Deyarli hamma xalqlar zaminni "Ona Yer" deb ataydi. Hatto qadimgi rimliklar ham sayyoramizni aynan shu ma’noda [x]Tellus Mater[/x] deb aytgan



Download 17,67 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi17,67 Kb.
#330715
Bog'liq
Ona zamin


Deyarli hamma xalqlar zaminni “Ona Yer” deb ataydi. Hatto qadimgi rimliklar ham sayyoramizni aynan shu ma’noda [x]Tellus Mater[/x] deb aytgan. Bu esa, shubhasiz, insoniyat va ona zamin bir-biri bilan uzviy bog‘liq, odamzot va Yer ajralmasligining ifodasi deyish mumkin. Hatto muqaddas dinimizda ham odam tuproqdan yaralgani ta’kidlanadi va u oxir-oqibatda yana tuproqqa qaytadi...



Avvallari “Yer kuni” ko‘plab mamlakatlarda bahorgi tengkunlik sanasida (21-mart) nishonlanar edi. 1970-yildan e’tiboran esa ushbu sana 22-aprelda nishonlanadigan bo‘ldi. O‘shanda AQSh parlamenti senatori Geylord Nelson boshchiligida garvardlik bir necha faol talaba yoshlar ishtirokida dastlabki “Yer kuni” aksiyasi o‘tkazilgan edi. 1971-yildan e’tiboran esa ushbu senator tashabbusi bilan AQShda mazkur sana bayram sifatida har yili nishonlanadigan bo‘ldi va u mamlakat aholisi orasida tez ommalashdi. Keyinchalik sana boshqa mamlakatlarda ham norasmiy bo‘lsa-da, bayram sifatida e’tirof etila boshlandi. BMTning 2009-yil 22-aprelda qabul qilingan rezolyutsiyasi bilan 22-aprel sanasi dunyoda “Ona Yer kuni” sifatida xalqaro bayram kuni deb e’tirof etildi. BMT nazdida ushbu bayram sanasi ona sayyoramiz hamda uning ekotizimi, biologik xilma-xilligi, tabiati bilan unda umrguzaronlik qilib kelayotgan bashariyatning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlari orasida adolatli muvozanat bo‘lishi kerakligini targ‘ib qilishga qaratilgan bo‘lib, odamzot va sayyora o‘zaro uzviy hamohanglikda yashashining ahamiyatini har bir shaxs ongiga yetkazishni maqsad qilgan. Ayniqsa, butun sivilizatsiya uchun taalluqli xatarlarni yuzaga chiqayotgan hozirgi bir necha global muammolar sharoitida, xususan, iqlim o‘zgarishlari, pandemiya, o‘rmonlarning qisqarishi va cho‘llanish jarayonining tezlashuvi, muzliklarning erishi, noyob jonivorlarning qirilib ketayotgani va brakonyerlik avj olayotgani singari ko‘ndalang turgan masalalar qarshisida odamlarning ona sayyorani himoya qilish yo‘lida birdamligi g‘oyat muhimdir. Alaloqibat, bu insoniyatning o‘zini-o‘zi himoya qilishi bo‘lib chiqadi, chunki bizning ona zamindan boshqa boradigan joyimiz, o‘zga boshpanamiz yo‘q! Yer – bizning yagona uyimiz va biz undagi muammolardan qochib-qutilib boshqa hech qayoqqa yetib bora olmaymiz. Shunday ekan, har bir shaxs, shu sayyorada yashovchi har bir odam zamin uchun nimadir qilishga harakat qilishi lozim. Tabiatga ozor bermaslik, uning boyliklaridan va ne’matlaridan oqilona foydalanish, ekologik muvozanatni asrash, jonivorlarga ziyon yetkazmaslik, ifloslantirmaslik, o‘z tevarak-atrofimizni pokiza tutish – bu har birimizning qo‘limizdan keladigan oddiy va lekin umumiy zamin manfaati uchun g‘oyat muhim bo‘lgan narsalardir. Bu bizning nafaqat o‘zimiz uchun, balki kelgusi avlodlar uchun ham qiladigan eng katta xizmatimiz bo‘ladi.Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh assambleyasi tomonidan 2009 yil 22 aprelda bo`lib o`tgan yig`ilishda mazkur sanani Butunjahon Er kuni sifatida nishonlashga qaror qilindi. Sрu bois mana to`rt yildan buyon 22 aprel sanasi jahonning barcha mamlakatlarida Butunjahon Er kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda. Aytish joizki, Butunjahon Er kunida dunyoning turli mamlakatlarida Tinchlik qo`ng`iroqlari jaranglab, insonlarni sayyoramiz yagonaligini his etish, xalqaro tinchlikni saqlash va barcha insonlarning yagona uyi hisoblangan erni himoya qilishga chorlaydi. Ma’lumot o`rnida aytadigan bo`lsak, er yuzasining umumiy maydoni 510,2 million kilometr kvadratga teng bo`lib, 29,2 foizi quruqlik qolgan 70,8 foizi esa dengiz va okeanlar hissasiga to`g`ri keladi. Turli baholarga ko`ra, jahonning umumiy er fondi maydoni Antarktida va Arktika muzliklarini hisobga olmagan holda 13,1 milliard gektardan 14,9 milliard gektargacha cho`zilgan. Er fondi tuzilishida ishlov beriladigan er maydonlari bor yo`g`i 11 foizni, yaylov va o`tloqlar 23 foizdan 25 foizgacha, o`rmon va butazorlar 31 foizni, aholi yashaydigan erlar esa bor yo`g`i 2 foizni tashkil etadi. Qolgan barcha er maydonlari kam mahsuldorli va umuman mahsuldorsiz tog`lar, doimiy muzlikdagi tog` jinsli maydonlar, cho`llar, muzliklar va botqoqliklardan iborat. Er maydonlarining o`ta taqchilligiga qaramasdan, ishlov beriladigan erlar inson uchun zarur bo`lgan oziq-ovqat mahsulotlarining 88 foizini etishtirib beradi.

So`nggi 50 yil davomida dunyodagi aholi soni salkam 3 barobarga ortib, don etishtirish 4, neft mahsulotlari 7, tabiiy gaz 15, toshko`mir 3,6, yog`och iste’moli 14 hamda elektrostantsiyalarning quvvati 21 martaga oshgan. Achinarlisi har yili yer yuzasidan 13 million gektar o`rmonlar turli ehtiyojlar tufayli yo`q qilinmoqda. Yфngi erlarni o`zlashtirish maqsadida o`rmonlarning kesilishi, nafaqat alohida mintaqalarda, balki butun sayyoramizda ekologik barqarorlikning, jumladan, suv rejimining buzilishi va boshqa ko`pgina ekologik ofatlarning kelib chiqishiga sabab bo`lmoqda.

Dunyoning qurg`oqchil hududlarida cho`llanish jarayonlari katta maydonlardagi erlarni bosib, hozirgi kunda 900 million gektar maydonni egallagan. O`nlab mamlakatlarning hududidagi taxminan 3 milliard gektar er maydoniga esa cho`llanish jarayonlari xavf solmoqda. Ekin maydonlariga noto`g`ri ishlov berilishi, qishloq xo`jalik ekinlarining haddan ziyod ko`p ekilishi, o`rmonlarning kesib yuborilishi hamda yaylovlarda chorva mollarining me’yoridan ortiq boqilishi cho`llanish jarayonlarining tezlashuviga sabab bo`lmoqda. Ekin maydonlarining antropogen landshaftlarga aylantirilishi esa ularni tanazzulga uchrashiga olib kelayapti.

Atrof-muhit va tabiiy boyliklarga nisbatan antropogen ta’sirlarning ortishi, shubhasiz, atmosfera, okeanlar, dengiz va daryolar, tuproq, o`rmon va boshqa tizimlarda global o`zgarishlarni sodir bo`lishiga va natijada iqlim o`zgarishlariga olib kelmoqda.Iqlim o`zgarishlari Erning qutblarida yaqqol sezilib, keyingi 40 yil davomida u erdagi muzliklarning jadal erib borishi qayd etilgan. Mutaxassislarning qayd etishicha, so`nggi 15 yil davomida Er yuzasidagi o`rtacha harorat eng yuqori ko`rsatkichga etgan. Oksford unversiteti olimlarining fikriga ko`ra, karbonat angidrid gazi tashlamalari miqdori hozirgi darajada saqlansa, 2055 yilga borib er yuzidagi o`rtacha harorat 4 darajaga ko`tarilishi mumkin. Agarda ushbu holat yuz beradigan bo`lsa abadiy muzliklar erib, Okean suvlari o`zidan bug` gazlarini chiqara boshlaydi va bu jarayonni nazorat qilish imkoni yo`qoladi. Bundan tashqari, er yuzida o`rtacha haroratning 4 darajaga ko`tarilishi shimoliy qutbda haroratning 15 darajaga ortishi, Okean suvlari sathining 140 santimetrga ko`tarilishiga olib keladi.

Bugun tabiat - bu insoniyatning boyligi emasligi, balki inson uning tarkibiy bir bo`lagi va uni o`rab turgan tabiiy muhit ekanligi hamda insoniyat rivojlanishi oddiy tabiiy resurslardan foydalanishdangina iborat emasligini barcha anglab etmoqda. Tabiat davlat va ma’muriy chegaralarni tan olmaydi hamda ekologik tanglikni bitta yoki bir necha davlatlarning urinishlari bilan bartaraf etib bo`lmaydi. Bularning barchasi atrof-muhitning holati va unda kechayotgan o`zgarishlar jarayonlari hamda tabiatning global qonunlarini boshqarayotgan asosiy tarkibiy mexanizmlarni tushunib etishni taqozo etadi.

Ma’lumotlarga kо‘ra, Yer sayyorasi vujudga kelganiga tо‘rt yarim milliard yil bо‘lgan. Uning 29 foizdan ortig‘ini quruqlik, qolgan qismini dengiz va okeanlar egallaydi. Ishlov beriladigan maydonlari esa bor-yо‘g‘i 11 foizni tashkil qilishiga qaramasdan, insonlar uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlarining 88 foizini yetishtirib beradi. Shunga qaramay ona zaminimizda kechayotgan ziddiyatli jarayonlar Yer tuzilmasini tobora о‘zgartirib yubormoqda.

Daraxtlar kesilishiga norozilik

Biolog va fermer Jon Julius Sterling Morton AQShning Nebraska shtatiga kelganida yam-yashil daraxtlar qurilish uchun ayovsiz kesilib, katta-katta hududlar dashtga aylana boshlagandi. Morton aholiga murojaat qilib, mintaqani kо‘kalamzorlashtirish taklifi bilan chiqadi. О‘shanda Nebraska shtatida 1 millionga yaqin kо‘chat ekiladi va о‘sha sana "Daraxtlar kuni" deya e’lon qilinadi. Sо‘ng 22 aprelni Jon Morton tug‘ilgan kun sharafiga rasmiy bayram sifatida e’lon qilish kerak, degan taklif beriladi.

Bu tashabbusga nafaqat AQSH, balki boshqa davlatlar fuqarolari ham qо‘shiladi. Yer sayyorasi kuni ilk bor 1970 yil aprelda, AQShda о‘tkaziladi. О‘shanda bayram muvaffaqiyatli о‘tgani va kо‘p mamlakat hamda tashkilotlar qо‘llab-quvvatlagani bois, uni muntazam nishonlashga qaror qilinadi. Taniqli amerikalik siyosatchi va senator Geylord Nelson bir guruh talabalarni tо‘plab bu g‘oyani targ‘ib qila boshlaydi. О‘sha paytda talabalar harakati ommalashgani bois, tashabbus keng yoyiladi.

Siyosiy va ommaviy faollik tufayli 2009 yil BMT Bosh Assambleyasi har yili 22 aprelda Xalqaro ona Yer kunini nishonlash tо‘g‘risida rezolyusiya qabul qildi. Bu tashabbusni 50 dan ortiq mamlakat ilgari surdi va boshqa davlatlar yakdillik bilan qо‘llab-quvvatladi. Har yili 22 aprel kuni turli mamlakatlarda tinchlik qо‘ng‘iroqlari jaranglab, insonlar sayyoramiz yagonaligini his etish, xalqaro tinchlikni saqlash va barchaning yagona uyi hisoblangan Yerni himoya qilishga chorlanadi. о‘rtacha 6-7 million gektar yer qishloq xо‘jaligi ishlovidan chiqib ketmoqda. Sanoat va transport infratuzilmasi sohasidagi qurilishlar, yerosti boyliklarini qazib olish jarayonida hosil bо‘layotgan karyer va tuproq uyumlari jadal sur’atlar bilan qishloq xо‘jaligi ekin yerlarini siqib chiqarib, haydaladigan yerlar suv omborlari ostida qolib ketayapti. Keyingi 50 yil davomida Yer yuzidagi aholi soni salkam 3 barobarga ortganini qayd etish bilan birga, shu davr mobaynida neft mahsulotlari sarfi 7, gaz 15, toshkо‘mir 3,6 marta oshganini, yog‘ochga ehtiyoj 14, elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatlari 21, alyuminiy 15, pо‘lat ishlab chiqarish 4 barobardan ziyod kо‘payganini ta’kidlash joiz. Binobarin, yurtimizda ham tabiatni asrash yо‘lida salmoqli ishlar qilinmoqda. "Tabiatni muhofaza qilish tо‘g‘risida", "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tо‘g‘risida", "Yer osti boyliklari tо‘g‘risida", "Suv va suvdan foydalanish tо‘g‘risida", "О‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish tо‘g‘risida", "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish tо‘g‘risida"gi kabi kо‘plab qonunlar atrof-muhit, tabiat, ekologiya, hayvonot va о‘simlik dunyosini muhofaza qilishga qaratilgan amaliy ishlarda huquqiy asos bо‘lib xizmat qilayotir. Shubhasiz, har qanday davlatning taraqqiyoti, ekologik xavfsizligi, turmush farovonligi tabiiy tizimlarni barqarorlashtirish, atrof-muhit muhofazasini ta’minlash bilan chambarchas bog‘liq. Zotan, musaffo tabiat bebaho ne’matdir.

Tabiatni muhofaza qilish - tabiat va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga, tabiatni inson manfaatlarini koʻzlab ongli ravishda oʻzgartirishga, tabiat boyliklari va umuman tabiatni, uning goʻzalligi, musaffoligini saqlab qolishga va yanada boyitishga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasi. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlari majmuasiga davlatlar, xalqaro tashkilotlar, jamoat, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va maʼmuriy tashkilotlar, har bir odam tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar kiradi.

Hozirgi vaqtda inson yashab, toʻxtovsiz munosabatda boʻlib kelayotgan tabiiy muhit uzoq geologik davrlar (4,5—4,7 mlrd. yil) mobaynida bir qancha omillarning birgalikda taʼsirida, yaʼni Quyosh nuri, Yerning massasi, gravitatsiya kuchi, koʻlami, aylanma harakatlari, tektonik harakatlar, havo va suv qobiqlarining vujudga kelishi va o'ʻzgarishi, ekzogen jarayonlar taʼsiri, organik dunyoning paydo boʻlishi va taraqqiyoti taʼsirida tarkib topgan. Tabiiy muhitning holati oʻzaro taʼsir etib turuvchi koʻp omillarning murakkab majmuida tarkib topgan tabiiy muvozanatga bogʻliq. Chunki bir joyning iqlimi Quyosh nurining tushish burchagiga, yaʼni geografik kenglik, yer yuzasining tuzilishi, shamollar, okeanlarning uzoq yoki yaqinligi, oqimlari va boshqalarga; oʻsimliklar qoplami esa iqlim, yer yuzidagi togʻ jinslari, relyef, tuproqlarga bogʻliq. Bu tabiiy omillarning birontasida oʻzgarish roʻy bersa, tabiiy muvozanat buziladi, bu esa tabiiy muhitda oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Baʼzan, tabiatning biror komponentiga koʻrsatilgan arzimagan taʼsir hech kutilmagan katta oʻzgarishlarga, xususan, xavfli oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin.

Har qanday tirik mavjudot oʻz atrofini oʻrab turgan tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsirda boʻladi, undan oʻziga kerakli narsalarni oladi, shu muhitda moslashadi, muhit tarkibiga, undagi modda va energiyaning aylanma harakatiga maʼlum darajada oʻzgarish kiritadi. Yerning havo qobigʻidagi hozirgi gazlar tarkibi, miqdori, ayrim foydali qazilmalari, mas., ohaktosh, toshkoʻmir, qoʻngʻir koʻmirning hosil boʻlishi, tuproq qoplamining tarkib topishi, rivojlanishi organizmlarning hayot faoliyati natijasidir. Organik dunyoning tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsiri biologik evolyutsiya jarayonida yangi turlarning paydo boʻlishi, raqib turlar sonining koʻpayishi yoki kamayishi va atrof muhitning oʻzgarishi natijasida oʻzgaradi.

Yerda odamnish paydo boʻlishi organik dunyo bilan tabiiy muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabatni tubdan oʻzgartirib yubordi. Inson tabiatga mehnat qurollari vositasida yaylovlardan notoʻgʻri foydalanish oqibatida taʼsir koʻrsatadi. U oʻzining tabiat bilan boʻlgan oʻzaro taʼsiri usullarini takomillashtirib boradi. Natijada inson yashay oladigan hudud kengayadi, foydalaniladigan tabiiy elementlar soni soni va hajmi ortadi, binobarin, insonning tabiatga tazyiqi sifat jiqatidan ham, koʻlam jihatidan gʻam koʻpayadi. Inson oʻzi yashashi va faoliyat koʻrsatishi uchun tabiiy muhitdan tashqari yana sunʼiy muhitni ham bunyod etadi. Mac, shaharlar, turar joy binolari, bogʻlar, suv omborlari, yoʻllar va boshqa Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, fan va texnikaning taraqqiy etishi bilan, tabiiy boyliklarning ahamiyati, ulardan foydalaniladigan sohalar, ularni ishlatish shakllari ham oʻzgarib boradi. Qadimda bir necha xil kimyoviy elementlardan foydalanilgan boʻlsa, hozirgi vaqtda mavjud barcha elementlardan foydalaniladi. Shu bilan birga koʻpchilik foydali qazilmalar tobora koʻproq qazib chiqarilmoqda. Insonning tabiatga taʼsiri kuchayishidan, antropogen landshaftlar koʻpaymokda. Hayvonot va oʻsimlik olamidan rejasiz foydalanish yoki inson faoliyati bilan bogʻliq boshqa sabablar tufayli 16-asrning oxirlaridan 20-asrning 70y.larigacha umurtqali hayvonlarning 250 turi va kichik turlari butkul yoʻqolib ketdi. 80y.lardan boshlab xar yili oʻrtacha 1 ta hayvon turi va 50 ga yaqin oʻsimlik turi yoʻqolib bormoqda. Qush va sut emizuvchilarning 1000 dan ortiq turi yoʻqolib ketish arafasida turibdi. Yil davomida 1 mlrd. t yoqilgʻi yoqiladi, atmosferaga yuzlab mln. t azot oksidi, oltingugurt, uglerod, qurum, chang va boshqa chiqariladi. Tuproq va suvlar sanoat va maishiy chiqindilar (bir necha mlrd. t), neft mahsulotlari (bir necha mln. t), mineral oʻgʻitlar (yuz mln. t ga yaqin), ogʻir metallar, radiaktiv chiqindilar bilan ifloslanadi.

Inson tabiiy sharoit va boyliklardan koʻp maqsadlarda foydalanadi. Bu esa ayni paytda, tabiatni tegishlicha muhofaza qilishni ham taqozo etadi. Bular: xoʻjalik, sogʻliqni saqlash va gigiyena, nafosat (estetik), turizm, ilmiy hamda tarbiyaviy maqsadga muvofiq foydalanish. Maqsadga muvofiq foydalanish deganda, tabiat boyliklaridan mamlakat yoki butun insoniyat manfaati yoʻlida foydalanish tushuniladi. Bunda hozirgi va kelajak avlodning manfaatlarini koʻzlab faoliyat yuritish nazarda tutiladi. Oʻz taraqqiyotini oldindan uzoq muddatga ilmiy asosda rejalashtira oladigan va tabiiy muvozanatni oʻzgartirmasdan foydalana oladigan jamiyatgina taraqqiyotga erishadi.

Tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishdan tabiatda roʻy beradigan jarayonlarning oʻzaro bogʻlikligi va rivojlanishi qonuniyatlari haqidagi bilimlar katta ahamiyatga ega. Busiz tabiiy jarayonlarga baho berish, ularni xisobga olish, tabiatga, tabiat komponentlariga koʻrsatilgan har qanday taʼsirning kelajakda qanday oqibatlarga olib kelishini oldindan bilish mumkin emas. Inson tabiatdan foydalanganda va unga taʼsir koʻrsatayotganda bilishi va faoliyatida amal qilish zarur boʻlgan, asosan, 5 qonuniyat mavjud: 1) tabiatdagi barcha komponent va elementlar oʻzaro bir-birlari bilan bogʻlangan, oʻzaro taʼsir etib, muayyan muvozanatda boʻlib, uygʻunlik hosil qilgan. Biron komponent yoki element oʻzgarsa, butun tabiiy kompleksda oʻzgarish roʻy beradi; 2) tabiatda toʻxtovsiz modda va energiyaning aylanma harakati roʻy berib turadi. Bu xayot asosi; 3) tabiiy jarayonlarning rivojlanishida muayyan davriyliklar mavjud (sutkalik, yillik, 12 yillik, 33— 35 yillik va koʻp yillik); 4) zonallik; 5) regionallik.

Insonning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri jamiyat taraqqiyoti, ishlab chiqarish. usullari mukammallasha borgan sari jadallashadi, tabiatdan, uning boyliklarini, qurilish va ishlab chiqarish. teknikasi, aloqa vositalari yirik shaharlarni oʻzgartirib, yirik vohalar, madaniy landshaftlar yaratishga, hosildor ekin hamda mevalar, mahsuldor chorva mollari yetishtirishga imkon beradi. Lekin baʼzan chuqur oʻrganmasdan inson qudratiga ortiqcha baho berib, tabiatga taʼsir koʻrsatish tabiatni foydalanib boʻlmaydigan holatga, uning buzilishi va ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Bunday manzara insoniyatning butun tarixi mobaynida kuzatiladi. Pekin 19-asrgacha insonning tabiatdan foydalanish koʻlami uncha katta boʻlmagani uchun inson faoliyatining tabiatga taʼsiri ham kamroq boʻlgan.

20-asrning 2yarmida sanoat ishlab chiqarish.ning rivojlanishi, qishloq xoʻjaligi.da turli xil kimyoviy moddalarning koʻp qoʻllanilishi, katta maydonlarda muttasil bir xil ekinlarning yetishtirilishi, transport vositalarining ortiqcha koʻpayib ketishi, shaharlarning yiriklashib ketishi, tabiat muhofazasiga yetarlicha eʼtibor berilmaganligi tabiiy muhitning buzilishiga, ayrim joylarning ifloslanib ketishiga sabab boʻldi. Ayrim konchilik sanoati rnlarida tabiiy muhit juda buzilib ketgan. Katta maydonlarni kon chiqindi jinslari egallagan, chuqur ochiq karyerlar yer osti suvi sathini pasaytirishi natijasida oʻsimlik qoplami qurib bormoqda. Rekultivatsiya ishlariga, xususan rivojlanayotgan mamlakatlarda yetarlicha eʼtibor berilmaydi. Hozirgi vaqtda Tabiatni muhofaza qilishq. muayyan oʻlka yoki mamlakat doirasidan chiqib, umumjahon muammosiga aylanib bormokda. Yerning ozon pardasidagi oʻzgarishlar, dunyoda haroratning koʻtarilib borayotgani, qutbiy va togʻ muzliklarining qisqarib borayotgani ana shunday muammolardan. Ayniqsa, qayta tiklanmaydigan tabiiy boyliklarning kamayib borayotganligi va atrof tabiiy muhitning ifloslanayotgani bir qancha mamlakatlarda, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda Tabiatni muhofaza qilishq. tadbirlarini koʻrishga majbur etdi. Koʻpchilik rivojlangan mamlakatlarda oʻrmonlarni kesish cheklandi, yerdan kadastr asosida foydalaniladigan boʻldi, daryo va koʻllar suvlari tozalanib, baliqlarni koʻpaytirish boshlandi. Ovchilik tartibga solindi, qoʻriqxonalar, muhofaza qilinadigan hududlar koʻpaytirildi.



Biroq 20-asrning oʻrtalaridan boshlab zararli chiqindili ishlab chiqarish. korxonalarining rivojlanayotgan mamlakatlarga koʻchirila boshlangani bu mamlakatlarda atrofmuhitning ifloslanishiga sabab boʻlmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli tabiatni muhofaza qilishga yetarli mablagʻ ajratishga qodir emas. Tabiatni muhofaza qilishq. sohasida xalqaro qatʼiy hamkorlikning yoʻqligi ham tabiiy boyliklardan foydalanishda va Tabiatni muhofaza qilishq.da yetarlicha samara bermayapti. Hozirgi vaqtda Tabiatni muhofaza qilishq.ni taʼminlash masalalari nazariy jihatdan ishlab chiqilgan. Lekin bularni amalga oshirish juda katta mablagʻ sarflashni talab qiladi. Buning ustiga qirgʻin qurollarini ishlab chiqarish., ularni saklash ham tabiiy muhitning ifloslanishiga olib keladi. Shu nuqtai nazardan qirgʻin qurollarni ishlashni taʼqiklash, borlarini yoʻqotish ham tabiat muhofazasida katta ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda 20-asrda, ayniqsa, uning 2yarmida qishloq xoʻjaligi.da monokultura tizimining qoʻllanishi, gerbitsid va pestitsidlarning haddan tashqari koʻp ishlatilishi, mavjud suv zaxiralaridan notoʻgʻri foydalanish oqibatida atrofmuhit holatida katta salbiy oʻzgarishlar roʻy berdi. Orol dengizi deyarli quridi, uning atrofida choʻllashish kuchayib ketdi, yer osti suvlari shoʻrligi darajasi oshdi. Inson salomatligi uchun zarur sharoit buzildi, kamqonlik, gepatit, zotiljam kabi kasalliklar koʻpaydi. Paxta monokulturasi taʼsirida boshqa hududlarda x.am inson hayoti uchun zarur boʻlgan ekologik vaziyat yomonlashdi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, dastlabki kunlardan boshlab, Tabiatni muhofaza qilishq.ga, respublika hududini ekologik tanazzuldan muhofaza qilishga kirishdi. Tabiatni va uning komponentlarini muhofaza qilish toʻgʻrisida bir qancha qonunlar qabul qilindi. Bular "Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida" (1992-yil 9-dekabr), "Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida" (1993-yil 6-may), "Yer osti boyliklari toʻgʻrisida" (1994-yil 23 sent.; 2002-yil 12 dek.da yangi tahrirdagi), "Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida" (1996-yil 27 dek.), "Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida" va "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida" (1997-yil 26 dek.), "Davlat kadastrlari toʻgʻrisida" (2000-yil 15 dek.), "Oʻrmon toʻgʻrisida" (1999-yil 15 aprel), "Chiqindilar toʻgʻrisida" (2000-yil 5 aprel)gi qonunlardir.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50, 54, 55 va 100-moddalarida Tabiatni muhofaza qilishq.ga oid normalar bayon etilgan. Konstitutsiyaning 11bobi 50moddasida "Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga majburdirlar", deb koʻrsatilgan. 55-moddasida "Yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir. Ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir", deyilgan. Mamlakatimizda "Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi" tashkil qilingan (1996-yil 26 aprelda Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat koʻrsatadi). Qoʻmita quyidagi vazifalarni bajaradi: atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash ustidan nazorat qilish; Tabiatni muhofaza qilishq. faoliyatini tarmoklararo kompleks boshqarish; Tabiatni muhofaza qilishq. hamda resurslarni tejash borasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish; atrofmuhitning ekologik holati qulay boʻlishini taʼminlash, ekologik vaziyatni boshqarish. Oʻzbekiston Tabiatni muhofaza qilishq. sogʻasida bir qancha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi va dasturlarda, jumladan, BMTning atrofmuhit boʻyicha dasturi (YUNEP)da ishtirok etadi. YUNEP va ayrim rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikda Biologik xilmaxillikni saklashning milliy strategiyasi va 10 dan ortiq milliy ekologik qonunlar ishlab chikildi. 1993-yil mart oyida Qozogʻistonning Qiziloʻrda shahrida Oʻrta Osiyodagi 5 davlatning Oliy darajadagi uchrashuvida Orol dengizi muammolari boʻyicha Davlatlararo kengash va uning ijroiya qoʻmitasi hamda Orolni qutqarish xalqaro fondi tashkil etildi. Uning vazifasi Orol dengizi, uning sogʻlom ekologik sharoitini tiklash, mazkur regionni toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, hudud sanitariyagigiyena muxitini yaxshilashdir. Oʻzbekistonda 10 dan ortiq oʻrmon xoʻjaligi, 9 ta qoʻriqxona, 2 milliy bogʻ, bir qancha buyurtma qoʻriqxona mavjud. Ularda tabiat yodgorliklari, kamayib ketgan oʻsimlik va hayvonlar qoʻriklanadi, oʻrganiladi va koʻpaytiriladi. Oʻzbekistonda tabiatni muhofaza qilish respublika jamiyati, 12 ta viloyat va Qoraqalpogʻiston jamiyati, Oʻzbekiston geografiya jamiyati, EKOSAN, bir qancha ilmiyommabop va ilmiy jurnallar, radio va televideniye vaqtli matbuot Tabiatni muhofaza qilishq. haqidagi bilimlarni targʻib qilmoqda. Aholi oʻrtasida tabiat, undan oqilona foydalanish va muhofaza qilish haqidagi bilimlarni targʻib qilish, aholining geografik, ekologik madaniyatini koʻtarish Tabiatni muhofaza qilishq.da katta ahamiyatga ega. Tabiatni, uning boyliklarini muhofaza qilish, geografik ekologiya oʻquv kurslari oʻrta maxsus va oliy yurtlarining tabiatshunoslik mutaxassisliklari talabalariga maxsus kurslar sifatida oʻqitilmoqda.
Download 17,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish