2. Byudjet, byudjetdan tashqari to‘lovlar yuzasidan hisob-kitoblar hisob



Download 24,12 Kb.
bet1/2
Sana20.06.2022
Hajmi24,12 Kb.
#681298
  1   2

2. Byudjet, byudjetdan tashqari to‘lovlar yuzasidan hisob-kitoblar
hisob
Korxonalar har doim byudjet bilan hisob-kitob olib boradi. Byudjetdan beriladigan mablag‘larning doirasi hozirgi kunda juda cheklangan. Byudjet bilan hisob-kitoblarning asosiy qismi to‘lovlarlir. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Ishchi va xizmatchilarning ish haqidan ushlab qolishlar (fuqarolardan olinadigan daromad solig‘i).
2. Realizatsiyaga olib boriladigan (qo’shilgan qiymat, aksiz).
3. Korxona foydasidan to‘lanadigan daromad (foyda) solig‘i.
4. Moliyaviy natijalarga olib boriladigan jarima, iqtisodiy sanksiyalar.
Byudjet bilan hisob-kitoblar 6410»Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» sintetik passiv schyotida hisobga olinadi. 6410schyot bo‘yicha sintetik va analitik hisob to‘lov turlari 8 jurnal orderda yuritiladi.
To‘lovlarning hajmi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadi. Har bir to‘lov turi uchun to‘lov muddati va soliq inspeksiyasiga hisobot topshirish muddati belgalangan. Chorak tugagandan so‘ng hisob-kitoblar yana qayta tekshirib aniqlanadi. Ortiqcha o‘tkazilgan mablag‘lar keyingi to‘lovlar uchun hisoblanadi yoki korxonaga qaytariladi, kam to‘langan summalar oxirigacha to‘lab qo’yiladi.
Buxgalteriya hisobda byudjetga to‘lovlar hisoblanganda quyidagi provodkalar rasmiylashtiriladi:
1. Fuqarolardan olinadigan daromad solish hisoblanganda:
Dt 6710-»Xodimlar bilan mehnat haqi bo‘yicha hisob kitoblar» schyoti.
Kt b410-»Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» schyoti.
2. Soliq va to‘lovlarga (mol mulkdan to‘lanadigan soliq, ekologiya, yer, reklama solig‘i, yo’l fondiga ajratma va h.k.)schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi:
Dt 9430-»Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti.
Kt 6410-»Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» schyoti.
3.Mahsulot realizatsiyasiga olib boriladigan soliqlarga (eksportbojxona tadbirlari, QQS):
Dt 5110- »Hisob-kitob schyoti».
Kt 9210-»Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqa hisobdan chiqarishlar» schyoti.
Dt 9210-»Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqa hisobdan chiqarishlar» schyoti.
Kt 6410-»Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» schyoti.
4. Korxona foydasidan to‘lanadigan soliq summalarga:
Dt 9810-»Daromadlar (foyda)ga solinadigan soliq bo‘yicha xarajatlar» schyoti.
Kt 6410-»Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» schyoti.
5. Moliyaviy natijalarga olib boriladigan to‘lovlarga:
Dt 9910»Yakuniy moliyaviy natija» schyoti.
Kt 9810-»Daromadlar (foyda)ga solinadigan soliq bo‘yicha xarajatlar» schyoti.
6. Hisoblangan soliq va to‘lovlar summalari byudjetga o‘tkazib berilganda quyidagicha yozuvlar rasmiylashtiriladi:
Dt 6410-»Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» schyoti.
Kt 5110-»Hisob-kitob schyoti».
7. Agar korxonaning byudjetdan qarzi bankdan olingan qarzlar hisobdan to‘lansa, u holda:
Dt 6410-»Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» schyoti.
Kt 6810-»Bankning qisqa muddatli kreditlari» schyoti buxgalteriya yozuvlari rasmiylashtiriladi.
Korxona byudjetga to‘lovlar qilish bilan birga byudjetdan tashqari va boshqa fondlarga (nafaqa, bandlik (ish bilan ta’minlash), ijtimoiy sug‘urta fondi va boshq.) ham to‘lovlarni amalga oshirishi lozim. Korxonaning to‘lovlar bo‘yicha byudjetdan tashqari hisob-kitoblari 6520»Davlat maqsadli fonlariga to‘lovlar» schyotida umumlashtiriladi hamda 6510»Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar» schetidan foydalaniladi. To‘lov uchun hisoblangan summalar uchun ushbu schyotlar kreditlanadi, o‘tkazib berilgan summalar uchun debetlanadi. 6520»Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar», 6510»Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar» schyotlari bo‘yicha sintetik va analitik hisob to‘lov turlari bo‘yicha 8 jurnal orderda yuritiladi. 
Korxonalar o‘rtasidagi ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyagi natijasida jarima va hisob-kitob schyotiga xato kelib tushgan pul yoki hisobdan chiqarilganligi natijasida bir tomonning ikkinchi bir tomonga da’vosi bo‘yicha hisob-kitoblar kelib chiqishi mumkin. 6810»Da’volar yO’zasidan hisob-kitoblar» schyoti hisob-kitobning ushbu turini hisobga olish uchun mo’ljallangan. Ushbu schyotning debeti bo‘yicha korxona tomonidan hisobdan chiqarilgan yoki sarflangan, lekin quyidagi schyotlarning krediti bilan korrespondensiyada bo‘lib qoplanadigan summa aks ettiriladi: 6010-»Mol yetqazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» schyoti mol yetqazib beruvchilar, pudratchilar va transport tashkilotlariga nisbatan da’vo summalari ushbu summalar ularning schetini tekshirish natijasida shartnomada ko‘rsatilgan sifat, son va tariflarga mos kelmasligi, arifmetik xatoliklarga yul ko’yilganligini aniqlash orqali kelib chiqadi; 9430-»Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti to‘lovchi tomonidan tan olingan yoki Oliy Xo‘jalik sudi tomonidan buyurilgan xajmda mol yetqazib beruvchining aybi bilan bo’sh turib qolishlar uchun ko‘rsatilgan da’vo summasi; 2610-»Ishlab chiqlrishdagi yaroqsizlik» schyoti to‘lovchi tomonidan tan olingan yoki Oliy Xo‘jalik sudining qarorida ko‘rsatilgan xajmda mol yetqazib beruvchining aybi bilan yo’l qo’yilgan brak uchun ko‘rsatilgan da’vo so’mmmasi; 5110-»Hisob-kitob scheti» schyoti hisob-kitob schyotidan noto‘g‘ri (xato) hisobdan chiqarilgan (yoki hisob-kitob schyotiga noto‘g‘ri kelib tushgan) summalar uchun bank idoralariga ko‘rsatilgan da’volar; 9900-»Yakuniy moliyaviy natija» schyoti to‘lovchi tomonidan tan olingan yoki Oliy xo’jalik sudining qarorida ko‘rsatilgan xajmda shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi uchun mol yetqazib beruvchi va transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlarga nisbatan qo’llanilgan jarima, penya summalari.
To‘lovlar pul mablag‘lari schyotiga kelib tushganda 6860»Da’volar yuzasidan hisob-kitoblar» schyotining krediti korrespondensiyada bo’ladi. «Da’volar yuzasidan hisob-kitoblar» schyotining sintetik hisob 8-jurnal-orderda, analitik hisob esa 7-vedomostda har bir debitor va aloxida da’volar bo‘yicha yuritiladi.
Har xil debitor va kreditorlarga notijorat harakteridagi operatsiyalarni olib boruvchi tashkilotlar (oliy o’quv yurtlari, ilmiy muassasalar); ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblar olib boriladigan transport (temir yo’l va suv) tashkilotlari; tashkilot va shaxslar deponentlari, ijro hujjatlari asosida ushlab qolishlar, noturar joylarni ijaraga oluvchilar va xokazolar kiradi. Ijro hujjatlari yoki sud organlarining qaroriga muvofiq, turli tashkilotlar va alohida shaxslarning foydasiga ish haqi quyidagicha provodka bilan aks ettiriladi:
Dt 6710-»Xodimlar bilan mehnat haqi bo‘yicha hisob-kitoblar» schyoti.
Kt 4790-»Xodimlarning boshqa qarzlari» schyoti.
Ularga pul o‘tkazilganda yoki to‘langanda quyidagicha buxgalteriya yozuvlari rasmiylashtiriladi:
Dt 4790-»Xodimlarning boshqa qarzlari» schyoti.
Kt 5110-»Hisob-kitob schyoti» yoki «Kassa schyoti».
Undirib olinishi gumon bo’lgan debitorlik qarzlari korxona raxbariyatining qaroriga muvofiq dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar hisoblangan yoki bunday rezerv tashkil etilmagan bo’lsa, ushbu qarzlarning korxona zararini ko’paytirish hisobga (eski sof foyda hisobdan qoplash) hisobdan chiqariladi. Da’vo qilish muddati tugagan barcha kreditorlik qarzlari Xo‘jalik faoliyati natijalariga, ya’ni foydaga olib borilishi lozim.
Har xil debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarning sintetik hisob 8-jurnal-orderda, analitik hisob esa har bir debitor va kreditor doirasida 7-vedomostda yuritiladi. Buning uchun vedomostda chorak, yarim yil va yil mobaynida bo‘lishi mumkin bo’lgan operatsiyalardan kelib chiqqan holda har bir debitor va kreditorlarga mo’ljallangan qator ajratiladi. Bu vedomostga yozuvlar dastlabki hujjatlarning ma’lumotlari asosida yoziladi. Ular oborot vedomosti prinsipiga asoslangan bo‘lib, kreditli oborotlar tegishli schyotlarning debeti bilan korrespondensiyalanadi. Oy oxirida har bir debitor va kreditor bo‘yicha hamda hamma debitor va kreditorlar bo‘yicha yakun aniqlanadi. Oy davomidagi kreditli oborotlar 8-jurnal-orderga ko‘chirib yoziladi.



Download 24,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish