Qo’shma gap qismlari va ularni bog’lovchi vositalar 1-topshiriq.Quyida berilgan qoliplarga mos keladigan gaplarni qo’yib ularni daftaringizga ko’chiring.Qo’shma gap qismlarini qanday bog’lovchi vositalar yordamida bog’langanini ayting. Qish keldi va kunlar sovidi. Yo asling kabi ko’rin,yo ko’ringaning kabi bo’l.
Nuri goh sevinib shirin xayollarga botadi,goh vujudini qo’rquv bosadi.
Kamtarlik insonni kamolotga boshlaydi,shuning uchun kamtar bo’l. Sohil bo’yidagi tepalikka yugurib chiqdim,chunki atrofni yaxshiroq ko’rmoqchi edim. Bilib oling!Qo’shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo’shma gap qismlari sanaladi.Bu qismlarni bog’lash uchun xizmat qiladigan vositalar esa bog’lovchi vositalar hisoblanadi.Qo’shma gap qismlari quyidagi bog’lovchi vositalar yordamida bog’lanadi. Bog’lovchilar
Ergashtiruvchi bog’lovchilar
|
Va, hamda, ammo, lekin, biroq, yo, yo…,yo, dam…,dam, goh…,goh
|
Agar,agarda,basharti, garchi, chunki, negaki, toki
| Bog’lovchi vazifasidagi vositalar
1
- -u(-yu),-da,-ki yuklamalari
2
3
4
5
shuning uchun,shu sababli,shu tufayli kabi ko’makchili qurilmalar
shart mayli qo’shimchasi (-sa)
28-mashq.Ko’chiring.Qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalarni aniqlang.
1.Do’stlikdan o’tadigan hech narsa yo’q,shuning uchun do’st orttirish imkoniyatini sira qo’ldan boy berma.(“Hikmatnoma”dan) 2.Bilim har qanday muammo va qiyinchiliklarni yengib o’tishga zamin yaratadi,shuning uchun farzandlarimiz yuksak bilimga ega bo’lishlari kerak.(“Vatan ravnaqi” risolasidan) 3.Shuni bilki,odamlar do’stlik tufayli baxtiyordir.(“Qobusnoma”dan) 4.Yaxshi fikr tiniq uslubni talab qiladi,uslub esa fikr libosidir.(“Tafakkur gulshani”dan) 5.Tabiat kimga aql-idrok, bilim bersa, u ezgu ishlar qilishga qo’l uradi.(Yusuf Xos Hojib)
29-mashq.Ammo,lekin,biroq bog’lovchilari ishtirokidaqo’shma gap hosil qiling.Qo’shma gapni qismlarga ajrating.
Hamma gullarning hidi bor,ammo rayhonning hidi bo’lakcha.
Bir o’lka bor dunyoda ,biroq
Bitilmagan dostondir bori.
Mamlakatimizda bayramlar ko’p, lekin Navro’zning tarovati , shukuhi o’zgacha.
| 30-mashq.Gaplarni ko’chiring,qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalarni tushuntiring. 1.Adab kichkinalar mehrini ulug’lar ko’ngliga soladi va u mehr kattalar ko’nglida abadiy qoladi.(Alisher Navoiy) 2.Fikr ravshan bo’lsa,albatta,uning shakli ham ravshan bo’ladi.(P.Qodirov) 3.Haqiqiy olim o’zining ilmi bilan maqtanmaydi,chunki u o’zidan ham zo’r olim va fozil borligini biladi.(“Hikmatnoma”dan) 4.Badanning quvvati – ovqat,aqlning kaliti – hikmat.(Maqol) 5.Kimning qalbi pok bo’lsa, u to’g’ri va baxtli hayot kechirishga haqli.(H.Razzoqov) 31-mashq.Sodda gaplarning orasiga bog’lovchi vositalardan mosini qo’yib,ularni qo’shma gaplarga aylantiring.
1.Ta’lim faqat so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi,tarbiya esa tajriba bilan amalga oshiriladi.(Forobiy) 2.Aslida,qo’shiq aytishning shukuhi o’zgacha,chunki kishi qo’shiq aytganda ruhan yengil tortadi.(E.Vohidov) 3.Men Abdulla Oripov she’rlarini yaxshi ko’raman,chunki uning fikrlash tarzidagi o’ziga xoslik menga yoqadi.(E.Vohidov) 4.Kitob insondan hech narsa tilamaydi,u odob-axloqning, bilimning bulog’idir.(“Otalar so’zi”) 5.Kitob – bir bog’,yozuvlar esa uning gullaridir.(Qayum Nosiriy) 6.Ilm – bir daraxt,odob esa uning mevasidir.(Maqol)
Mustahkamlash 3.Bog’lovchi vositalarning har bir turiga misollar keltiring. 4.Teng bog’lovchilar haqida gapiring va ular ishtirokida qo’shma gap tuzing. 1.Qo’shma gap qismlari deganda nimani tushunasiz? 2.Qo’shma gap qismlari qanday bog’lovchi vositalar yordamida bog’lanadi? 32-mashq.Ayiruv bog’lovchilari ishtirokida qo’shma gap hosil qiling.Qo’shma gapni qismlarga ajrating. 33-mashq.O’qiyotgan badiiy asaringizning bir sahifasida uchragan qo’shma gaplarni ko’chiring.Qo’shma gap qismlari qanday bog’lovchi vositalar bilan bog’langanini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |