264
Jyul Vern
Kun kech bo‘lyapti. Karvon katta daraxt tagida dam
olgani to‘xtadi. O‘rmon yoqasini chakalak sin gari qalin
o‘t bosgan.
O‘tgan kechasi bir necha kishi bo‘yinlaridagi qolip-
larini sindirib qochib ketibdi. Ularni ushlab olib, toza
azoblashdi. Xavildorlar bilan askarlar bugun juda qattiq
poyloqchilik qilayotirlar.
Qorong‘i kecha. Har yoqdan asrlonlarning bo‘kirishi,
qashqirlarning uvlashi eshitiladi. Uzoqdan gippopotam-
larning shov-shuvi kelib turibdi.
O‘sha yoqda biron ko‘l yoki daryo bo‘lsa kerak. Qattiq
charchaganimga qaramay, uxlay olmadim. Qalin o‘t ichi
qimirlayotganday tuyuldi. Birorta yirtqich hayvon borga
o‘xshaydi. Qo‘rqmasdan karvonga hujum qilarmikan-a?
Diqqat bilan quloq soldim. Hech narsa eshitilmadi.
Yo‘q-a! Qamishzor orasidan qandaydir bir hayvon kelyap-
ti. Qurolim yo‘q. Shunday bo‘lsa ham olishib ko‘raman!
Hech bo‘lmasa yordamga chaqiraman. Mening hayotim
missis Ueldon bilan o‘rtoqlarim uchun kerak hali!
Qorong‘ilikka tikilib turdim. Bugun oydin kecha emas.
Tun qop-qorong‘i. Ana, papirus o‘simligi orasidan ikkita
cho‘g‘ ko‘rindi – bu qoplon yoki qashqirning ko‘zlari bo‘lsa
kerak. Bu cho‘g‘lar bir yo‘qolib, bir paydo bo‘lib turdi.
O‘tlar shitirlayapti. Hayvon menga hamla qil moqchi!
Baqirmoqchi, shovqin ko‘tarmoqchi bo‘ldim. Xayriyatki,
shunday qilmabman.
Ko‘zlarimga ishongim kelmadi! Dingo ekan! Dingo
yonimda turibdi-ya! Yana Dingo! Qanday qilib topdi ekan
meni? Sezgirligini qarang-a! Yo‘q, bu vafodor do‘stimning
sezgirligini hech nima bi lan tenglashtira olmayman...
Dingo qo‘llarimni yaladi. Voy azamat-ey, yagona hamro-
him sensan! Demak, ular seni o‘ldirolmabdi-da!
Men Dingoni erkalatdim. U suyunganidan akillab
yuboray dedi, men uni tinchitdim. Uning bu yerdaligini
hech kim bilmasligi kerak. Karvon izidan ergashib ke-
laversin. Kim bilsin, ehtimol... Nima uchun Dingo bo‘yinini
265
«O‘n besh yoshli kapitan»
hadeb qo‘limga ishqalayaptikan-a? U go‘yo: «Qaragin!
Qarasangchi!» deyayotganday bo‘ladi. Bo‘ynini siypab
qarasam, bo‘yinbog‘ida bir narsa bor ekan... Bilsam, bu
narsa sirli «S» bilan «V» harflari kesib yozilgan tunuka tax
-
tachaning teshigidan o‘tkazilgan bir bo‘lak qamish ekan...
Avaylab qamishni chiqazib oldim. Uni sindirdim! Ichini
qarasam, xat bor ekan!
Qorong‘i bo‘lganidan xatni o‘qiy olmadim. Demak, tong
otishini kutish kerak. Dingoni olib qolmoqchi bo‘ldim-u,
lekin u yana qamish orasiga kirib ketmoqchi bo‘lib intildi.
O‘z burchini ado qilganini tushunyapti.
Uni qo‘yib yubordim. U hech ovoz chiqarmay, bir sak-
rab o‘t orasiga kirib ketdi. Iti tushkur-ey, ish qilib, arslon
yoki qashqirlarga yo‘liqib qolmasin-da!
Dingo o‘zini yuborgan odam oldiga jo‘nagan bo‘lsa
kerak.
Hamon o‘qib bo‘lmayotgan bu xat ichimni timdalab
turardi.
Uni kim yozgan ekan? Missis Ueldonmi? Yo Gerku-
lesmi?
Bu vafodor Dingo ularni qanday qilib topdi ekan? Biz
uni o‘lgan deb o‘ylovdik-ku!
Bu xatchada nima yozilgan ekan? Qul savdogarlaridan
qochish uchun yo‘1-yo‘riqlarmi yoki qadrdon do‘stlarim-
dan eson-omonlik xabarimikin?
Nimaiki bo‘lsa bo‘lsin, har holda, bu hodisa meni an-
cha quvontirib yubordi. Ehtimol, qayg‘u-hasratlar endi
tamom bo‘lgan bo‘lsa?
Qani endi, tezroq tong ota qolsa!
Astoydil diqqat qilib ufqqa tikilaman. Undagi yangi
ko‘tarilib kelayotgan tong nurlarini izlayman.
Ko‘zlarimga hech uyqu kelmaydi. Yiroqlardan boya-
gidek yirtqich hayvonlarning bo‘kirgani eshitiladi.
Bechora Dingo ularning panjasiga tushmay, qutulib
ketoldimikan-a?
Nihoyat, tong ota boshladi. Tropik mamlakatlarda tong
qorong‘isi bo‘lmasdan, osmon birdaniga yorishib ketadi.
266
Jyul Vern
Yorug‘ tushishi bilan xatni hech kimga ko‘rsatmasdan
o‘qish uchun g‘ujanak bo‘lib yotib oldim.
O‘qib ko‘rmoqchiman...
Endi tong ham yorishdi! Xatni o‘qib chiqdim. Xatni
Gerkules yozgan ekan.
Bir parcha qog‘ozga qalam bilan bir necha satr yozib
yuboripti.
«Missis Ueldon bilan kichkina Jekni kitandada ko‘tarib
ketyaptilar. Gerris bilan Negoro ular bilan birga ketyapti.
Janob Benedikt tog‘a ham ular bi lan birga. Ular karvondan
uch-to‘rt kunlik oldinda ketyaptilar. Ular bilan gaplashish-
ning iloji bo‘lmadi. Men Dingoni topib oldim. Dingoni kimdir
otipti, yaralapti, hozir endi tuzalib qoldi. Bo‘shashmang,
parvo qilmang, Dik. Butun o‘y-xayolim hammangizda,
sizlarga foydam tegar degan umidda qochgan edim.
Gerkules».
Demak, missis Ueldon bilan uning o‘g‘li eson-omon
ekanlar. Ularning bizlar bilan birga bo‘lmaganlari qaytaga
yaxshi bo‘ldi, bo‘lmasa bu azob-uqubatli yo‘l yurishlarga
chiday olmasdilar. Kitanda zambilga o‘xshagan narsa,
uni ikkita uzun xoda orasiga to‘qiladi... Bunday zambilni
ikki kishi yelkasida ko‘tarib yuradi. Zambilga dokadan
pashshaxona ham quradilar.
Shunday qilib, Missis Ueldon bilan Jekni zam bilga
solib olib ketishayotgan ekan. Gerris bilan Negoroga
ularning nima keragi bor ekan? U ifloslar Kazondega keti
-
shayotgan bo‘lsa kerak. Albatta shunday bo‘lishi kerak. U
yoqqa borgach, ularni o‘zim topib olaman! Dingo menga
qanday xushxabar keltirdi-ya! Endi so‘nggi kunlarda
tortgan jabr-jafolarimni esimdan chiqazsam ham bo‘ladi.
11–15-may. Karvon hamon oldinga bormoqda.
Asirlarning holi kun sari yomonlashmoqda... Aksarisi-
ning ketida qon izlari qolmoqda. Hisobimcha, Kazondega-
cha kamida o‘n to‘xtam yo‘l bor. Manzilga yetgunimizcha
yana qancha odamning oyog‘i cho‘zilarkin? Ammo men
267
«O‘n besh yoshli kapitan»
u yoqqa tirik yetib olishim lozim! Yetib olishim shart!
Albatta yetib olaman!
Karvonda shunday sho‘rlik bechoralar borki, ularning
butun badani qonli jarohat bilan qoplangan. Kishanlari
yalang‘och etlarini yeydi. Qanday dahshat-a!
Sho‘rlik bir ona kuni kecha ochlikdan o‘lib qol gan
bolasini qo‘lida ko‘tarib ketyapti. Uning bolasidan hech
ajralgisi kelmaydi.
Bosib o‘tgan yo‘limiz murdalar bilan to‘lmoqda.
Shamol chechagi yana avj olib ketdi.
Bir daraxt yonidan o‘tib ketayotsam, uning tagida
daraxtlarga bog‘langan murdalar uyilib yotibdi. Bular
qandaydir ayb qilganlari uchun ochlikdan o‘lsin deb
daraxtga bog‘lab ketilgan qullar edi.
16–24-may. Darmonim qurayozdi, lekin bo‘sh kelmoq-
chi emasman. Men yetib olishim kerak! Yomg‘ir ham
to‘xtadi. Jazirama oftobda yurish kun sayin og‘irlash-
yapti. Nazoratchilar «ha bo‘l» deb shoshiltirayotirlar, yo‘l
esa tikka balandlikka ko‘tarilib ketyapti.
Kecha o‘tlari baland va qalin o‘sgan yerlardan yurib
bordik, o‘tlarning poyalari yuzimni rosa tirnadi, tikanli
urug‘lari esa yirtiq kiyimdan o‘tib, badanni achityapti.
Xayriyatki, etiklarim pishiq ekan, hali chidash bersa
kerak.
Xavildorlar kasallarni va holdan ketganlarni kar-
vondan tashlab ketyaptilar, chunki oziq-ovqat yetmay
qolish xavfi bor. Agar askarlar bilan hammollarning
hissasidan kamaytirilsa, to‘polon ko‘tarishlari mumkin.
Shuning uchun karvon xo‘jayinlari asirlarning ulushi-
dan kamaytirishadi.
– Bizga nima, batta bo‘lsin, bir-birini yeb qo‘ymaydimi,
– derdi karvonboshi qullar to‘g‘risida.
Turishidan baquvvat ko‘ringan ba’zi qullar birdani ga
yiqilib o‘lib qolyapti. Bu haqda Livingstonning yozganlari
esimga tushdi. «Bu bechoralar, – deb yozgan edi u, –
to‘satdan, yuragim sanchyapti deb qoladilar. Qo‘llari bilan
ko‘kraklarini ushlab, yiqilib o‘lib qoladilar. Menimcha,
268
Jyul Vern
ular yuraklari yorilib o‘layotgan bo‘lsalar kerak! Necha
marta sinab ko‘rishimcha, bu hodisa ilgari ozod yurib,
keyin birdaniga qullikka tushib qolgan kishilarda bo‘ladi,
chunki bunday odamlar bu xil og‘irchiliklarga odatlan-
maganliklaridan toqat qilolmaydilar».
Bugun xavildorlar toyib karvon orqasidan ham sudra-
lib yurolmay qolgan qullardan yigirmatachasini bolta
bilan chopib tashladilar. Ibn Homis qirg‘ingarchilikni
ko‘ra-bila turib, hech nima demadi. Qanday dahshatli
manzara edi u!
Miyasi pachoqlangan Nan kampir eng oldin yiqildi...
Men uning o‘ligiga qoqilib ketdim. Uni o‘z qo‘lim bilan
ko‘molmadim.
«Piligrim» kemasida falokatga yo‘liqqan yo‘lovchilardan
eng birinchi qurbon bo‘ldi u.
Bechora Nan!..
Har kun kechasi Dingoni poylayman. Ammo azamat
it endi kelmay ketdi. Biron baloga yo‘liqdimikan-a? Yoki
Gerkulesning o‘ziga bir balo bo‘ldimikan-a? Yo‘q... aslo.
Bunga hech ishongim kelmaydi. Gerkulesning men-
ga bildiradigan yangi xabari bo‘lmasa kerak. Bundan
tashqari, u juda ehtiyotkor. Bekordan-bekorga Dingoni
xatarga qo‘ymaydi...»
Do'stlaringiz bilan baham: |