildi, bundan tashqari Afrika hasharotlari haqida 
katta bir asar yozish uchun taxminiy reja ham chizib 
qo‘ydi. Agar u birorta yangi hasharot topib, unga o‘z 
nomini qo‘ya olsa, dunyoda Benedikt tog‘adan baxtli 
kishi bo‘lmasdi.
Kichkina Jekka ham qo‘rg‘onda bemalol aylanib 
yurishga ruxsat etildi. Ammo Jek o‘z tengqurlari bi lan 
o‘ynashga qiziqmas edi. U sira onasining yonidan nari 
ketmasdi. Missis Ueldon bolaga hech narsa bo‘lmasin 
deb uning o‘zini hech yolg‘iz qo‘ymas edi.
Jek otasini ko‘p eslardi. U onasidan Nan kampir, 
keksa Tom, do‘sti Gerkules, Bat, Akteon va Ostinlarni 
surishtirar edi. U, Dingo meni tashlab ketdi, deb xafa 
bo‘lardi. Lekin Jek ayniqsa Dik Sendni ko‘p yo‘qlar edi. 



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish