Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

301
«O‘n besh yoshli kapitan»
Dik Send tirnoqlari bilan yerni endi kavlayman deb 
turgan paytda maydondagi itlar vovillay boshla di, demak, 
bu yerdagi itlar begona it borligini bilib qolishgan, Din-
go qochib ketdi. Bir necha marta o‘q uzilgani eshitildi. 
Xavildor uyqu aralash qimirlab qoldi. Dik Send qochish 
niyatidan voz kechib, o‘z joyiga borib yotdi. Bir necha 
soatdan keyin – bu soatlar unga juda uzoq tuyuldi – tong 
yorishib qol di. Umrining eng oxirgi kuni kelib yetdi.
Malika Muananing bosh vaziri o‘sha kuni ertadan 
kechgacha yerliklarga bosh bo‘lib to‘g‘on qurdirdi. Uni o‘z 
vaqtida tamomlash kerak edi, yo‘qsa, hamma ishlovchilar 
mayib qilinishi ehtimol edi, chunki yangi hukmdor hamma 
narsada o‘zi ning marhum eridan o‘rnak olib ish tutar edi.
Daryoning oqimi boshqa yoqqa surilgandan keyin, 
uning o‘rniga uzunligi ellik fut, eni bilan chuqurligi o‘n 
fut keladigan katta chuqur kavlandi.
Kechqurun bu chuqurga Muan-Lunganing ayol qul-
larini solib to‘ldira boshlashdi... Odatda bu sho‘rliklarni 
tiriklay yerga ko‘mishardi, lekin Muani-Lunganing g‘alati 
o‘limi munosabati bilan bu marosimni o‘zgartirib, ularni 
marhumning o‘ligi bilan birga suvga cho‘ktirishga qaror 
berildi
45 
.
Rasm va odat o‘lgan kishilarga eng yaxshi kiyimini 
kiyintirib ko‘mishni talab qilardi. Ammo Muani-Lunga 
xondan bir necha kuygan suyaklargina qolgani sababdan 
boshqacha ish qilishga to‘g‘ri keldi. Tol novdasidan o‘rib, 
xonga o‘xshash odam gavdasi qilindi. O‘sha gavda ichiga 
Muani-Lunganing qolgan-qutgan suyaklarini joylashtirib, 
keyin unga xonning eng yaxshi kiyimlarini kiyintirishdi. 
Benedikt tog‘aning ko‘zoynagi ham esdan chiqarilmadi. 
Bu marosim ham kulgili, ham dahshatli edi.
45
Afrika qabila boshlig‘ini ulug‘lab ko‘mish uchun allaqancha 
qurbonlar beriladi. Kameronning aytishicha, Kassonga xonining 
otasini ko‘mish marosimida yuzdan ortiq kishi qurbon qilingan 
ekan
 (Muallif izohi).


302
Jyul Vern
Tantanali janoza marosimi kechasi mash’allar yorug‘ida 
o‘tkazilishi lozim edi. Malikaning buyrug‘iga muvofiq, 
janozaga butun Kazonde aholisi qatnashishi kerak edi.
Kechqurun uzun janoza marosimi bozor maydonidan 
to xonning go‘rigacha cho‘zilib ketdi. Janoza marosimi 
bo‘layotgan katta ko‘chada raqs-o‘yinlar, qichqirish, 
baqirishlar, jodugarlarning uvillashlari, cholg‘u asboblari 
hamda pilta miltiqdan otilgan o‘q ovozlari tinimsiz gu-
villab turdi.
Xoze-Antonio Alvets, Koimbra, Negoro, arab qul sav-
dogarlari va ularning xavildorlari bu marosimda ishtirok 
etishdi. Malika Muana kelgindilarga janoza tamom 
bo‘lguncha yarmarkadan ketmaslikni buyurdi. Ham-
ma savdogarlar itoat qilib Kazondeda qolishdi, chunki 
ular endigina hukmronlik qila boshlagan bu ayolning 
buyrug‘ini bajarmaslikning oqibati yomon bo‘lishini bilar 
edi lar.
Xonning «o‘ligini» marosimning eng ketidan olib bor-
moqda edilar. Yasama jasad solingan zambil atrofida 
xonning ikkinchi darajadagi xotinlari bo rar edi. Ularning 
ba’zilari o‘z eri – hukmdorini «narigi dunyoga» uzatib 
qo‘yishi kerak edi. Malika Muana tobut ketidan borardi. 
Marosimning keti daryoga yetib olguncha qorong‘i tushib 
qoldi, am mo behisob ko‘p mum mash’allarning qip-qizil 
shu’lasi hamma yoqni yoritib turar edi.
Suvi quritilgan soyning tagidagi chuqur ravshan 
ko‘rinib turardi. Uning ichi qora balanlarga to‘la edi. 
Qoziqlardagi kishanlarga bog‘lab qo‘yilgan bu odamlar 
hali tirik edi. Ular qimirlashardi. Bu yerda ellikta yosh 
ayol qullar o‘z ajalini kutib yotibdilar.
Ularning ba’zi birlari o‘z qismatiga rozi bo‘lib yotar, 
qay birlari esa faryod chekar edi.
Malika xonning xotinlari orasidan o‘sha ayol qullar 
bilan birga ko‘miladiganlarni tanladi.
Xonning ikkinchi darajali xotinlaridan birini tiz 
cho‘kib, yerga bukilishga majbur etishdi. U xon ning tirik 
chog‘ida bo‘lgani singari, yotib unga «kursi» bo‘lar ekan. 


303
«O‘n besh yoshli kapitan»
Yana ikkitasini chuqurning tagiga tashlashdi – ular xon-
ning oyoq tagidagi «gilami» bo‘larmish.
Chuqurning narigi boshida, yasama jasadning 
ro‘parasidagi qizilga bo‘yalgan ustunga bir oq tanli odam-
ni arqon bilan bog‘lab qo‘yishdi.
Bu – Dik Send edi. Uning beligacha yalang‘och bo‘lgan 
badanida Negoroning buyrug‘i bilan urilgan qamchi izlari 
ko‘rinib turar edi. Dik qutulish umidi yo‘qligini ko‘rib, 
xotirjamlik bilan o‘z ajalini kutar edi.
Malika Muananing ishorasi bilan Kazonde jallodi xon 
xotinlaridan birini bo‘g‘izladi. Bu qonli fojianing bosh-
lanishini bildiradigan ishora edi. Birpasda ellikta ayol 
qullarni rahmsiz ravishda o‘ldirishdi. Chuqur qonga 
to‘ldi. Qurbonlarning faryodlari olomonning oh-vohlariga 
aralashib ketdi.
Hayajon bosilgandan keyin malika Muana yana isho-
ra qildi, bir necha yerliklar to‘g‘onni ocha boshladi. Bu 
dahshatli tomoshani uzoqqa cho‘zish uchun to‘g‘onni 
butunlay ochmay, daryoning eski oqimiga suvni jildiratib 
oqizishdi.
Avval chuqur tagida yotgan ayol qullarni suv bosdi. 
Ulardan tirik qolganlari jon achchig‘ida tipirchilar edi. 
Dik Send suv tizzasiga chiqqandan keyin arqonlarini 
uzmoqchi bo‘lib bor kuchi bilan oxirgi marta urinib ko‘rdi.
Suv borgan sari ko‘tarilaverdi. Qul ayollar ketma-ket 
suv tagida qolib ketdi.
Bir necha daqiqadan keyin Kazonde xonining sharafi
-
ga qurbon etilgan o‘nlarcha odamlar yotgan soy ichidagi 
chuqur suv tagida qolib ketdi.

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish