Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

281
«O‘n besh yoshli kapitan»
bilakuzuklar, mis yoki jez isirq’alar va boldoqlar taqish 
uchun yaratgan ekan.
Odamning badanini berkitib turadigan terisi ham 
daraxtlar, qushlar, oy rasmi yoki Livingston aytgandek, 
qadimgi misr rasmlariga o‘xshash egri-bugri chiziqlardan 
iborat bezaklarning rasmini solish uchun xizmat qiladi.
Erkaklarning kiyimi songacha yoki tizzagacha tushib 
turadigan jo‘ngina kiyik teri fartuk yoki o‘tlardan to‘qil-
gan yubkadan iborat. Xotin-qizlarning kiyimi ham 
ko‘m-ko‘k o‘tlardan to‘qilgan yubkadan iborat bo‘ladi, 
lekin ularning yubkasiga har xil munchoqlar tikiladi va 
mayda marvaridli kamar bilan sonlariga tortib boylan-
gan bo‘ladi. Ba’zi ayollar yubka o‘rniga o‘tdan to‘qilgan 
lamba, ya’ni havo rangga, qora rangga yoki sariq rangga 
bo‘yalgan fartuk kiyadilar.
Ammo boyroq yerliklargina shunday yasanadilar. 
Hammollar bilan qullar esa tag‘in ham yomon kiyinadi-
lar, boshqacha aytganda, deyarli yalang‘och yuradilar.
Bu yerda og‘ir yuklarni ayollar ko‘taradi. Ular yarmar-
kaga katta savatlarni orqalarida ko‘tarib keladilar. Ular 
bozor maydonidan o‘zlariga joy olib, savatdagi mollarini 
bo‘shatadilar-da, savatlarini qiyshaytirib qo‘yib, ichiga 
o‘zlari kirib o‘tirib oladilar.
Bu ajoyib serunum yerlardagi mahsulotlarning ham-
ma turlari yarmarkaga chiqarilgan edi. Bunda: mo‘l hosil 
olinadigan guruch, sakkiz oyda uch mar ta pishadigan va 
bir dona urug‘, ikki yuz dona hosil qiladigan jo‘xori, eng 
achchiq murch, maniok uni, xurmo moyi va boshqalar 
sotiladi. Keng bir maydonga yuzlab echki, cho‘chqa, 
yungsiz zotli qo‘ylar, tirik va so‘yilgan qushlar, baliqlar 
jamlangan edi. Har xil kulollik idish-asboblari yarqiroq 
bo‘yog‘i bi lan ko‘zlarni qamashtiradi. Muzdek ichimliklar 
sotib yuruvchi bolalarning ovozi kishining qulog‘ini kar 
qilay deydi. Ular banandan qilingan vino, pomoe deb 
ataladigan meva ichimligi, malafu deb ataladigan hind 
yong‘og‘i bilan asaldan qilinadigan pivoga o‘xshagan 
ichimlik sotib yurardilar.


282
Jyul Vern
Ammo Kazonde bozoridagi eng yaxshi mollar – fil 
suyagi bilan har xil gazlama edi. Gazlamalar ichida: Mas-
sachuzetse shaharidagi Salama fabrikalarida ishlangan 
oqartilmagan oddiy chit, to‘q havo rang, katakli va qizil 
jiyakli mato; o‘t rang, qizil va sariq shoyilar bor edi.
Kazondega fil suyagini Markaziy Afrikaning hamma 
mustamlakalaridan olib kelishadi va bu yer dan ular 
Xartum, Zanzibar hamda Natal shaharlariga ketadi.
Yevropa bozorlarining va qisman Angliya bozorlarining 
talabini qondirish uchun har yili talab qilinayotgan besh 
yuz ming kilogramm fil suyagini topish uchun qancha 
fil o‘ldirish kerakligini ko‘z oldiga keltirish qiyin. Angliya 
sanoatini qondirish uchungina har yili qirq ming filni 
o‘ldirish kerak
44
.
Filning ikkita kurak tishi o‘rta hisob bilan yi girma 
sakkiz qadoq keladi, ammo bir yuz oltmish qadoq va 
undan ham og‘irroq keladiganlari ham bo‘ladi.
Sotuvchi-oluvchilar orani nima bilan ochiq qilishar-
kan? Ularning pullari qanaqa ekan? Ma’lumki, qul sav-
dogarlari uchun qullar – qimmat o‘lchovi hisoblanadi. 
Yerliklar orasida esa, Venetsiyada ishlab chiqariladigan 
kachkolo nomli oppoq munchoq, bubulu deb ataladigan 
qora munchoq va sikundereche deb ataladigan pushti 
rang munchoqlar pul o‘rniga yuradi. O‘n qator qilib 
tizilgan munchoq fundo deb aytiladi. Fundo – bu tun bir 
xazina hisoblanadi. Livingston, Kameron va Stenli Afri-
kaning ichkarisiga sayohat qilganlarida bunday puldan 
ko‘p ola ketar edilar.
Har xil rangli oyna munchoqlardan tashqari Afrika bo-
zorlarida, ayniqsa sharqiy sohilda viunga deb aytiladigan 
chig‘anoq ham pul o‘rnida yuradi. Bunisi mayda chaqa 
44
Sheffildagi (Angliya) bir pichoq fabrikasi har yili 170 000 
kilo gramm fil suyagi ishlatadi (

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish