Семинар – Turkiy qabilalarning ilk Vatani va Oriylar muammosi. Reja: Turkiy qabilalarning ilk Vatani haqidagi dastlabki tasavvurlar



Download 14,21 Kb.
Sana22.02.2023
Hajmi14,21 Kb.
#913809
TuriСеминар
Bog'liq
Семинар 3 мавзу (2)


Семинар – 3. Turkiy qabilalarning ilk Vatani va Oriylar muammosi.
Reja:
1. Turkiy qabilalarning ilk Vatani haqidagi dastlabki tasavvurlar.
2. Turkiy qabilalarning kelib chiqishi xaqida akademik A.Asqarovning qarashlari/
3. Oriylar kimlar.
Sobiq sovet davri fanida turkiy xalqlarning Vatani - Oltoy, turklar shu o‘lkalarda tarkib topib so‘ng boshqa yurtlarga tarqalgan degan tasavvur shakllangan. Bunga Oltoy o‘lkasida Turk xoqonligining tashkil topishi, 18-19 asrlarda Oltoyda etnolingvistik tadqiqotlar olib borilib ularning natijalari isbot bo‘lgan. Jahon tarixiy tilshunosligida “Oltoy tillar oilasi” degan atama ham paydo bo‘lgan. Turklarning kelib chiqishi haqida rivoyatlar ham bor: 1-si Atilla boshchiligida G‘arbga ketgan xunnlarni, sarkarda vafotidan keyin mahalliy aholi butunlay qirib tashlaydi. 9 yoshli bir bola botqoqlikda qolib ketib, undan urg‘ochi bo‘ri xomilador bo‘ladi. Dushmanlar bolani o‘ldiradilar, bo‘ri esa Oltoyga qochib kelib, g‘orga joylashib, 10 ta o‘g‘il tug‘adi. SHu tariqa ular ko‘payishib, tabiatan xarbiylashgan bo‘ri urug‘i etishadi. Vaqt o‘tishi bilan ularning sardori Asanshod o‘z aymoqlari bilan g‘ordan chiqib jujanlardan yashash uchun er so‘raydi. Evaziga ma’dan konlarida ishlab berishiga rozi bo‘ladi. Oltoy turklari tukyu, g‘arbiy xunnlardan kelib chiqqan ya’ni turklarning ona urug‘i bo‘ridan tarqalgan (Gumilev L.N, Drevnie tyurkiy, M, 1993, 23- bet); 2- rivoyatga ko‘ra turklar mahalliy “So” qabilasining bo‘ri urug‘idan kelib chiqqan. Qabila sardori Abanbuning 17 ta og‘a- inisi bo‘lgan. Ko‘pi qirilib 4- ta o‘g‘il tirik qolib, kattasi Audilidan Ashin ismli o‘g‘il tug‘uladi. U urug‘ sardori bo‘lib, urug‘, qabila nomi asanshot deb ataladi. Ashinning nabirasi Bumin 551- yili Turk xoqonligiga asos soladi. Mahalliy qabilalar tele, jujonlarni bo‘ysindirdilar va hammasi turkiy tilli, turklar bo‘ldilar.
A.Asqarov Quyi Volgadan SHarqiy hududlar (Janubiy Sibir, Butun Qozog‘izton, Ettisuv) bronza va ilk temir davri aholilari arxeologik tadqiqotlar ko‘rsatishicha ular moddiy madaniyati o‘xshash, etnogenetik jihatdan bir deb hisoblaydi. Bu qabilalar arxeologik adabiyotlarda Andronov madaniyati sohiblari deb nom oldi. YOzma manbalarda bronza davridan e’tiboran turkiy aholilar yashagan degan ma’lumotlar bor. L.N.Gumilev xunnlar turkiy qabilalar sifatida Xitoy manbalarida mil.avv. 1764 – yilda tilga olinadi deydi. Prof. A.Xo‘jaev Xitoyning 24 jildlik tarixi “Ersi shi” da turk atamasi bundan kamida 4- ming yil oldin tilga olinadi deydi. A.Xo‘jaev mil.avv. 3- ming yillikning oxiridan “SHi” deb atalgan yilnomachilar tomonidan Xitoy tarixi yozila boshlagan deydi. Ular Xitoyning shimoliy, shimoliy- g‘arbiy va shimoliy-sharqiy chegaralarida turkiy qabilalar yashaganliklari to‘g‘risida ma’lumot berishadi. Er Si SHi ning birinchi jildi Sima Syanning “Tarixiy xotiralar” bo‘lsa, oxirgisi Ming sulolasi (1368-1644) ya’ni 3,5 mingyillik davr tarixini o‘z ichiga oladi.
A.Asqarov fikricha Xitoy manbalarida tilga olingan “xu”, “di”, “Guyfang”, “Tufang”, “Rung”, “Xunn” va boshqa saxroyilar qadimgi turkiyda so‘zlashuvchi Andronov madaniyati sohiblari bo‘lishganlar. Bichirun Xitoy manbalari tarjimasida Anronov qabilalari turkiy tilda so‘zlashadi degan ishoralar bor edi. Respublikamiz mustaqilligi sharofati bilan arxeologik, antropologik ma’lumotlar Xitoy manbalari bilan solishtirilib Urolning etaklari, uning sharqiy hududlarida bronza davridan boshlab turkiy etnos bo‘lganligi, Janubiy Sibir aholisi qadimgi va o‘rta asrlar davrida turkiy tilli xalqlar bo‘lganligini dadil aytish imkoni bo‘ldi (A.Asqarov). A.Xo‘jaevning aytishicha, “xu” va “xulu” turkiycha “xir” atamasining xitoycha talaffuzi. “Xur” turkiycha ozod, ko‘chmanchi xalq. “Xur”, “Avesto”dagi “arya” so‘ziga to‘g‘ri keladi. Eronida “arya”, turkiyda “xur” bir xil mazmunga ega. Axuramazda birinchi bo‘lib keng yaylovli, chorvaga qulay Aryanam Vaychaxni yaratib unga oriylarni joylashtirdi. (oriylar mamlakati). A.Asqarov fikricha Aryanam Vaychax – eron, Qadimgi Baqtriya, Qadimgi Xorazm, Xilmend vohasi, eron Ozorboyjonidan ko‘proq Evroosiyo cho‘l, dasht mintaqalariga to‘g‘ri keladi. “Evrosentrizm” ta’limotchilari bu dasht, cho‘llikda eron zabonli ko‘chmanchilar yashagan degan g‘oyani ilgari surgan. Avesto ilmiy o‘rganilgach dasht ko‘chmanchilari (varvarlar) janubga migrasiyasidan eron tog‘ oldi xududlarida Ariana tashkil topganligi ma’lum bo‘lib qoldi. (Varvarlar atamasi – “oriylar” atamasi bilan almashtirildi).
Oriylar o‘zi kimlar ? “Avesto”ga ko‘ra ular ijtimoiy hayotda jamoaning erkin, ozod, jangovor mulkdorlar tabaqasi bo‘lib, mana shu tabaqa o‘z urug‘- aymoqlaridan farqli o‘laroq “Avesto”da “ozodlar” ya’ni “Oriylar” deb yuritilgan. Oriylar Vatani “Arriana Vaychax” deb atalgan. Ko‘chmanchi chorvador qabilalar ichidan chaqqon chavondoz, suvoriy oriylar tarkib topib ular o‘zlarini ozod va erkin sezardi.Ular tom ma’noda dastlabki sinfiy jamiyatning aslzodalar tabaqasi edi. Arxeologik tadqiqotlar bu aslzodalar urug‘iga e’tibor berib, ularga maxobatli mozorqo‘rg‘onlar qurganliklarini ko‘rsatdi (Tegisken, Soloxo, Qulbobo, Pazirik). Mil.avv.2 mingyillikning o‘rtalarida oriylar O‘rta Osiyoning ichki rayonlariga, xatto eron adirliklariga kirib borgan. Eronda o‘rnashgan joylari “Avesto”da Ariana nomini olgan. Oriylar asta- sekin eroniylashib ketgan. Mantiqiy xulosa A.Asqarov fikricha shundan iboratki, Ahomoniylar kelib chiqishi Turkiyzabon oriylar bilan bog‘liq (Kir 2, Doro 1 Qoyatosh bitiklarida o‘zlarini oriylar, xatto Kushon podsholari ham o‘zlarini (M.Rabatok bitigi) asl zoti oriy, ya’ni turkiy ekanligiga ishora qiladilar). Xullas, Turkiy xalqlarining ilk Vatani Evroosiyo cho‘llari bo‘lgan (G‘arbda Qoradengiz shimoli-sharqiy sohillaridan SHarqda to janubiy Baykalgacha cho‘zilgan cho‘l va dasht mintaqalaridan iborat). A.Asqarov tadqiqoticha O‘rta Osiyoga turkiy zabon qabilalarining ilk kirib kelishi bronza davrida bo‘lib, shundan o‘zbek xalqi etnogenezi boshlanadi.
A.Asqarov oriylar masalasida quyidagi xulosaga kelgan: ular Evroosiyo cho‘l va dasht mintaqalari chorvador qabilalarining iqtisodiy yuksalishidagi ko‘chmanchilik hayot bosqichining ijtimoiy mahsuli, ularning jangovor qatlami, sinfiy jamiyatning aslzodalar tabaqasidir. Ular turkiyda so‘zlashgan. Mil.avv. 2 mingyillikning o‘rtalaridan O‘rta Osiyo mintaqasiga ommaviy kirib kelgan va shu tariqa ilk o‘rta asrda turkiy- so‘g‘diy ijtimoiy etnomadaniy maydon tarkib topgach, keyinchalik o‘zbek va tojik xalqlari shakllangan.( Hindiston Xarappa madaniyati halokatini oriylar bosqini bilan bog‘laydi (S.P. Tolstov, M.A. Itina) bog‘lamaydi ( G. M. Bongard – Levin, G.F. Ilin).
A.Asqarov mil.avv. 2 ming yillikning 2- yarmida oriylar bir bo‘lagi eron, Afg‘oniston va SHimoliy Hindistonga kirib borgan deydi (Buni Rigveda, “ Avesto” ham tasdiqlaydi), lekin ular Hindiston, SHarqiy Xuroson, eroning mahalliy aholisi tilini o‘zgartirib yubora olmagan (garchi siyosiy hukmronlikni o‘zgartirgan bo‘lsada), aniqrog‘i istilochilar tili mahalliy aholi tili tomonidan yutib yuborildi – assimilasiya qilingan.
Download 14,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish