Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

273
«O‘n besh yoshli kapitan»
Dik Send qattiq tashvishga tushib qoldi. Missis Uel-
donni yashirin saqlayotgan bo‘lsalar kerak, shuning 
uchun Dik ularni ko‘rolmayotir. Ammo Gerris bilan 
Negoro qayerda ekan? Ular, ayniqsa, Negoro butunlay 
o‘z ixtiyorlarida bo‘lgan yosh matros bilan uchrashishni 
kechiktirmasliklari kerak edi-ku. Yo‘q, ular o‘z tanta-
nalaridan huzur qilib Dikni masxara qilish, unga azob 
berish va nihoyat undan o‘ch olish uchun darrov yetib 
kelishlari kerak edi. Nima uchun ular ko‘rinmayapti? 
Nahotki, ular Kazondeda bo‘lmasa? Unday bo‘lsa, demak, 
missis Ueldon ham Kazondeda emas, Markaziy Afrika-
ning boshqa bir joyida bo‘lsa kerak?
Dikka Gerkulesning xatini olib kelganidan beri Dingo 
ham ko‘rinmay ketdi. Demak, Dikning javob xatni Gerku-
lesga yetkazish imkoni ham yo‘q. Dik o‘zining bu javob 
xatida Gerkulesdan missis Ueldonning payidan bo‘lishini 
va uni nazardan qochirmaslikni iltimos qilgan edi.
Dingo bir marta karvon ichiga kirib keldi, endi 
Gerkules uni yana yuborsa bo‘lmasmidi? Yoki vafoli 
it topshiriqni bajarayotganida halok bo‘ldimikan-a? 
Yo bo‘lmasa missis Ueldonni nariroqqa – yaylov tog‘lar 
orasiga olib ketishgan bo‘lib, Gerku les bilan Dingo uning 
izidan ketishdimikan-a?
Bu xayollar o‘smirning miyasini chulg‘ab olgan edi.
Basharti, missis Ueldon ham, uning o‘g‘irlab olib 
qochganlar ham shaharda bo‘lmasa, unda nima qilish 
kerak bo‘ladi?
Dik missis Ueldonni Kazondeda uchrataman deb juda 
ishongan edi, shuning uchun bu shubhalar uni juda 
xafa qilib qo‘ydi.
«Yaxshi ko‘rgan odamlaringga foydang tegmasa, – deb 
o‘yladi u, – yashashdan nima foy da? Bunday rasvo yasha-
gandan ko‘ra o‘lgan ming marta yaxshiroq...»
Ammo Dikning o‘zi to‘g‘risida bunday deb o‘ylashi xato 
edi. Boshidan kechirgan qattiq azob-uqubatlar bolani 
ulg‘aytirib qo‘ygandi. Dik singari azamat kishilardagi 
umidsizlik vaqtinchalik gap edi.


274
Jyul Vern
Keng maydonda birdan qattiq ovozlar va tantanali 
marsh sadolari eshitilib qoldi. Chang bosgan yerda umid-
sizlanib o‘tirgan Dik Send sakrab o‘rnidan turdi. Har bir 
yangi hodisa Dik qidirgan odamlarning iziga tushishi 
uchun yor dam etishi mumkin. Bir daqiqacha davom 
etgan umidsizlik yo‘q bo‘ldi-ketdi, Dik yana kurashga 
tayyor edi.
– Alvets kelyapti, Alvets! – deb qichqirar edi lar maydon-
ga yopirilib, chopib kelayotgan askarlar bilan yerliklar.
Nihoyat, ko‘plab bechoralarning taqdirini o‘z qo‘liga 
olgan kishi paydo bo‘ldi. «Ehtimol, Gerris va Negoro u 
bilan birgadir» deb o‘yladi Dik. O‘n besh yoshli kapitan 
ko‘zlarini katta ochib, burun teshiklarini kerib qaddini 
rostlab kutib turardi. Agar bu ikki xiyonatchi yaqin kelsa
Dik Send ularning ko‘zlariga jasorat bilan tikiladi: «Pili-
grim» kapitani oshpaz Negorodan qo‘rqmayajak!
Katta ko‘chaning boshida eskirib, aynib ketgan ma-
todan qilingan pashshaxonali bir zambil ko‘rindi. Bu 
zambildan bir qari negr chiqib keldi.
Qul savdogari Xoze-Antonio Alvets ana shu edi.
Bir necha xizmatkorlar uning oldiga chopib ke lib 
ta’zim qilishdi. Alvetsning ketidan zambildan Yixe mayori 
(hukmdori)ning o‘g‘li, Alvetsning oshnasi portugaliyalik 
Koimbra chiqdi. Ley tenant Kameronning aytishicha, 
Alvetsning oshnasi butun Afrikada eng yaramas ab-
lahlardan edi. Bu odam lo‘qqi ko‘z, bo‘rtiq, sariq yuzli, 
taralmagan qalin jingalak sochli, baquvvat bir kimsa edi. 
Iflos kiyingan bu odamning basharasi ko‘ngilni aynitadi
-
gan darajada jirkanch edi. Yirtiq-yamoq ko‘ylak, o‘tdan 
to‘qilgan yubka va poxoldan to‘qilgan keng shlyapa kiygan 
bu badbashara odam yalmog‘iz kampirga o‘xshar edi. Ko-
imbra Alvetsning sirdosh oshnasi, tinch yashovchi aholi 
ustiga qilinadigan bosqinlarning tashkilotchisi va Alvets-
ga xizmat qiluvchi bosmachilarga munosib boshliq edi.
Qul savdogarining o‘zi esa qalin oshnasidan biroz 
savlatliroq edi.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish