3-mavzu: boshlang‘ich maktablarda tabiatshunoslik



Download 285,11 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.03.2022
Hajmi285,11 Kb.
#492739
Bog'liq
3-MARUZA



3-mavzu: BOSHLANG‘ICH MAKTABLARDA TABIATSHUNOSLIK 
FANINING 
MAZMUNI, 
O‘QUV 
DASTURINI 
REJALASHTIRISH 
TAMOYILLARI (2 soat ma’ruza) 
Reja: 
1. Maktab o’quvchilariga tabiiy fan bo’yicha quyiladigan talablar 
2. Tabiiy fan orqali tayanch kompetensiyalarni rivojlantirish
bo‘yicha tavsiyalar 
3. “Tabiiy fan” darsligi bilan ishlash 
Tayanch tushunchalar: tabiatshunoslik, metod, metodologik asoslar, fanlar 
bilan bog‘liqlik, tadqiqod metodlari. 
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: ko‘rgazmali, muammoli, aqliy hujum, 
“Bilaman.Bilishni xohlayman.Bilib oldim.”
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarning mantiqiy tafakkur qila 
olishlari, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o‘z-o‘zini 
anglash salohiyatini shakllantirish ko‘zda tutiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari 
jismonan sog‘lom bo‘lishga, moddiy borliq go‘zalliklarini his eta olishga, go‘zallik 
va nafosatdan zavqlana olishga o‘rgatiladi. Milliy urf- odatlar, ularga rioya etish, bu 
urf-odatlarni ardoqlash zarurligi ulargatushuntiriladi. 1-2-sinflarning “Tabiiy fan”, 
3-4-sinflarning “Tabiatshunoslik” o‘quv fanlari bu sohada keng imkoniyatlarga ega. 
Bu fanlar tevarak atrofdagi tabiat bilan tanishtirish, ularda olam tuzilishi va tabiat 
hodisalari haqida boshlang‘ich tasavvur hosil qilish, ilmiy dunyoqarash kurtaklarini 
shakllantirish, tabiatga muhabbat uyg‘otish va undan oqilona foydalanishni o‘rgatish 
ko‘zda tutiladi. 
Boshlang‘ich ta’lim bosqichidagi tabiat bilan tanishtirishda, bilim berish, 
ko‘nikma va malakalarni shaklantirishda xilma-xil usullardan foydalanish 
o‘quvchilarning bilim olish qobiliyatlarini o‘stirish, ta’limni hayot bilan bog‘lash va 
mehnatga tayyorlashga qaratiladi. Darslarni turli usullarda tashkil etish 
o‘qituvchidan ko‘p mehnat talab qilsa-da, o‘quvchilarni shijoatkorlikka undab, 
fikrlarini vaqtdan unumli foydalangan holda tez, aniq, lo‘nda va ixcham ifodalashga 
zamin yaratadi.
Darslarni ilg‘or ta’lim metodlari va usullarga tayanib tashkil etish orqali 
o‘quvchilarni faollashtirishga, mustaqil fikr yuritishga, yangi tushunchalarni matn 
ichidan topib, mazmunini anglab yetishga harakat qilishga yo‘llash mumkin. Agar 
bola yangilik sari intilmasa, unda qobiliyat, o‘z fikri, nuqtai nazari ham 
shakllanmaydi. Bugungi zamonaviy ta’limda bilim va qobiliyat hal qiluvchi
ahamiyat kasb etadi. 


“Tabiiy fan” darsligi bilan ishlash 
Tabiatga doir bilimlar ta’lim bosqichlaridagi uzviylik va uzluksizlik 
tamoyiliga tayanib davom ettiriladi. Atrof olam bilan tanishtirish bo‘yicha birinchi 
darsda bolalarni darslik bilan, muallifi, titul varag‘ining mazmuni, bezatilishi bilan 
tanishtirish kerak, kitob bilan tanishtirish mundarijasi bo‘yicha bo‘ladi. Bolalarni 
darslik bilan ishlashga o‘rgata borib, o‘qituvchi ularga ishdagi izchillikni 
tushuntirishi kerak: avval rasmlar qarab chiqiladi, so‘ngra matnlar o‘qiladi, shundan 
keyin savollarga javoblar olinadi.
Darslikdagi hamma mavzularni ham o‘qib aytib berish mo‘ljallanmagan, 
ularning ba’zilarini bolalar faqat o‘qib chiqishlari va savollarga javob berishlari 
kerak xolos, ba’zilari bo‘yicha ishning qisman ikkala turi amalga oshiriladi. Olib 
boriladigan ishlar hikoyaning mazmuniga, hikoya tilining qiyinligi yoki 
tushunarligiga bog‘liq. 

Download 285,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish