295
«O‘n besh yoshli kapitan»
Xoze-Antonio Alvets ham o‘z uyiga kirib yashirindi.
U bo‘lgan voqea uchun meni aybdor qilishlari ehtimol,
deb qo‘rqar edi. Negoro unga xon ning o‘lishi sababini
tushuntirdi va ehtiyot bo‘lishga maslahat berdi.
Basharti, Muani-Lunganing o‘limiga
Alvets ayb dor deb
topishsa, uning ahvoli chatoq bo‘lar edi. Ammo Negoro-
ning miyasiga ajoyib bir fikr kelib qoldi. Uning maslahati
bilan Alvetsning xizmatkorlari: Kazonde xonining bunday
g‘aroyib vafoti – ulug‘ iloh Manitu uni alohida hurmat
qilgani bo‘ldi, iloh hammaga ham shunday marhamat
qilavermaydi, degan mish-mishlarni tarqata bosh ladilar.
Xurofotchi yerliklar bu hiylaga darrov ishona qoldilar. Xon
bilan vazirni kul qilgan olovni muqaddas olov deb e’lon
qilindi. Endi xudo nasli dan bo‘lgan Muani-Lunga xonni
o‘ziga yarasha marosim bilan ko‘mish qolgandi, xolos.
O‘ziga xos marosimdan iborat bu g‘alati janoza Ne-
goroga Dik Senddan o‘ch olish uchun imkoniyat berdi.
Agar Markaziy Afrikani o‘z ko‘zi bilan ko‘rib,
tekshirib
yuruvchi sayyohlar va shu jumladan, Kameron guvohlik
qilmaganda edi, Muani-Lunga singari negr xonlarining
janoza marosimida qancha-qancha qon to‘kilayotganiga
hech kim ham ishonmasdi...
Xon taxtiga qirolicha Muana o‘tirishi lozim edi. U
taxtga o‘tirishga o‘zinig haqli ekanini ko‘rsatish uchun
janozaga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida dar rov buyruq
bera boshladi. U bunday buyruqlar berishi bilan oliy
huquqqa ega bo‘lganligini hammaga bildirgan bo‘ldi va
shunday
qilib boshqalarning, ayniqsa Oukusu xonining
taxtini olib qo‘yishga to‘sqinlik qilgan bo‘ldi. Muana o‘zi-
ni davlatning malikasi deb hisoblab, marhum xonning
boshqa xotinlarini og‘ir ahvoldan ozod qilishga qaror
berdi. Xonning eng oldingi va eng ulkan xotini o‘zini
hech tinch qo‘ymaydigan yosh kundoshlaridan endi qu-
tuladigan bo‘ldi. Badjahl malikaga bu ish juda yoqar edi.
Shuning uchun u: hamma rasm va odatlarga muvofiq,
marhum xonning janozasi ertaga kechqurun bo‘ladi, deb
xalqqa e’lon qilishni buyurdi.
296
Jyul Vern
Yangi malikaning buyrug‘iga na saroydan va na xalq
o‘rtasidan hech kim qarshi chiqmadi. Alvets bilan bosh-
qa qul savdogari uchun Muananing taxtga o‘tirishidan
hech qanday xavf yo‘q edi. Ular laganbardorlik va har
xil tortiqlar bilan uni qo‘lga olish oson deb o‘ylar edilar.
Taxtga kim o‘tirishi masalasi tinchlik yo‘li
bilan hal
bo‘ldi. Marhum xonning haramidagina biroz to‘polon
bo‘ldi, chunki buning ham o‘ziga yarasha sababi bor edi.
O‘sha kunning o‘zidayoq janozaga tayyorgarlik bosh-
landi. Kazondening katta ko‘chasi oxiridan Kuanga
daryosining sersuv bir tarmog‘i o‘qday tez lik bilan oqib
o‘tar edi. Muana o‘sha daryo tarmog‘ining tagidan go‘r
kavlashni buyurdi. Buning uchun daryo oqimini vaqtin-
cha bir yoqqa surish kerak edi. Yerliklar daryoni to‘sish
uchun to‘g‘on qilishga kirishdilar. Daryo ilgarigi joyidan
oqsin uchun janoza marosimidan keyin bu to‘g‘on olib
tashlanishi kerak edi.
Negoro Dik Sendni xonning go‘ri ustida xudo yo‘lida
qurbon etuvchilar qatoriga kirgizishga qaror berdi, Missis
Ueldon bilan Jekning o‘lgan
xabarini eshitgandan keyin
Dikning qanday g‘azabi kelganini portugaliyalik ko‘rgan
edi. Agar Dik ozod bo‘lganda ablah va qo‘rqoq Negoro
uning oldiga kelishga ham qo‘rqar edi. Ammo qo‘l-oyog‘i
bog‘langan noiloj asir Negoro uchun xavfsiz edi.
Negoro mal’un va ablah bir odam edi. U dushmani
azob chekayotganini bilsa ham, buni o‘z ko‘zi bilan
ko‘rishni xohlar edi.
Kunduz kuni u xavildor ziyraklik bilan saqlayotgan
Dik Sendning hujrasiga bordi. Oyoq-qo‘li bog‘langan yigit
yerda yotar edi. Keyingi yigirma to‘rt
soat ichida unga
mutlaqo ovqat berishmadi. Ko‘p azob-uqubatlarni boshi-
dan kechirib zaiflashib qolgan, badaniga botib ketgan
arqonlardan tinkasi qurigan Dik Send bu azoblarning
hammasidan birato‘la qutulish uchun o‘ziga o‘lim tilar edi.
U Negoroni ko‘rishi bilan o‘ziga keldi.
Dik xoinga tash-
lanib, uni bo‘g‘ib o‘ldirmoqchi bo‘lib, arqonlarni yechishga