279
«O‘n besh yoshli kapitan»
Yigitni kishanlab, derazasi yo‘q torgina bir xujraga
qamab qo‘ydilar. Bu hujra Alvetsning fitna ko‘targani yoki
boshqa ayb qilgani uchun o‘lim jazosiga hukm qilingan
qullari qamab qo‘yiladigan bir kishilik qamoqxona edi.
Dikni bu yerda qalin-qalin devorlar yorug‘ dunyodan
ajratib qo‘ydi. Ammo u buni parvoyiga ham keltirmas edi.
U o‘zining eng yaxshi ko‘rgan kishilari o‘lib ketgani uchun
qasos oldi va endi hech qanday o‘limdan tap tortmas edi.
Negoroning Dikni o‘ldirmoqchi bo‘lgan yerliklar qo‘li-
dan nima uchun ajratib olganini bilish uncha qiyin emas:
o‘ldirish oldidan uni qattiq azoblamoqchi edi! O‘n besh
yoshli kapitan kema oshpazining ixtiyorida edi. Endi
qo‘lga tushmagan
Gerkulesgina qolgandi, u ham qo‘lga
tushsa, Negoro qonib o‘ch olgan bo‘lar edi!
Ikki kundan keyin, 28-may kuni katta yarmarka
ochildi. Bu yarmarkaga Afrikaning ichkarisidagi hamma
mustamlakalardan qul savdogarlari va Angolaga qo‘shni
viloyatlardan ko‘pdan-ko‘p yerlik xalqlar yig‘ildi. Bu yar-
marka faqat qullar bozorigina bo‘lmasdan, shu bilan birga
unda unumdor Afrika yerlaridan kelgan turli-tuman
oziq-ovqat mahsulotlari ham sotilar edi.
Erta sahardan boshlab bozor maydonida zo‘r harakat
boshlandi. Xoze-Antonio Alvetsning qullaridan tashqari,
bu maydonda to‘rt-besh mingcha odam bor edi. Tom
bilan uning sheriklari ham Alvetsning qullari orasida edi.
Alvets bu yarmarkaning eng kattasi hisoblanar edi. U
o‘z oshnasi Koimbra bilan
birga bozorda ay lanib yurib,
ichkarigi viloyatlardan kelgan qul savdogarlariga o‘zining
qullarini taklif qilar edi. Xaridorlar orasida yerliklar, Katta
ko‘llar viloyatining bosh shahri Ujixidan kelgan metislar
43
va bir necha arab savdogarlari ham bor edi.
Yevropadagi eng katta bozorda ham, hatto bir yilda
bir marta bo‘ladigan yarmarka bozorida ham,
Afrika bo-
zoridagidek shovqin-suron bo‘lmaydi. Yerliklar uchun
yarmarka katta bayram hisoblanadi. Shuning uchun
43
Metislar – turli irqlar qoni aralashib dunyoga kelgan kishilar.
280
Jyul Vern
ular bu bayram
sharafiga juda yasanib-tusanib ko‘cha
-
ga chiqadilar. Yerlik erkak-ayollar, ayniqsa sochlarini
juda yaxshilab bezatadilar. Ba’zi erkaklar sochlarini
o‘rib, chambar qilib qo‘yadilar. Ba’zi birlari esa sochla-
rini mayda qilib o‘rib, kalamush quyrug‘iday oldinga
osiltirib qo‘yadi va boshlariga qizil pardan qilingan jig‘a
taqadilar. Boshqa birlari esa sochlarini mayda-mayda
tugun qilib, mahkam tursin uchun sozlab suvab, moylab
qo‘yar edilar.
O‘z sochlariga yoki ulama
sochlariga suyakdan yasal-
gan har xil to‘g‘nag‘ich va bezaklar taqilgan bo‘ladi. Ba’zi
bir oliftaroqlari bu bezaklarga qanoatlanmasdan, sochla-
riga har xil munchoqlar taqib, bu murakkab naqshlar
o‘rtasiga kema suyak sopli pichoq tiqib qo‘yishadi.
Xotin-qizlar sochlarini ikki kokil, besh kokil yo ki qirq
kokil qilib, turli-tuman shaklga solib,
chambar qilib
qo‘yadilar. Faqat bir necha yosh va xush chehra ayol-
largina sochlarini orqalariga tarab qo‘ygan yoki peshona
sochlarini qirqqan edilar. Hamma ayollar ham sochlarini
sermoy qilib suvab, ustidan sarv daraxtining yarqiroq
mumidan surkagan edilar. Shunday qilib, uzoqdan qa-
raganda bu oliftalar xuddi
boshlariga cherepitsa yopin-
ganday ko‘rinar edi.
Yerliklarning bayramda qiladigan yasan-tusani soch
bezashdangina iborat ekan, deb o‘ylash to‘g‘ri emas. Agar
quloqqa asl yog‘ochdan qilingan tayoqchalarni, yupqa
mis baldoqlarni, jo‘xoripoyadan to‘qilgan tasmalarni
yoxud nos qovoqlarni taqib yurmasa, odamga quloq de-
gan narsaning nima ho jati bor? Buning orqasida quloq
yelkagacha cho‘zilib tushsa ham mayli.
Afrikalik yovvoyilar cho‘ntak nimalagini bilmaydilar,
shuning uchun ular madaniy xalqlar cho‘ntagiga solib
yuradigan mayda-chuyda buyumlarini, chunonchi:
pichoq, trubka va boshqa shunga o‘xshash
narsalarni
quloqlariga taqib yurar edilar.
Bo‘yin, bilak, boldir va to‘piqlarga kelsak, yovvo-
yilarning fikricha, ularni tabiat faqat har xil munchoqlar,