304
Jyul Vern
Qirchumolilar gumbazi bosib olingandan keyin ularni
yerli askarlar soqchiligida Kuanza daryosi bo‘yidan Ka-
zondega yuborishgandi. U otryadni Gerris bilan Negoro
boshlab kelgandi.
Missis Ueldon bilan kichkina Jekni usti yopiq zambilga
joylashtirishdi. Nima uchun Negoro to‘satdan
bunday
g‘amxo‘rlik qilib qoldi ekan? Missis Ueldon bunga sira
tushunmasdi.
Kuanzadan Kazondega juda tez yurib borishdi va asir-
lar hech charchashmadi. Benedikt tog‘a juda yurag‘on
odam ekan. Uning har yoqqa tentirab yurishiga hech kim
xalaqit bermaganidan xursand edi.
Kichkina otryad Ibn Homisning karvonidan sakkiz
kun oldin Kazondega yetib keldi. Missis Ueldon bilan
uning o‘g‘li va Benedikt tog‘ani Alvetsning qo‘rg‘oniga
joylashtirishdi.
Jek ancha sog‘ayib qoldi. Yaxshi
joylarda bolani aksari
bezgak tutardi, otryad u yerlardan o‘tib ketganidan beri
bezgagi tutmay qo‘ydi, kichkina Jek sog‘ayib ketdi.
Qullar karvoni bilan piyoda yurib borishga ona-bola
aslo chiday olmasdi. Ammo kitanda sayohat qilganlari
sababli ikkisi ham sog‘-salomat edi.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, yo‘lda ularga birmun-
cha jonkuyarlik ham qilishdi.
Missis Ueldon o‘zining hamrohlari to‘g‘risida hech
nima bilolmadi. U Gerkulesning qayiqdan irg‘ib
tushib
o‘rmonga qochib ketganini ko‘rdi-yu, keyin unga nima
bo‘lganidan xabari bo‘lmadi. Missis Ueldon Gerris bilan
Negoro borida Dik Sendga rahm qilishmasdi, lekin ular
yo‘g‘ida yovvoyilar oq
tanli odamga yomon muomala
qilishmas, deb o‘zini yupatar edi. Ammo u, Tom, Nan,
Bat, Ostin, Akteonlarning ishlari chatoq, chunki ular
negr, shu sababdan ularga hech kim parvo, iltifot qilib
o‘tirmaydi, deb o‘ylar edi. Missis Ueldon bu baxtsiz be-
choralar uchun juda tashvish tortar edi.
Missis Ueldon Ibn Homisning karvoni Kazon dega
kelganidan ham xabarsiz edi.
305
«O‘n besh yoshli kapitan»
Yarmarka ochilgan kundagi shovqin-suronlarni
missis Ueldon eshitgan bo‘lsa ham,
ammo buning
sababini tushuntirishmadi. Missis Ueldon Tom bi lan
uning sheriklari Ujijidan kelgan qul savdogarlariga
sotilib ketganidan ham bexabar edi, ularning yaqin-
da Kazondedan jo‘nab ketishlarini ham bilmas edi. U
Gerrisning o‘ldirilganini ham, Muani-Lunga xonning
o‘limini ham, uning tantanali janoza marosimini ham
va bunda Dikning qurbon etilishini ham eshitmagan
edi. Sho‘rlik ayol batamom qul savdogarlari bilan Ne-
goroning ixtiyorida edi. U o‘lib qutulishini ham o‘ylay
olmasdi, chunki yonida kichkina o‘g‘li bor edi.
Missis Ueldon o‘zini nima qilishmoqchi bo‘layotgan-
laridan ham bexabar edi. Gerris bilan Negoro butun
safar mahalida bu haqda unga hech narsa deyishma-
gan edi. Kazondega kelgandan keyin
ular missis Ueldon
yoniga kelmadilar, unga esa qo‘rg‘ondan chiqmaslikka
buyruq berdilar.
Katta go‘dak Benedikt tog‘aning missis Ueldonga
hech qanday yordami tegmasligi to‘g‘risi da gapirib o‘ti-
rishning ham hojati yo‘q, chunki bu narsa o‘z-o‘zidan
ma’lum.
Muhtaram olim o‘zining Afrikada ekanini bilganidan
keyin, qanday qilib bunday bo‘ldi, deb so‘ramadi ham.
U faqat qattiq xafa bo‘ldi, xolos.
Haqiqatan ham Amerika qit’asida setse pashshasi
bilan urishqoq qirchumolilarni eng oldin men topdim
deb o‘ylab yursa, bu jonivorlar ko‘pdan-ko‘p
olimlar
tomonidan undan ilgari topilib tasvirlangan eng oddiy
afrika hasharotlarining o‘zginasi ekan. Uning, bu kash-
fiyotim bilan butun dunyoga dong‘im ketadi, deb yurishi
ham puchga chiqdi. Endi naturalist Benedikt afrika
hasharotlaridan olib kelibdi, deb kim taajjublansin?..
Ammo xafagarchilik sal-pal
bosilgandan keyin
Benedikt tog‘a o‘z-o‘ziga: Bu «fir’avnlar mamlakati» – u
Afrikani shunday deb atardi – entomolog uchun cheksiz