299
«O‘n besh yoshli kapitan»
– Shu jumladan sen ham, – deb javob qaytardi Dik. –
Ammo sen oldinroq o‘lasan!
Yigitning bosiq ovozi va dadil qarashlari Negoroning
toqatini toq qildi. U batamom es-hushini yo‘qotib, bechora
asirni g‘ippa bo‘g‘ib o‘ldirishga tayyor edi. Negoro Dikka
tashlandi ham, uni bir silkitib bo‘g‘ziga yopishdi ham...
biroq shunda o‘zini ushlab qoldi. «Dikni hozir o‘ldirish –
uni qiynoqlardan qutqazib qolish bo‘ladi».
Keyin u asirni qo‘yib yubordi-da, asirdan ko‘z uzma,
deb xavildorga buyurib, o‘zi barakdan tez chiqib ketdi.
Bu manzaradan Dik xafa bo‘lish bir yoqda tursin, ak-
sincha, xursand bo‘ldi. Unga birdan kuch-quvvat kirdi.
Dik Send Negoro ketgandan keyin qarasa, qo‘1-oyoqlarini
bemalol qimirlatadigan bo‘lib qolibdi. Negoro uni g‘aza-
bi bilan silkitganda, ehtimol, arqonni o‘zi bo‘shashtirib
qo‘ygandir. Yigit endi qo‘lini osongina bo‘shatib olsa
bo‘lardi. Qo‘lini bo‘shatib olsa, ahvoli biroz yengillashardi.
Boshqa hech qanday umidi yo‘q edi, chunki hamma yog‘i
mahkam berk bu hujradagi soqchi undan ko‘zini uzmas
edi. Biroq hayotda ozgina qulaylik bo‘lishi ham katta bir
baxtday ko‘ringan paytlar bo‘ladi.
Albatta, Dik qutulaman deb sira umid qilmasdi.
Unga faqat chetdan yordam berilishi ehtimol edi. Ammo
unga kim ham yordam bersin? Hech kim! Buning ustiga
Dik o‘limiga rozi edi. U o‘zidan ol dinroq o‘lib ketganlar
haqida o‘ylardi. Gerrisning aytganini Negoro ham tas-
diqladi: demak, missis Ueldon bilan Jek o‘lgan ekan.
Ehtimol, Gerkules ham halok bo‘lgandir, chunki u ham
har qadamda o‘lim xavfi ostida edi. Tom bilan uning
sheriklari qullikka sotildi. Ular hozir yiroqda, Dik ular-
dan umrbod ajralgan. Biror kutilmagan hodisa bo‘lib
qolishi ehtimol, deyish ham behuda gap edi. Lekin Dik
Send o‘limdan qo‘rqmasdi.
Vaqt o‘tyapti. Kech kirdi. Tomning tirqishidan tu-
shayotgan kunduzgi yorug‘lik asta-sekin so‘ndi. Bozor
maydoni ham tinchidi, lekin kechagi to‘s-to‘polonga qa-
300
Jyul Vern
raganda bugun maydonda umuman tinchlik bo‘ldi. Dik
yotgan tor xujradagi shu’lalar qoraydi va keyin butunlay
qop-qorong‘i bo‘ldi. Kazonde shahri jimib qoldi.
Dik Send ikki soatcha uxlab oldi, kayfi joyiga kelib
uyg‘ondi. Dik urinib-surinib bir qo‘lini arqondan bo‘shatib
oldi-da, qo‘lini bir buklab, bir yozib, rohat qildi.
Vaqt yarim kechadan o‘tgan bo‘lsa kerak. Xavildor
qattiq uyquda edi, chunki kechqurun u bir shisha araqni
bir tomchi ham qoldirmay ichib olgan edi. Hozir tushida
ham araq ko‘rayotgan bo‘lsa kerak, shishaning bo‘ynini
qo‘llari bilan mahkam qisib ushlab yotibdi.
Dik Sendning miyasiga soqchining miltig‘ini olish
ke rak, qochishga to‘g‘ri kelib qolsa, kerak bo‘lib qoladi,
degan fikr keldi. Ammo shu paytda hujra eshigining
orqasida, yerdan qandaydir shitirlagan bir ovoz eshi-
tilib qoldi. Dik bo‘shatilgan qo‘liga tayanib, xavildorning
uyg‘onishidan xavotir olib, eshik yoniga emaklab bordi.
Dik Send yanglishmadi. Eshik orqasidagi shitirlash
tobora yashxiroq eshitilar edi. Birov eshik tagini kav-
layotganday tuyuldi. Kim ekan-a? Odammikan yo hay-
vonmikan?
– Zora Gerkules bo‘lsa! – deb shivirladi Dik.
U xavildorga ko‘z tashladi. Xavildor esa dong qotib
uxlab yotibdi. Dik bo‘sag‘a ustidagi yoriqqa og‘zini qo‘yib,
asta shivirlab: «Gerkules!» deb chaqirdi. Unga javoban
g‘inshib, vovillagan ovoz eshitildi.
«Bu Gerkules emas, Dingo ekan! – deb o‘yladi Dik. –
Aqlli it meni qamoqxonadan ham qidirib topibdi-ya! U
Gerkulesdan yana xat olib kelmadimikan-a? Dingo tirik
bo‘lsa, demak, Negoro aldagan chiqadi! Demak, u...»
Shu paytda eshik tagidan uzayib it panjasi ichkari
kirdi. Dik uni ushlab ko‘rib, Dingoniki ekanini bildi. Agar
Dingo xat olib kelgan bo‘lsa, bo‘yinbog‘ida bo‘ladi. Nima
qilish kerak? Eshik tagidagi teshikni Dingoning boshi
sig‘adigan qilib ochib bo‘lmasmikan-a? Har holda bir
urinib ko‘rish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |