Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

258
Jyul Vern
ekan-a? Unga nima bo‘ldi ekan? Kampir u bilan yana 
ko‘risha olarmikan?
Dik Send eng keyinda borar edi. U uzoqqa cho‘zilgan 
karvonning oldida borayotgan Tomni ham, Nan kampirni 
ham, boshqalarni ham ko‘rolmasdi.
Dik yo‘l yurib ketayotib, og‘ir xayollarga tolardi, faqat 
nazoratchi qullarni qamchi bilan urib hayqirgan payt-
lardagina o‘ziga kelardi.
Dik o‘zini o‘ylamas, yo‘l azobi to‘g‘risida ham o‘yla-
masdi. Negoro unga tayyorlab qo‘yganligi ehtimol bo‘lgan 
qiynoqlar to‘g‘risida ham o‘yla masdi. Uning butun 
o‘y-xayoli missis Ueldonni qanday qilib qutqazishda edi.
Dik ko‘zini yerdan uzmasdi. U, missis Ueldon ning bi-
ror izini toparmikanman, deb har bir toptalgan o‘tga va 
har bir singan daraxt shoxchasiga diqqat bilan qarardi.
Dik Kuanzadan Kazondega boradigan boshqa yo‘l 
yo‘qligini bilar edi. Missis Ueldon albatta Kazondega 
yuborilgan bo‘lsa kerak, demak, u xud di shu yo‘ldan 
o‘tgan bo‘lishi kerak. O‘smir undan biror xabar topish 
uchun jonini berishga ham tay yor edi.
Dik Send bilan uning o‘rtoqlari Kazondega ana shu 
yo‘sinda yo‘l bosib borardilar.
Ularning o‘z tashvishi o‘ziga yetarli bo‘lsa ham, o‘zlari 
qattiq azob chekayotgan bo‘lsalar ham atroflaridagi 
sho‘rlik qullarning benihoya qiynalayotganlarini ko‘rib 
titrar va nazoratchilarning rahmsizligidan qattiq g‘azab-
lanar edilar. Ammo ularning qiynalayotgan qullarga yor-
dam berishga ham, nazoratchilarga qarshilik ko‘rsatishga 
ham qurblari yetmas edi.
Kuanza daryosidan sharq tomonga qarab yigir ma 
mildan ortiqroq qalin o‘rmon cho‘zilib ketgan. Qirg‘oqdagi 
o‘rmonlarga qaraganda bu yerlarda daraxtlar siyrakroq: 
ehtimol, yosh daraxtlarni fillar bosib-sindirib yuborgandir 
yoki behisob ko‘p hasharotlar yeb qo‘ygandir.
Ertalab yo‘l yurish unchalik qiyin bo‘lmadi. Har holda 
chakalakzordan ko‘ra, siyrak o‘rmonda yurish osonroq edi. 


259
«O‘n besh yoshli kapitan»
Lekin goho yo‘l juda qalin o‘tlar orasidan o‘tardi. Bu o‘tlar 
ichida karvon butunlay ko‘milib ketardi. Bambuk singari 
baland bo‘yli qamishzor ichidan, yo‘g‘onligi bir dyuym ke-
ladigan qalin o‘tlar orasida adashmasdan yurish uchun 
bu yerlarni kishi juda yaxshi bilgan bo‘lishi kerak edi.
Erta saharda yo‘lga chiqqan karvon hech to‘xtamasdan 
tush paytigacha yo‘l yurdi. Karvon tush paytida bir soat 
dam olgani to‘xtadi. Dam olish vaqtida yuklarini yechib 
xavildorlar qullarga bir hovuch-bir hovuchdan maniok
40
unidan ulashdilar. Agar askarlar yo‘l ustidagi biror 
qishloqni talashga ulgurolmagan bo‘lsalar, bu bemaza 
nonushtaga ikki-uchtadan batat
41
yoki bir bo‘lak go‘sht 
ham qo‘shib berilar edi.
Ammo qisqa tunda dam olib ulgurmagan, issiqda yu-
rib hansirab qolgan qullarning aksarisi taomga butunlay 
qaramasdi. Karvon Kuanza daryosidan jo‘nab ketganidan 
keyin bir hafta o‘tishi bilanoq qullardan yigirmatachasi 
o‘lib qoldi. Ularning jasadlari karvon ketidan poylab 
kelayotgan yirtqich hayvonlar uchun yem bo‘ldi. Arslon 
va qoplonlar odam yeyish maqsadida karvon atrofida 
uymalashib yurardilar. Har kuni kechqurun kun botishi 
bilan ular karvonning yaqiniga kelib, shunday qattiq 
bo‘kirar edilarki, hoziroq odamlarga hamla qilib qoladi, 
deb kutish mumkin edi.
Yirtqich hayvonlarning bo‘kirishi kechasi ayniqsa 
qo‘rqinchli bo‘ladi. Bunday bo‘kirish ovozlarini eshitgan 
Dik Send bu o‘rmonlarda Gerkules qanday xavf-xatarlar-
ga duch kelishini o‘ylab, juda tashvish tortardi. Shunga 
qaramasdan, agar qochish imkoniyati bo‘lsa, Dik hecham 
o‘ylab-netib turmasdan qochib ketgan bo‘lardi.
40
 
Maniok – tropik o‘simlik bo‘lib, zaharli oq sut chiqaradigan 
o‘simliklar oilasidan. Ildizini qaynatib yoki qovurib yeyiladi. Xom 
ildizi zaharli bo‘ladi. Maniokning quritilgan ildizidan un tortiladi. 
Bu ekvatorial Afrikada asosiy oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. 
41
Batat – shirin kartoshka, ko‘p yillik o‘simlik, tanasi yer 
betida yoyilib o‘sadi. Ildiz mevasini pishirib yeyiladi. Butun tropik 
Afrikada ko‘p tarqalgan asosiy o‘simlik.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish