O’tkan kunlar (O’zbeklar turmushidan tarixiy ro’mon)



Download 28 Kb.
Sana23.01.2022
Hajmi28 Kb.
#402772
Bog'liq
2 5280697702437357548




O’tkan kunlar

(O’zbeklar turmushidan tarixiy ro’mon)
Birinchi bo’lim


  1. Og’ir tabiatlik, ulug’ gavdalik, ko’rkam va oq yuzlik, kelishgan, qora ko’zlik, mutanosib qora qoshliq va endigina murti sabz urgan yigit. 24 yosh (Otabek)

  2. Gavdaga kichik, yuzga to’la, ozroqqina soqol-murtlik, 25 yoshlar chamaliq bir yigit, Marg’ilonning boylaridan Ziyo shohichi deganning o’g’lidir. (Raxmat)

  3. Uzun bo’ylik, qora cho’tir yuzlik, chag’ir ko’zlik, chuvoq soqol, 35 yoshlarda bo’lg’an ko’rimsiz bir kishi. Otabek bilan tanishlig’i bo’lmasa ham Rahmatka yaqin qarindosh-Ziyo shohichining qaynisi, Rahmatning tog’asi. (Homid)

  4. 60 yoshlar chamasida, cho’ziq yuzlik, do’nggina peshonalik, sariqqa moyil, to’garak qora ko’zlik, oppoq uzun soqollik edi. Soqolining oqlig’iga qaramasdan uning qaddida keksalik alomatlari sezilmas va tusiga ham uncha o’zgarish yo’q edi. (Hasanali)

  5. Bolaliq vaqtida Erondan kishi o’g’irlab kelguchi bir turkman qo’lidan Otabekning bobosi 15 tillo barobarida sotib olgan edi. 30 yoshliq vaqtida sotib olg’an bir cho’tiga uylantirilgan bo’lsa ham, ammo o’g’il-qizlari bo’lmag’an, bo’lsalar ham yoshliqda o’lib ketkanlar. (Hasanali)

  6. Turkistonning to’qig’uchiliq hunarida birinchi shahri. (Marg’ilon)

  7. Uylanishdek nozik ish dunyoda yo’qdir. (Raxmat)

  8. Uylangach, xotining ta’bingga muvofiq kelsa bu juda yaxshi, yo’qsa, munchalik og’ir gap dunyoda bo’lmas. (Otabek)

  9. Oladirg’on xotiningiz sizga muvofiq bo’lishi barobarida er ham xoting’a muvofiquttab bo’lsin. (Raxmat)

  10. Xotinga “er” degan ismning o’zi kifoya. (Homid)

  11. Qamchingdan qon tomsa, yuzta xotin orasida ham rohatlanib tiriklik qilasan. (Homid)

  12. Bizning Marg’ilonda bir qiz bor (Kumush haqida birinchi gapni Raxmat aytgan)

  13. 45-50 yoshlar chamasida qora qosh, qora ko’z, ko’rkam yuz, yaxshig’ina kiyingan bir kishi. (Mirzakarim qutidor)

  14. 55 yoshlar chamasida bir keksa kishi. (Akram hoji)

  15. Umr-otilg’an o’q emish. (Mirzakarim qutidor)

  16. Yurgan daryo, o’turgan bo’yro emish. (Akram hoji)

  17. Xudo kofirning dunyosini bergan. (Homid)

  18. Qoy kabi yuvosh Toshkand hokimi. (Salimsoqbek)

  19. Yigitlar ichida eng aqllig’i ekan... Agarda xon ko’tarish manim qo’imda bo’lsa edi, xon qilib Otabekni ko’tarar edim... (Akram hoji)

  20. Otabek xon qizig’a loyiq bir yigit ekan. (Mirzakarim qutidor)

  21. Seni xudoga, otamni senga topshirdim! (O’zbek oyim)

  22. Poyafzal bozori va uning burchagidagi havli... “Sharti ketib, parti qolg’an” bir darboza... (Mirzakarim qutidor hovlisi)

  23. Ichidan atlas ko’ynak, ustidan odmi xon atlas guppi kiygan, boshig’a oq dakani xom tashlang’an, 35 yoshlar chamaliq go’zal, xush bichim bir xotin. Yuzidan muloyimlik, eriga itoat, to’g’riliq ma’nolari tomib turg’an xotin. (Qutidorning rafiqasi Oftob oyim)

  24. 70 yoshdan o’tkan bir kampir (Oftob oyimning onasi Oysha bibi)

  25. O’choq boshida qo’polg’ina, 45 yoshlar chamaliq xotin, oilaning cho’risi. (To’ybeka)

  26. Qora zulfi par yostiqning turlik tomonig’a tartibsiz suratda to’zg’ib, quyuq jinggila kiprik ostidagi timqora ko’zlari bir nuqtag’a tikilganda, nimanidir bir narsani ko’rgani kabi... Qop-qora kamon, o’tib ketkan nafis, qiyig’ qoshlari chimirilganda, nimadir nir narsadan cho’chigan kabi... To’g’on oydek g’uborsiz oq yuzi bir oz qizilliqg’a aylanganda, kimdandir uyalg’an kabi... Shu vaqt ko’rpani qayirib ushlagan oq nozik qo’llari bilan latif burnining o’ng tomonida, tabiatning nihoyatda usta qo’li bilan qo’ndirilg’an qora xolini qashidi va boshini yostiqdan olib o’lturdi. (Kumushbibi)

  27. Endi 17ni qoyib 18ga qadam qoyg’anliqdan bo’yi ham onasig’a yetayozg’an, ammo jussasi onasig’a ko’ra to’laroq edi. (Kumusgbibi)

  28. Teng-tengi bilan, tezak qopi bilan. (To’ybeka)

  29. Kiroyi kuyaving shundog’ bo’lsa. (Mirzakarim qutidoq)

  30. Addoi (da’vat etuvchi, duo qiluvchi) ota. (Yusufbek hoji)

  31. Yoshlar muhabbati uchar qush (Hasanali)

  32. Muhabbat degan narsa juda oz kishilarga nasib bo’ladirg’an bir durri bebahodir. (Ziyo shohichi)

  33. Otabekning ma’naviy padari. (Hasanali)

  34. Qizlar majlisi (Kumushbibining tog’asining uyida)

  35. Shari’at ishiga sharm yo’q. (Hasanali)

  36. Ortiqcha berilib o’ylag’an kezda soqolini qayirib tishlaydigan odati bor. (Hasanali)

  37. Yigitning naslini aybsitib bo’lmaydir. (Mirzakarim qutidor)

  38. Qo’lida dutor “O’rtoqlar” kuyini tanlarga larza berib, tarona qildi. (Anorgul)

  39. “Alif Laylo” hikoyasidagi “parilar” bazmini xotirlatmoqda edi. (Qizlar majlisi)

  40. O’zining qo’ng’uroqdek tovushi bilan “Yig’larman” kuyini boshladi.(Gulsin)

  41. Qizlar Majlisida kuylangan qo’shiqlar. (“O’rtoqlar”, “Ifor”, “Yig’larman”)

  42. Voy, sho’rginangga sho’rva to’kilsin, Kumush! (Gulsin)

  43. Qizlar majlisida kuyav ro’lini Gulsin, Kumush ro’lini Xonimbibi o’ynadi.

  44. Kumushbibi Mirzakarim qizi o’z vakolatini amakisi Muhammadrahim Yo’ldosh o’g’liga topshiradi.

  45. Boshida simobi shohi salla, ustidan qora movut sirilgan sovsar po’stin, ichida o’zining Shamayda tiktirgani osmonirang movut kamzul, movut shim: oyog’ida qalapoq afzali, belida Kumushbibining usta qo’li bilan tikilgan shohi qiyig’... Yuzlari qizil, og’iz irpaygan, ko’zlar o’ynab allakimni qidiradir. (Otabek)

  46. Qo’qonda o’lsa, o’ligini itlar yesa biz achinarmi edik. (Homidning xotinlari)

  47. Boshida ko’k salla chulg’angan, egniga O’ratepaning bosmasidan chakman, beliga kumush kamar bog’lab kumush qinlik qilichini tizzasiga bosqan, qora tanlik bo’lsa ham ko’knorimi, taryakmi iste’molidan yuzi sarg’ayg’an 40-50 yoshlar chamaliq bir kishi yorliqsumon bir yozuvni o’qib o’tirmoqda. (Qo’rboshi Xoliq)

  48. Qo’rboshining ustidan sovuq suv sepilgan edi. (Homid kavlana boshlag’anda)

  49. Zolning to’rida, kichkina haldor bir eshikcha yonida, atlas ko’rpacha ustida 15 yoshlar chamaliq, qizil duxobadan kiyingan ko’rkam bir o’g’lon palov yeb turar edi. (Ahmad)

  50. To’la yuzlik, o’siq qoshliq, og’ir qarag’uchi ko’zlik, siyrak soqol, o’rta bo’yliq, ustida kimxob to’n kiyib, beliga qilich osqan 45 yoshlar chamasida bir kishi. (Qushbegi O’ttaboy)

  51. “jonkuyar” deb tanilg’an kishi. (Kumushningtog’asi Ahmadbek)

  52. Hudaychi (Sulaymon)

  53. Yuzboshi (G’anibek)

  54. Tilla jabduqli qizil ayg’irga mingan, quyosh yog’dusi bilan turlik tuska kirib tovlanadurg’an, yoqa va etaklariga oltin uqa tutilg’an kimxob to’n kiyib, bekida oltin kamarga kumush qinli jazoiri qilich osqan, boshig’a oq shohidan salla o’rab, oyoqlarini kumush uzangiga tiragan, siyrak qoshlik, cho’qqi soqol, bug’doy ranglik, 45-50 yoshlar chamaliq bir kishi. (Azizbek)

  55. Qora otg’a otlanib, zangori movutdan uqalik to’n kiygan, kumush kamarning o’ng tomonig’a qilich, so’liga to’fangcha qistirg’an, boshig’a barra popoq kiyib, jin yalag’an deganlaridek qoshsiz, qoramtil yuzlik, ikki chakagining ustida bir oz, iyagida bir oz siyrak, ko’rimsiz qora soqolliq, ko’zlari ichiga botig’roq, ammo qon quyilg’ansumon bir kishi. Azizbekning amri lashkari va o’ng qo’li. (Rayimbek dodxoh)

  56. Qo’rg’on begiga-kimxob to’n,

Yuzboshilarg’a-atlas chopon,

Boshqa yigitlarga-uch tanga pul



  1. Bobolar “dunyoniki miri kam ikki” deganlar. (Qo’rboshi Xoliq)

  2. Dor ostidan gunohkorlarni qaytarib kelish buyurilg’an kishi (Pirmat)

  3. Ponsadboshi (Azim)

  4. Yov qochsa, botir ko’payar (Shahar a’yonlari)

  5. Qoymijoz bir odam (Qutidor)

  6. Torbasini yo’qotgan gadoydek qushbegining chap tomonig’a, Kumushbibining yuqorisig’a borib o’lturdi. (Qo’rboshi Xoliq)

  7. Najot farishtasi (Kumushbibi)

  8. Azizbekning xalqqa solgan solig’i. (32 tanga)

  9. To’rt oyog’liq oq marmardan yasalgan taxt ustida kamarga taqilg’an oltin sopliq qilichini tizasi ustiga ko’ndalang qo’yib, qizil duxobadan tikilgan po’stun kamzul ustidan adras to’n kiygan, boshig’a simobi shohi salla o’rag’an 18 yoshlar chamaliq, cho’ziqqina yuzlik, bug’doy ranglik xon o’lturar edi. (Xudoyor)

  10. O’ratepa chakmani ustidan qayish kamar bog’lab, soddag’ina qilich taqing’an, boshig’a oq barra popoq kiyib, basharasidagi burni yuzi bilan bir qatorda deyarlik tekis yaratilg’an, o’rtacha soqol, qisiq ko’z, bug’doyrang, o’rta yoshliq bir qirg’iz. (Musulmonqul)

  11. Og’riqning tuzalisi kelsa, emchi o’z oyog’I bilan kelur. (Musulmonqul)

  12. Favqulotda yuraklik kishi. (Musulmonqul)

  13. Toshkand bekligiga Azizbek o’rniga vaqtinchalik Qo’shdodqo belgilandi

  14. Dunyog’a kelishi bilan baxtsizlikka uchray boshlag’an: 5 yillab bosila olmay

yotgan, bosilishi muyassar bo’lg’anida ham turlik zarbalarg’a uchragan:

imlosi uchun 3-4 imlochilar tomonidan tuzatilib, ajoyib quroq holiga kelgan



ro’mon. (O’tkan kunlar)
Download 28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish