Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

297
«O‘n besh yoshli kapitan»
urinib ko‘rdi. Lekin bu yo‘g‘on arqonlarni Gerkules ham 
uzolmasdi.
U endi kurash tugamagan, lekin boshqacha tus olgani-
ni tushunib qoldi. Dik bosiqlik bilan tikka Negoroning 
ko‘ziga qaradi. U portugaliyalik nima desa desin, unga 
hech bir javob qaytarmaslikka ahd qildi.
– Men sobiq kapitanimni eng oxirgi marta ziyorat qilib, 
unga bu yerda ham «Piligrim» kemasida qilganiday qo‘mon-
donlik qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi munosabati 
bilan ta’ziya bildirgani kelgan edim, – dedi Negoro.
Dik Send javob qaytarmagani sababdan Negoro gapini 
yana davom qildirdi:
– Ajabo, kapitan, nahotki, sobiq oshpazingizni tanima-
sangiz-a? Men bir nima buyurasiz deb shoshib-pishib 
kelgan edim-ku? Nonushtaga nima ovqat tayyorlashni 
buyurasiz?
Shunday deb Negoro yerda cho‘zilib yotgan Dikni 
qattiq bir tepdi.
– Aytmoqchi, sizga yana bir savolim bor, kapi tan
qanday qilib siz Janubiy Amerikaga ketayotib, Angolaga 
kelib qoldingiz-a? Shuni tushuntirib bersangiz.
Dik Send mo‘ljalining to‘g‘riligini va xiyonatchi oshpaz 
kompasni jo‘rttaga buzganini o‘zi ham bilardi. Negoroning 
masxara qilib savol berishi bun ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqror 
bo‘lgani edi.
Dik javob qaytarmadi. Bu esa Negoroning g‘azabini 
yana kuchaytirib yubordi.
– Iqror bo‘ling, kapitan, – deb davom etdi Negoro, – 
xayriyat, sizning baxtingizga «Pilig rim» kemasida tajribali 
haqiqiy dengizchi bor ekan! Kishi o‘ylasa qo‘rqib ketadi: 
agar u aralashmaganida, bizlarni allaqayoqlarga olib 
ketib qolar edingiz! «Piligrim»ni suv osti toshlariga olib 
borib urgan bo‘lardingiz, hammamiz halok bo‘lardik! Ana 
o‘sha dengizchining sharofati bilan yo‘lovchilar mehmon-
do‘st yerga kelib, o‘zlariga yaxshi nazar bilan qarovchi 
odamlar orasiga kirib qolishdi. Bu dengizchiga iltifotsiz 


298
Jyul Vern
qarashingiz qo‘pol xato ekanini ana endi o‘zingiz ham 
ko‘rib turibsiz, yigitcha!
Negoro o‘zini xotirjam ko‘rsatishga bor kuchi bilan 
harakat qilardi. Gapini aytib bo‘lganidan keyin Dikning 
ustiga engashib, uning ko‘ziga qaradi. Portugaliyalikning 
chehrasida rahmsizlik alomati paydo bo‘ldi. U xuddi Dik-
ni tishlayman deb turganday ko‘rinar edi. Axir u jahlini 
bosolmadi.
– Har narsa o‘z navbati bilan! – deb qichqirdi Negoro 
quturib. – Bugun kapitan menman! Men xo‘jayinman! 
Baxt-tolesiz dengizchi, sening hayoting mening qo‘limda!
– Bu bilan sen meni qo‘rqita olmaysan. Men o‘limdan 
qo‘rqmayman, – deb sovuqqina javob qaytardi Dik Send.
– Xo‘p, hali ko‘ramiz! – deb baqirdi Negoro. – Bit-
ta-yarimtaga suyanyapsanmi deyman-a? Alvets bilan 
ikkimiz xudo bo‘lgan Kazondeda-ya? Beaql! Yo sen Tom 
bilan boshqa negr sheriklaring shu yerda deb o‘yla-
yapsanmi? Bekor aytasan! Ular allaqachon sotilib ketgan, 
Zanzibar yo‘lida ketyapti... Ularning sen bilan ishi yo‘q, 
ular o‘z jonlarini saqlash bilan ovora!
– Ammo Gerkules ozodlikda, – dedi Dik.
– Gerkules? – deb takrorladi Negoro yer tepinib. – 
Arslon va qoplonlar uni allaqachon yeb qo‘ygan. O‘sha 
yirtqich hayvonlar tufayli undan o‘ch ololmay qolganimga 
hali-hali achinaman.
– Agar Gerkules o‘lgan bo‘lsa, – deb javob qaytardi Dik 
Send, – Dingo tirik. Senday odamning ishini bir yoqlik qi-
lish uchun Dingoday it kifoya qiladi. Men seni ko‘rib-bilib 
turibman, Negoro, sen qo‘rqoq odamsan! Dingo seni axiri 
qidirib topadi. U bilan uchrashgan kuning – umringning 
oxirgi kuni bo‘ladi...
– Ablah! – deb baqirdi quturgan Negoro. – He, ablah! 
Dingoni o‘z qo‘lim bilan otib tashladim! Missis Ueldon 
bilan uning o‘g‘li singari, Dingo ham allaqachon o‘lgan. 
«Piligrim»da falokatga uchra gan odamlar ham o‘sha 
la’nati it singari o‘lib keta di!..



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish