Mavzu: Koinotning tuzilishi. Galaktikalar, qora tuynuklar va kvazarlar.
Qora materiya, qora energiya
Koinot
—
fazo,
olamning
astronomik
taʼrifi;
koʻpincha
fazoviy
apparatlar,
Yer
sunʼiy
yoʻldoshlari
va
sayyoralararo
stansiyalar
orqali
oʻrganiladigan yaqin
koinot
nazarda tutiladi. Bugungi kunda koinotning sarhadlari
toʻla toʻkis oʻrganila olingan emas. Koinotdagi borliqning asosini
vodorod
tashkil
etadi.
Vodorodning
turli
omillar
natijasida
qayta
ishlanishi
(yuqori
harorat
va
gravitatsiya
(tortishish kuchi)) natijasida turli koʻrinishdagi
galaktikalar va ularning tarkibida yulduz (
quyosh
sistemalari) vujudga keladi.
Koinotning qariyb ~85 foiz
massasi
qora teshiklar
va
Ulkan qora teshiklarga
toʻgʻri
keladi.
Koinot
— makon va zamonda bepoyon borliq, cheksiz moddiy olam. Har xil
alohida jismlarni, ularning sistemalarini, moddalarning harakati jarayonida vujudga
keladigan kosmik obʼyektlarni (Yerga Qaraganda bir necha mln. marta katta) oʻz
ichiga oladi. Olamda sodir boʻladigan turli hodisalar oʻzaro bogʻliq va bir-birini
taqazo etadi. Ular fazo va vaqtga bogʻliq holda rivojlanadi. Bu aloqalarga
boʻysunadigan qonuniyatlarni oʻrganish tabiatshunoslikning asosiy vazifasidir.
Moddaning K.da makon va zamonda taqsimlanishi, turli kosmik jismlar va
ularning tizimlari astronomiyada, K.ning umumiy tuzilishi, oʻtmishi va kelajagiga
oid masalalar kosmologiyada oʻrganiladi.
Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida insoniyat K.ning biror chegarasini
oʻrgana olgan. Koinot usullari va astronomik asboblar takomillashgan sari, K.ni
kuzatish chegaralari kengayib, tadqiqotlar yanada chuqurroq, insoniyat bilimi
haqiqatga yanada yaqinroq boʻlib borgan. Dastlab, inson oʻzi yashab turgan joy va
uning yaqin atrofini, osmonda koʻzga tashlanib turadigan jismlarni birgalikda K.
deb tushungan. Yerning sharsimonligi maʼlum boʻlgandan keyin markazda Yer va
uning atrofida aylanuvchi gʻoyat katta osmon gumbazi K. hisoblangan. Beruniy,
Ulugʻbek, N. Kopernik, J. Bruno, G. Galiley, I. Kepler, I. Nyuton va boshqalarning
ishlari K. haqida tasavvur hosil qilishda haqiqiy inqilob boʻldi hamda Yerning
K.dagi vaziyati haqidagi, sayyoralarning harakat qonunlari haqidagi va boshqa
fanlarga asos solindi. Quyosh sistemasi haqida haqiqatga birmuncha yaqin
tasavvur vujudga keldi. 19-asrda rus astronomi V. Ya. Struve, nemis astronomi F.
Bessel va boshqa olimlar K.ni tadqiq etishda yangilik — yaqin yulduzlargacha
boʻlgan masofani aniqlaydigan yangi sahifani ochdilar. Yulduzlarning
sayyoralarga qaraganda koʻp marta uzoqligi aniqlandi. Galaktika haqida tushuncha
paydo boʻddi. Faqat 20-asr 30-yillaridagina uning oʻlchamlari va tuzilishi haqida
umumiy maʼlumotlar olindi. Bu davrda osmondagi tumansimon spiral va elliptik
obʼyektlarning Galaktikadan tashqarida joylashganligi, ularning har biri
Galaktikaga oʻxshash bir necha oʻn milliard yulduzdan tashkil topgan mustaqil
galaktikalar ekanligi isbotlandi. K.ni kuzatishdagi yangi texnik vositalar (kosmik
zondlar, kosmik apparat) ning paydo boʻlishi yangi kashfiyotlarning yaratilishiga
olib keldi. Mas, Yer, Oy, Venera, Mars, Merkuriy, Yupiter va ularni qurshab olgan
fazolar haqida koʻpgina yangi maʼlumotlar olindi. Yer sunʼiy yuldoshlarishn
foydalanish natijasida fanning amaliy tarmoqlari, xususan, kosmik yershunoslik —
tabiiy muhit, yer resurslari, geogr., geol., okeanshunoslik va boshqa masalalarni
oʻrganuvchi fanlar majmui vujudga keldi. Navbatda ularning birgalikda olingan
sistemasi — Metagalaktikank oʻrganish muammosi turadi. Astronomik asboblar
bizdan bir necha mlrd. yorugʻlik yili uzoqlikdagi obʼyektlarni kuzatish imkonini
beradi. 1963 yilda kashf qilingan kvazarlar bundan ham uzoqda joylashgan. K.ning
oʻrganilayotgan qismi chegaralanganligi uning makon va zamonda cheksizligiga
zid boʻlmay, fan va texnikaning ayni paytdagi taraqqiyot chegarasini belgilaydi.
K.dagi moddalarning asosiy tarkibi plazmadan iborat. Biroq, K.da oʻta zich tabiatli
("qora oʻra"), shuningdek, asosan, aynigan gazlardan iborat boʻlgan obʼyektlar
(neytron yulduzlar) ham bor. Yulduzlar va galaktikalarning oʻziga xos
xususiyatlari uning sirtida portlashlar va moddalarning otilishi vaqtida yuqori
faollik mavjudligi hisoblanadi (yangi yulduzlar, chaqnaydigan yulduzlar, yadrosi
faol galaktikalar).
Yer materik jismlarining yoshi zamonaviy hisoblashlarga koʻra, oʻrtacha 4,6 mlrd.
yilni, Quyoshniki — 5 mlrd. yildan ortiqni, Galaktikalarniki — 10 mlrd. yilni
tashkil etadi.
Astronomiya fani Quyosh sistemasi, yulduzlar va galaktikalar olamidagi fizik
qonuniyatlar va evolyusiya qonunlari hamda sabablarini oʻrganmoqda. Koʻpgina
kosmik jismlar va ular sistemalarining tarkib topish jarayonlari juda sekin —
millionlab va milliardlab yil davomida boradi. Quyosh sistemasining
kosmogoniyayechni oʻrgana borib, uning tuzilishi va jismlarning hosil boʻlish
tarkibi haqidagi maʼlumotlarga asoslanish mumkin.
Ilgari, K.dagi barcha jismlar massasi, asosan, yulduzlarda toʻplangan, sayyoralar
va mayda jismlar (kometa, meteor jism, gaz, chang va boshqalar) uning ozgina
qismini tashkil etadi deb faraz qilinar edi. Endilikda yulduzlarning paydo boʻlishi
va taraqqiyotida galaktikalar yadrosi faol ahamiyati aniqlandi, noyob kvazarlar
gravitatsion linzalar kashf qilindi K. massasining asosiy qismi galaktikada
toʻplangan deyish mumkin. Galaktikalarning oʻzaro uzoqlashishi galaktikalar
kachonlardir bir joyda toʻplangan oʻta zich jiyemdan iborat boʻlganligidan dalolat
beradi.