Reja: XOTIRA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA Ongimiz aks ettirgan narsalarni mustahkamlash, saqlab qolish va keyinchalik tiklash (esga tushirish) dan iborat bo'lgan aqliy faoliyat xotira deyiladi. Biz sezgan, idrok qilgan narsalar iz qoldirmasdan yo'qolib ketmaydi, balki ma’lum darajada esda olib qolinadi, ya’ni esimizda saqlanib qoladi va qulay sharoitda yoki kerak bo’lganda esimizga tushadi. XOTIRA
Хоtira - bu tajribamizga aloqador har qanday ma’lumotni eslab qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutishdir.
0‘tmishda idrok qilingan narsalarning his-tuyg‘u, fikr va ish-harakatlarning ongimizda qaytadan tiklanishini esga tushirish deyiladi.
Unutish hodisasini ilgarilari esda olib qolingan narsalarning ongimizdan tamomila yo‘qolishi, ya’ni uni esda tutishga batamom qarama-qarshi jarayon deb tushuniladi.
Xotiraning individual farqlari kishi faoliyatining xususiyatiga bog’liqdir. Esda olib qolish va unutish tezligiga ko’ra xotiraning quyidagi tiplari mavjud:
1. Harakat yoki motor xotirasi
2. Obrazli xotira
3. His-tuyg’u xotirasi
4. So’z mantiq xotirasi
Ruhiy faoliyatning faolligiga ko’ra xotira turlari
Harakat xotirasi - inson faoliyatining har bir turida ruhiy faollikning u yoki bu ko’rinishlarini ustunlik qilishida kuzatiladi. Masalan, harakat, hissiyot, idrok, aql-zakovat kabi ruhiy faoliyatning ko’rinishlari mavjuddir. Ana shu ruhiy faollik turlarining har biri tegishli harakatlarda va ularning mahsulotlarida o’z ifodasini topib harakatlarda,hissiy kechinmalarda, tuyg’ularda, obrazlarda, timsollarda, fikr va mulohazalarda aks etadi. - Harakat xotirasi - inson faoliyatining har bir turida ruhiy faollikning u yoki bu ko’rinishlarini ustunlik qilishida kuzatiladi. Masalan, harakat, hissiyot, idrok, aql-zakovat kabi ruhiy faoliyatning ko’rinishlari mavjuddir. Ana shu ruhiy faollik turlarining har biri tegishli harakatlarda va ularning mahsulotlarida o’z ifodasini topib harakatlarda,hissiy kechinmalarda, tuyg’ularda, obrazlarda, timsollarda, fikr va mulohazalarda aks etadi.
- Obrazli xotira - tasavvurlar va turmush manzaralari, shuning bilan birga, tovushlar, ta'mlar, ranglar shakllar, bilan bog’liq bo’lgan xotira turidir. Obraz xotirasi deb yaqqol mazmunni, binobarin, narsa, hodisalarning aniq obrazlarini, ularning xususiyatlari va bog’lanishlarini esda qoldirish, ongda mustahkamlash hamda zaruriyat tug’ilganida esga tushirishdan iborat xotira turiga aytiladi.
- So’z-mantiq xotirasi mazmunini fikr va mulohazalar, aniq hukm hamda xulosa chiqarishlar tashkil etadi. Insonda fikr va mulohaza turli xil shakllar yordamida ifodalanganligi tufayli ularni ifodalash faqat o’zlashtirilayotgan materiallarning asosiy ma'nosini izohlash, talqin qilib berish yoki ularni so’zma-so’z ifodalanishini aynan aytib berishga qaratilgan bo’lishi mumkin. Agar ma'lumot, axborot, xabar, material ma'no jihatidan qayta ishlanmasa, u holda materialni so’zma-so’z o’zlashtirish, mantiqiy o’rganish bo’lmasdan, balki aksincha mexanik esda olib qolishga aylanib qoladi.
Ixtiyorsiz
Ixtiyoriy
Mexanik
Do'stlaringiz bilan baham: |