276
Jyul Vern
– Bizlar ozod odamlarmiz... Qo‘shma Shtatlarning
fuqarolarimiz! – dedi.
Alvets
buni tushundi shekilli, kulimsiraganday bo‘lib
bosh silkidi:
– Ha, ha... amerikaliklar-a!.. Xush kelibsizlar!.. Mar-
hamat, – deb javob berdi.
– Marhamat! – deb takrorladi Koimbra uning ketidan.
Shu so‘zlarni aytgandan keyin u Ostinning oldiga
keldi-da, xuddi yarmarka bozorida ot tanlayotgan kishi
singari uning qo‘l, ko‘krak hamda yelkalarini siypalab
ko‘ra boshladi. Ammo Koimbra hamma tishlari butunmi
deb Ostinning og‘zini ochib ko‘rmoqchi bo‘lgan edi. Ostin
uni mushti bi lan shunaqangi bir soldiki, u mayor o‘g‘li
bo‘lib bunaqangi kaltakni umrida yemagan bo‘lsa kerak.
Alvetsning sirdoshi o‘n qadam nariga borib tushdi. Qul
savdogari Koimbraning atigi olti tishidan ikkitasi sinib
tushganini ko‘rib, qotib-qotib kuldi.
Bir necha askar kelib Ostinga yopirildi.
Agar Alvets
askarlarni to‘xtatib qolmaganida, bu ishi uchun Os-
tinning holi xarob bo‘lardi: qul savdogari qimmatbaho
«molni» askarlar mayib qilib qo‘yishini istamas edi.
U g‘azabi kelgan Koimbrani bosib qo‘ydi. Koimbra
zo‘rg‘a o‘rnidan turib qul savdogari yonidagi joyiga borib,
Ostinga mushtini ko‘rsatib qo‘ydi.
Shu paytda xavildorlar Dik Sendni Alvetsning oldiga
itarib yubordilar. Qul savdogari bu yigitning kimligini,
uning qanday qilib Angolaga kelib qolganini hamda Ibn
Homis karvoniga qanday qilib asir tushib qolganini bilar
edi, shekilli. U Dikka xo‘mrayib
bir qaradi-da, inglizchalab:
– Aha, kichkina yanki
42
-ku, – dedi.
– Ha, yankiman! – deb javob qaytardi Dik Send. –
Xo‘sh, yo‘ldoshlarim bilan meni nima qilmoqchi bo‘lasiz?
– Yanki, yanki! Kichkina yanki, – deb takrorladi Alvets.
U Dikning savoliga yo tushunmadi, yo bo‘lmasa unga
javob qaytarishni istamadi. Dik o‘z savolini takrorladi.
42
Yanki – AQSHda yashovchi amerikaliklarning laqabi.
277
«O‘n besh yoshli kapitan»
U qul savdogarining javob qaytarishga tobi yo‘qligini
ko‘rib va Koimbrani yevropalik deb bilib, savolini unga
berdi. Biroq Koimbra mushtini ko‘rsatdi-da, ichkilikdan
shishinqiragan basharasini teskari o‘girib oldi.
Shu paytda Alvets Ibn Xomis bilan shoshib-pishib
gaplash moqqa boshladi. Ular Dik bilan uning sheriklari
to‘g‘risida gaplashayotgan bo‘lsalar ke rak. «Kim bilsin,
– deb o‘yladi Dik, – Alvetsning niyati qanaqa ekan?
U bechoralar bilan bir ko‘rishib,
yana gaplasha olar-
mikinman?»
– Do‘stlarim, menga quloq solinglar, – dedi u sekin,
go‘yo o‘z-o‘zi bilan gaplashganday qilib, – Gerkules men-
ga Dingodan xat yuboribdi. Do‘stimiz karvon ketidan
kelayotgan ekan. Missis Ueldon bi lan Jekni va Benedikt
tog‘ani Gerris bilan Negoro olib ketib qolipti. Qayerga
deysizmi? Bilmadim. Ehtimol ular Kazondeda bo‘lsalar
kerak. Sabr qilinglar, bo‘sh kelmanglar,
eng muhimi,
paytini poylab qochinglar!
– Nan-chi, u nima bo‘ladi? – deb so‘radi keksa Tom.
– Nan o‘lib qoldi.
– Birinchi qurbon...
– Ham eng so‘nggi qurbon, – deb javob qay tardi Dik
Send. – Bizning qo‘limizdan...
Shu onda birov o‘zining og‘ir qo‘lini yigitning yelkasiga
qo‘yib, Dikka tanish bir ovoz bilan:
– Aha, yanglishmasam, mening yosh do‘stim siz
bo‘lsangiz kerak-a? Sizni ko‘rganim uchun juda xur-
sandman! – dedi.
Dik Send shartta orqasiga aylanib qaradi. Uning
ro‘parasida Gerris turar edi.
– Missis Ueldon qayoqda? – deb qichqirdi Dik.
– Ey, bechora ona! – deb javob qaytardi Gerris yolg‘on-
daka qayg‘urib, – shuncha qiyinchiliklarga chidarmidi...
– O‘lib qoldimi? – deb hayqirib yubordi Dik. – O‘g‘li-chi?
– Bechora bola, – deb xuddi boyagiday ovoz bi lan javob
qaytardi Gerris, – qattiq azoblarga chiday olmadi...
278
Jyul Vern
Dikning dunyoda eng yaxshi ko‘rgan kishilari o‘lib-
di... Shu paytda yigitchaning qanday holga tushganini
ko‘z oldiga keltirish qiyin bo‘lmasa ker ak. Qasos olish
payida g‘azab bilan Gerrisga
tashlandi va uning belida-
gi pichog‘ini sug‘urib oldi-da, dastasigacha Gerrisning
ko‘kragiga sanchdi.
– La’nati! – deb qichqirdi Gerris yerga yiqilayotib.
Bu uning so‘nggi so‘zi bo‘ldi. Odamlar uning oldiga
chopib kelganda, u o‘lib qolgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: