Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

O‘n birinchi bob
XON SHAROBI
Soat to‘rtlarda katta ko‘chaning boshida nog‘ora, 
do‘mbira va boshqa afrika muzika asboblarining ovozi 
eshitilib qoldi. Bu payt bozorning eng qizigan payti edi. 
Ertalabdan beri davom etgan tortishish, yoqalashish va 
baqirishlardan keyin to‘polonchi savdogarlarning ovozlari 
hali ham o‘chmagan, ular hali ham charchamagan edi-
lar. Hali ko‘p qullar sotilmagan edi.
Xaridorlar arzon uchrab qolgan molni talashilgandagi 
singari qul sotib olish uchun bir-birlaridan qolishmay, 
tortishib savdolashar edilar.
Ammo mashshoqlarning tartibsiz muzikasi eshitil-
ganidan keyin hamma savdo to‘xtatildi, baqiroqlar dam 
oladigan bo‘ldi.


287
«O‘n besh yoshli kapitan»
Kazonde xoni Muani-Lunga janoblari yarmarka-
ga tashrif buyurdilar. Xotinlari, «davlat amaldorlari», 
askarlari va qullari ham uning ketidan kelar edilar. Al-
vets bilan boshqa qul savdogarlar ham shoshib-pishib 
Muani-Lunga huzuriga chiqishdi. Ular har xil so‘zlar bilan 
uni maqtardilar, chunki bu o‘taketgan mayparastning 
maqtovni yaxshi ko‘rishini bilar edilar.
Bozor maydonining o‘rtasiga kelganda xon tush gan 
zambil to‘xtadi, o‘nlarcha qullar yordami bilan xon janob-
lari yerga tushdilar.
Muani-Lunga hali ellikka ham bormagan bo‘lsa-da, 
uni saksonga kirgan deb bemalol aytish mumkin edi. 
Uning boshida uchiga yo‘lbars tirnoqlari bilan oq yung 
qo‘yilgan tojga o‘xshash alomati bor edi. Bu esa Kazonde 
xonlarining nasldan-naslga qoladigan tojlari edi. Xon 
sonlarini marvarid qo‘yib tikilgan ikkita kiyik teri yubka 
bi lan berkitib olgandi. Uning ko‘kragiga har xil bezakli 
rasmlar tushirilgan bo‘lib, bu bezaklar xon nasli qadim 
zamonlardan beri hukmron bo‘lib kelayotganini ko‘rsa-
tardi. Agar bu to‘g‘ri bo‘lsa, Muani-Lunganing xon nasli 
ko‘p asrlardan beri hukm surib kelgan bo‘ladi. Xonning 
bilaklari bilan boldirlarida behisob ko‘p halqalar jarang-
lab turar di. Xon oyog‘iga xizmatkorlar ham kiymaydigan 
sariq astarli qadim zamon etigi kiygan edi. Alvets bu 
etikni unga bundan yigirma yil burun in’om qilgan edi. 
Xon chap qo‘liga kumush cho‘qmorli hassa va o‘ng qo‘liga 
marvarid qadalgan dastakli pashsha tuzoq ushlagan edi. 
Xonning qo‘lida gadoylar choponi singari qirq yamoq
har xil rangli eski soyabon bor edi, bo‘yniga bir vaqtlar 
yo‘qolib qolganda Benedikt tog‘ani hayajonga solgan 
lupani osib ol gan, entomolog ko‘zoynagini esa burni 
ustiga taqib olgan edi. Bu buyumlarni Batni tintiganda, 
uning cho‘ntagidan topib olishgan edi. Alvets esa ularni 
Muani-Lunga janoblariga tortiq qilgan edi.
Yuz mil atrofdagi viloyatlarni qo‘l ostida tutuvchi negr-
lar xoni ana shu taxlitdagi bir zot edi.


288
Jyul Vern
Taxtga o‘tirayotganida Muani-Lunga o‘zini «xudoning 
o‘g‘liman» deb e’lon qilgan ekan. U bunga ishonmagan 
fuqarolarini xudoning o‘zidan borib so‘rab kelsinlar deb, 
xudo oldiga jo‘nataverardi. Bundan tashqari u, men 
xudo zotidan bo‘lganim uchun bandalarning ehtiyoj-
laridan ancha balandda turaman, ovqatni men yaxshi 
ko‘rganim uchungina yeyman, ichkilikni menga rohat 
bergani uchungina ichaman, deb aytar edi. Shuni ham 
aytish kerakki, u janoblariday ichkilikxo‘r kishi olamda 
topilmasdi. Vazirlik vazifasini bajaruvchi o‘taketgan 
mayxo‘rlar ham uning oldida ip esha olmasdilar. Xon 
janoblarining badaniga spirt singib ketgan bo‘lishiga 
qaramasdan, o‘tkir pivodan, meva vinosi va, ayniqsa, 
Alvets tomonidan doim keltirilib turiladigan arzon yamay 
arog‘idan bosh ko‘tarmas edi.
Muani-Lunganing haramida har xil vaziyat va har xil 
yoshdagi xotinlari ko‘p edi. Xotinlarining ko‘pi u bilan 
birga bozor maydoniga chiqqan edi. Qirq yoshlar chama-
sidagi Muana degan katta xotini qirolicha deb yuritilar 
edi. U o‘tdan to‘qilib mar varid qadalgan katak-katak 
chipor ro‘mol o‘ragan va yubka kiygan edi. U bo‘yni bilan 
oyoq-qo‘llariga siqqanicha har xil munchoqlar taqib ol-
gan edi. Qavat-qavat qilib o‘rilgan sochlari kichkinagina 
maymunsimon basharasini chulg‘ab olgan bo‘lsa ham, 
uning xunuk qiyofasiga husn kirgiza olmas edi. Janob-
ning boshqa xotinlari unchalik yasanmagan bo‘lsalar 
ham, undan biroz yoshroq edilar. Ular katta xotinning 
ketidan va xon oyimning imosi bilan o‘z burchlarini ba-
jarishga... jonli kursi bo‘lishga tayyor turar edilar. Agar 
xon o‘tirmoqchi bo‘lsa, ularning biri yerga yotib unga 
kursi bo‘ladi, boshqasi xonning oyog‘i tagiga yotib, uning 
uchun g‘alati bir qora gilam bo‘ladi!
Muani-Lunganing xotinlari ketidan vazirlari, askar 
boshilari va jodugarlari ham zo‘rg‘a oyoqqa bosib kelmoq-
da edi. Bu yovvoyilarga qaragan kishi, dastlab ularning 
har birida biror a’zo yetishmaganini ko‘radi. Biri – qu-



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish