Ona tili va adabiyot



Download 43,6 Kb.
Sana12.08.2021
Hajmi43,6 Kb.
#145959
Bog'liq
Ona tili va adabiyot 2 minglik test yanvar


Ona tili va adabiyot

##1#Farzandini dunyoga keltirgan onaning o‘y xayolida birgina orzu mujassam yasharkan: u ham bo‘lsa, farzandlarining barkamol inson bo‘lib yetishidir.

Berilgan gapdagi bir tovushdan iborat qo‘shimchalar sonini toping.##

A) 4 ta

+B) 5 ta

C) 3 ta

D) 6 ta

##2#Qaysi qatorda aniq nisbat bilan berilgan fe’l ishtirok etgan?##

A) Mehmonlar kechroq taklif etilgan edi.

B) Bizning xodimlarimiz bankdagi har bir murakkab jarayonni ham bemalol uddalashadi.

+C) Korxonamiz ishga tushgach, O‘zbekiston tamg‘asi bitilgan mahsulotlar ichki bozorga dadil kirib boradi.

D) Til millatning eng muhim belgisidir.

##3#Dunyoning tinchligi va farovonligi, insoniyat butunligi, dono va oqil, pok niyatli odamlarga bog‘liq.

Ushbu gapdagi ism asosli yasama so‘zlar sonini aniqlang.##

A) 6

B) 2


C) 3

+D) 5


##4#Fe’ldan yasalmagan otni toping.##

A)ilgich

+B) o‘tloq

C) ko‘rik

D) og‘riq

##5#Sen-ey, Sen – o‘ynoqi dilbar,



Zafardan izla yoringni.

To‘lib o‘yna, toshib o‘yna.

Tirikman kuyla boringni.

Ushbu gap haqida noto‘g‘ri hukmni aniqlang.##

A) Gapda ajratilgan bo‘lak qatnashgan

B) Gapdagi barcha kesimlar fe‘l-kesimdan iborat.

C) Gapdagi fonetik hodisaga uchragan so‘zlar aniqlovchi va kesim vazifasida kelgan.

+D) Gapdagi barcha yasama so‘z bir xil so‘z turkumidan yasalgan

##6#Salim sevinganidan terisiga sig‘may keldi.

Ushbu gapning sintaktik vazifasining tartibi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?##

A) ega, to’ldiruvchi, to’ldiruvchi, kesim

+B) ega, hol, kesim

C) ega, hol, to’ldiruvchi, kesim

D) ega, hol, hol, kesim

##7#Sharif akam xat berib yubordilar.

Ushbu gabda necha xil mustaqil so’z ishtirok etgan?##

A) bir

B) to’rt

C) besh

+D) ikki


##8#Qaysi qatorda ko‘makchi fe‘lli so‘z qo‘shilmasining yetakchi qismi juft fe‘ldan tuzilgan?##

A) O‘qishlarim joyida, shaharda o‘ynab-kulib yuribman

B) Biz qo‘shnimiz bilan bordi-keldi qilmayapmiz

C) Direktor o‘quvchilariga gapirib-gapirib ketdi.

+D) Ayollar mahallaga ko‘chma do‘kon kelganda yelib-yugurib qolishdi.

##9#Qaysi qatordagi fe‘lga bo‘lishsizlik qo‘shimchasini qo‘shib bo‘lmaydi?##

A) Biz bu yil qovun ekyapmiz

+B) Bog‘bon bog‘da ishlamoqda.

C) Men ilgari bu joylarga kelar edim.

D) Yopiray, bir zumda shuncha ishni qilibmiz.

##10#Qaysi qatorda paronim qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud?##

A) Dushman jangda yarog‘siz taslim bo‘ldi.

B) O‘tganlarni yod ayladik.

+C) Essiz, bozordan lahm go‘sht olish yodimdan ko‘tarilibdi.

D) Yozning issiq kunlarida daraxtning ko‘lankasida dam olishga nima yetsin.

##11#Bu vaqtda Shayman cholning olim o`g`li, koinot sirlarini anglamoqqa yetgan aqli yerdagi bu xil sinoatni idrok etmoqqa ojizdek, tushkun bir kayfiyatda oyog`i ostidagi chinni bo`laklarga termulib turar, ketib qolishidan hayiqqan ona sho`rlik esa hanuz uning qo`lidagi sumkaga tarmashar, ora-sira cholini yanib qo`yardi.

Ushbu gapda nechta fonetik hodisa kuzatilgan?##

A) 4 ta

B) 5 ta

+C) 7 ta

D) 6 ta

##12#Qaysi qatordagi gapdagi sifatdoshning asosi ot so‘z turkumiga mansub?##

+A) Halol izlanayotgan odam eng xotirjam odamdir.

B) G‘ayratlining yuragi qaynar, g‘ayratsizning yuragi o‘ynar.

C) Kundan kun o’zgarayotgan Xosiyat xolaga hamma havas bilan qarardi.

D) Ko‘p kulgan odam bir yig‘lamoqqa ham tayyor turmog‘i kerak.

##13#Qo‘shma gapni aniqlang.##

A) Uning fikrlash tarzidagi o‘ziga xoslik, qat‘iyatlilik va joziba menga yoqadi.

B) Buyuk donishmand odamzodning nopok istaklarini bir uyga qamab qo‘yilgan uch maxluq: odam, to‘ng‘iz va arslonga o‘xshatgan ekan.

C) Biz imtihonlarga tezroq tayyorlanishimiz va o‘z ustimizda ko‘proq ishlashimiz kerak.

+D) Yaxshi fikr tiniq uslubni talab qiladi, uslub esa fikr libosidir.

##14#Qaysi gapda uyushiq bo’lak ishtirok etmagan?##

A) Uning fikrlash tarzidagi o‘ziga xoslik, qat‘iyatlilik va joziba menga yoqadi.

B) Buyuk donishmand odamzodning nopok istaklarini bir uyga qamab qo‘yilgan uch maxluq: odam, to‘ng‘iz va arslonga o‘xshatgan ekan.

C) Biz imtihonlarga tezroq tayyorlanishimiz va o‘z ustimizda ko‘proq ishlashimiz kerak.

+D) Yaxshi fikr tiniq uslubni talab qiladi, uslub esa fikr libosidir.

##15#Qaysi so‘zlardagi lab undoshlari til undoshlariga almashtirilsa, so‘zning ma‘nosi tubdan o‘zgaradi?##

A) umr, parcha, mezon, qiyofa

B) moyil, bahor, payola, baxt

C) fikr, bola, muhim, vatan

+D) bilak, farq, mard, azob

##16#Men doim shashka o‘ynasam, qoralarda o‘ynayman.##

A) metafora

B) sinekdoxa

+C) metonimya

D) vazifadoshlik

##17#Qaysi so‘zning antonimi tarkibida ikkita tor unli mavjud?##

+A) sun‘iy

B) ochiq

C) arzon

D) issiq

##18#Qaysi qatorda fikrni xulosalash kirish so’zi qatnashgan?##

A) Tavba, u kelmaydimi?!

B) Axir, u keladi.

C) Menimcha, u keladi.

+D) Xullas, u keladi.

##19#Sabab holi qatnashgan gapni toping.##

A) Biz dam olgani tog‘ga chiqib ketyapmiz.

B) U qasddan Suqsuroyni xonga olib berdi

C) Sardor onasini diqqat bilan tinglagach hamma savollariga javob berdi

+D) Yuraklari ezilgan Oysha alamidan yig‘lab yubordi.

##20#Hol holga tobelangan qatorni aniqlang.##

A) Londonga ketayotganim haqida birov bilmasligi shart.

B) Ishga mehr bilan yondashsang, balki hammasi boshqacha bo‘lar.

C) Shokir bilan Nozim janjallashganda hech kim ularni ajratish haqida o‘ylamasdi.

+D) Uydan qaytishingda do‘konga kir-da, mening buyurtmamni so‘ra.

##21#Qaysi xalq dostoni qahramoni o‘zini lochinga, yorini suqsurga o‘xshatadi?##

A) Rustamxon

B) Ravshan

+C) Alpomish

D) Kuntug‘mish

##22#“Kecha va kunduz” romanida asar qahramonlaridan biri bo‘lgan Sultonxonning otasi kim?##

A) Sadriddin cho‘loq

B) Ahmadaliboy

C) Ayoz Is‘hoqov

D) Qosim laylak

##23#Quyida keltirilgan Mirmuhsin asarlaridan qaysi biri roman janrida yozilgan?##

A)Avesto


+B) Umid

C) Nevara

D) Do‘nan

##24# O’lmas Umarbekovning qaysi asarida yoshgina go`zal ayolning sirli o`limi sabablarini ochish, fojia manbalarini o`rganish, qotillarni aniqlash barobarida asar qahramonlarining ma‘naviy qiyofalari oydinlasha boradi?##

A) “Fotima va Zuhra”

B) “Sevgim, sevgilim”

+C) “Yoz yomg‘iri”

D) “Odam bo‘lish qiyin”

##25#"Og‘ir tabiatlik, ulug' gavdalik, ko'rkam va oq yuzlik, kelishgan qora ko‘zlik, mutanosib qora qoshlik va endigina murti sabz urgan bir yigit"

Ushbu parchada kim tasvirlangan?##

A) Nizomjon ( Ufq)

B) Anvar ( Mehrobdan chayon)

C) Kimsan ( Ikki eshik orasi)

+D) Otabek ( O'tkan kunlar)

##26# Itoat et!

Agar sendan

Vatan rozi emas bo‘lsa,

Yoril! Chaqmoqqa aylan sen,

Yoril! Mayli, tamom o‘lsam!

Ushbu she‘riy misralar muallifini aniqlang?##

A)Muhammad Yusuf

B) Cho‘lpon

+C) Usmon Nosir

D) Hamza


##27#Quyidagi qaysi she‘rda qul Bilol tasviri uchraydi?##

A) Vatan mehri ( Omon Matjon)

+B) Turkiylar ( Shavkat Rahmon)

C) Eng so‘nggi xazina ( Omon Matjon)

D) Tunggi taqqoslar (O‘ljas Sulaymon)

##28#"…Uni yomon ko'zdan asrasin, deb kiyimlariga tumor-u ko'zmunchoqlar taqib qo‘yardi. Sultonimga Atab unga kokil qo'ygandi. Olti yoshga to'lganda er- xotin Turkistonga Olib borib Hazrat Yassaviy maqbarasining shayxiga ataganlarini berib, kokilini kestirishgan" ushbu parchada tasvirlangan obraz kim? ##

+A) Bo'rixon ( Qorako'z majnun)

B) Tursunboy ( Ufq)

C) Otabek ( O‘tkan kunlar)

D) Nizomjon ( Ufq)

##29#Mirmuhsinning bir xil janrda yozilgan asarlari berilgan qatorni aniqlang?##

+A) “Jamila”, “Tungi chaqmoqlar”, “Cho‘ri”

B) “Do‘nan”, “Chodrali ayol”, “Umid”

C) “Chiniqish”, “Umid”, “Oq marmar”

D) “Chodrali ayol”, “Jamila”, “Shiroq”

##30#Qutlug` oyog`ing yerga tegibdur, oning uchun,

El yerga qo`yub bosh, qilur barcha ibodat.

Ushbu baytda qanday san‘at qo‘langan?##

A) Tajnis

B) Talmeh



C) Mukarrar

+D) Husni talil
Download 43,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish