251
«O‘n besh yoshli kapitan»
lariga bu dahshatli manzara sira ta’sir qilmasdi, por-
tugaliyalik nazoratchilar bo‘lsa,
Kameron aytgandek,
arablardan ham beshbattar rahmsizroq edilar
39
.
Yo‘lda ham, to‘xtalgan manzilda ham asirlar ustidan
qattiq nazorat qilinardi. Dik Send bunday sharoitda
qochishni xayolga ham keltirib bo‘lmasligini tushunar
edi. U missis Ueldondan juda xavotirda edi.
Hech qanday
shubha bo‘lishi mumkin emas: yosh ayol bilan uning
o‘g‘lini o‘g‘irlashda Negoro, albatta ishtirok qilgan. «Pi-
ligrim»da falokatga uchraganlarni bir-biridan ajratishda
portugaliyalikning nima maqsadi borligini Dik Send
hamon bilmas edi. Ammo Negoro har qanday jinoyat
qilishdan tortinmaydigan odam edi; missis Ueldonning
qanday qo‘rqinchli xatarlar ichida qolganini o‘ylaganida
o‘smirning yuragi orqasiga tortib ketar edi.
«O‘sha mahalda bu ikki mal’unni ham otib tashlama-
ganimga hayronman!» deb o‘yladi Dik.
O‘smirning miyasiga hadeb qo‘rqinchli fikrlar kela-
verar edi. Missis Ueldon bilan
kichkina Jek hech qanday
himoyachisiz qoldilar. Benedikt tog‘a esa ular uchun
homiy bo‘la olmaydi. U o‘zini-o‘zi eplay olsa ham katta
gap. Uchovini ham allaqachon Angolaning birorta uzoq
joyiga jo‘natgan bo‘lsalar kerak. Lekin kasal bolani yo‘lda
kim ko‘tarib boradi?
«Onasi ko‘taradi-da, onasi! – dedi Dik o‘z-o‘ziga. – Ona
bechora, Jekni qo‘liga olib, o‘zi holdan toyib yiqilib qol-
39
Kameron o‘zining «Olam ichida»
degan kitobida quyidagilar-
ni aytadi: «Alvets talab etgan ellikta ayolni tutib keltirish uchun
o‘nta qishloq batamom yo‘q qilindi... Bu o‘nta qishloqning har
birida bir yuzdan tortib ikki yuzgacha odam, ya’ni hamma-
si bo‘lib bir yarim minggacha odam bo‘lgan ekan!
Juda ozgina
odam qochib qutulibdi... Portugaliya bayrog‘i ostida yashirinuv-
chi va o‘zlarini Portugaliya fuqarosi deb hisoblovchi odamlarning
qanday dahshatli jinoyatlar qilayotganini Lissabon hukumati,
albatta bilsa kerak».
Jyul Vern izohi:
Kameronning bu aytganlari Portugaliyada katta
noroziliklar tug‘dirdi.
252
Jyul Vern
guncha uni ko‘tarib boradi... Sho‘rlik
qul ayollar qanday
azoblar ko‘rsa, u ham shularni ko‘radi. U ham o‘sha qul
ayollar singari, yo‘lda o‘lib ketadi... Qani endi, men bu
jallodlar bi lan yuzma-yuz kelolsam!»
Ammo Dikning o‘zi asir edi. Uning o‘zi ham xavildorlar
Afrikaning ichkari tomoniga haydab ketayotgan qullar
podasining boshida borar edi.
Bechora missis Ueldonga
faqat Gerkulesgina yor dam berishi mumkin.
Dik Sendning ham butun bor-yo‘q umidi o‘shanda
edi. Dik, Gerkules ozodlikda, u o‘z sheriklarini va missis
Ueldonni qutqarish uchun hamma chorani ko‘rsa kerak,
deb o‘ylar edi. Gerkules asirlarning ketidan kelayotgan
bo‘lsa kerak va yaqinda missis Ueldonga yordam berishi
haqida unga xabar berish yo‘lini ham o‘ylab qo‘ygan bo‘lsa
kerak, Gerkules avval uni, ya’ni Dik Sendni qutqazib
olib, keyin ikkovimiz bir bo‘lib
missis Ueldonni qutqazib
olamiz, deb o‘ylagan bo‘lsa ham ehtimol!
Dik tunda Gerkulesning qullar lageriga kirib ke-
layotganini ko‘z oldiga keltira boshladi. U qorovullarni
chalg‘itib va boshqa qullar singari qop-qora bo‘lganidan
foydalanib, asta borib ularga aralashib ketadi. U Dikning
oldiga emaklab keladi, uni bo‘shatib, o‘zi
bilan birga
o‘rmonga ergashtirib ketadi...Ana endi ular ikkovi ham
ozod!.. Eh, o‘shanda ular missis Ueldonni qutqazish
uchun ni ma choralar ko‘rishmaydi deysiz!..
Yomon ahvolga tushib qolgan o‘smirimiz ana shunday
umidlarni qilar edi. U sira ham umidsizlanmasdi, uning
g‘ayratga to‘lgan tabiati qattiq
kurashmasdan turib taslim
bo‘lgisi kelmasdi. Kurashni boshlab yuborish uchun Dik
Send har qanday imkoniyatdan foydalanishga tayyor edi.
Dastavval qullar karvonining qayerga ketayotganini
bilib olish kerak edi. Agar karvon Angolaning savdo
punktlariga borayotgan bo‘lsa, unda bir necha kunlik
yo‘l yurish qoladi. Basharti, karvon Markaziy Afrikaning
ichkarigi viloyatlariga ketayotgan bo‘lsa, hali yuzlab mil
yo‘l yurish kerak edi. Eng katta qul bozori Katta ko‘llar