247
«O‘n besh yoshli kapitan»
bir anjir daraxti o‘sib yotardi. Uning har tomonga tarva-
qaylagan shoxlari tagiga bemalol besh yuz kishi sig‘ar
edi. Afrikadagi bunday katta daraxtlarni o‘z ko‘zi bilan
ko‘rmagan kishi ularning qanday katta ekanligini ko‘z
oldiga keltirolmaydi.
Anjir daraxti soyasiga katta bir qullar karvoni kelib
joylashgandi, Gerrisning
Negoroga aytgan karvoni shu
edi. Alvets degan qulfurushning agenti bu qullarni
markaziy qullar bozori bo‘lgan Kazondega haydab
olib kelmoqda edi. U yerdan bu bechoralarni g‘arbiy
qirg‘oqdagi baraklarga yoki Katta ko‘llar o‘lkasidagi
Nyangvega yuborar edi lar. Nyangveda yangi karvonlar
tuzilib, ular shimolga, ya’ni Misrga yoki sharqqa – Zan-
zibarga yuborilardi.
Lagerda Dik Sendning yo‘ldoshlariga boshqa qullar-
ga o‘xshash muomala qilindi.
Nan kampir, Tom, uning
o‘g‘li Bat, Ostin va Akteonlarni juft-juft qilib, har bir
juftga uzunligi olti fut keladigan alohida ayri yog‘och
kiygizdilar. Bo‘yinni mahkam qisib turadigan ayrining
ikki uchiga temir band kiygizib mahkamladilar. Bo‘yin-
lari qattiq siqilgan qullar hech qayoqqa qaray olmas-
dan, ketma-ket yurishga majbur edilar. Bu yog‘ochdan
tashqari bechoralarning juft-juft qilib oyoqlariga kishan
solib, uni qullarning bellariga bog‘lab qo‘yar edilar. Qul-
lar bo‘sh qolgan ikki qo‘li bilan og‘ir yuk ko‘tarardi, ikki
oyog‘i bilan yurardi, lekin hech qayoqqa qocholmaydi...
Ana shunday
holda ular jazirama oftobda, xavildor deb
ataladigan johil nazoratchining qamchisi ostida yuzlab
mil yo‘l yurishlari kerak edi.
Hozirgina bo‘lib o‘tgan jangda charchagan Dik va uning
sheriklari ortiq qarshilik ko‘rsatmadilar. Nega Gerkules
bilan qochib ketishmadi ekan? Ammo qochib ketgan
pahlavonni bu yovuz mamlakatda nimalar kutadi? Bu
dahshatli mamlakatda uni ochlik, yirtqich hayvonlar va
yovvoyi
yerliklar kutadi, xolos. Ehtimol, tez orada u ham
sheriklari bilan qullikka tushmaganiga koyinsa ajab emas.
248
Jyul Vern
Karvon xo‘jayinlaridan ularning hech qanday rahm-
shafqat kutishlari mumkin emas edi. Arablar bilan
portugaliyaliklardan iborat bo‘lgan karvon xo‘jayinlari
o‘zaro allaqanday tushunib bo‘lmaydigan tilda gapiri-
shar, qullar bilan esa urish-so‘kish va baqirish yo‘li bilan
«gapirishar» edilar.
Dik Send oq tanli bo‘lgani uchun quldorlar un ga qullar
singari muomala qilishga botinolmadilar. Shuning uchun
uni qurolsizlantirsalar-da, kishan kiygizmadilar.
Buning
o‘rniga uning yoniga maxsus bir nazoratchini tayinlab
qo‘yishdi, bu odam Dikdan sira ko‘z uzmas edi.
Dik Send Negoro yoki Gerris ko‘rinib qolmasmikan,
deb u yoq bu yoqni qaradi, lekin ular ko‘rinmadi. Shun-
day bo‘lsam ham Dik yerliklarning ortyadga hujum
etishlarida bu ifloslarning ishtiroki borligiga hech bir
shubhalanmas edi.
Dikning miyasiga missis Ueldon,
Jek va Benedikt
tog‘ani xuddi o‘sha Gerris bilan Negoroning buyrug‘i bilan
boshqa qullardan ajratib qo‘yishgan bo‘lsa kerak, degan
fikr keldi. Ularning lagerda yo‘qligini bilganidan keyin,
ular o‘z o‘ljalari bilan birga bo‘lsa kerak, deb o‘yladi.
Missis Ueldonni qayoqqa olib ketishdiykin? Uni nima
qilmoqchi ekan? Bu tashvishlar Dikka sira tinchlik ber-
madi va hatto o‘z boshiga tushgan falokatlarni xayolidan
chiqazib yuborishga majbur edi.
Katta anjir daraxti tagida dam olgani joylashgan kar-
vonda eng kamida sakkiz yuz kishi bor edi. Bulardan
besh yuztachasi erkak, ayol qullar, ikki yuztacha yerlik
askarlar, yuztacha hammollar, nazoratchi xavildorlar va
quldorning agentlari edi.
Nazoratchilar arablar yoki portugaliyaliklardan edi.
Ularning qullarga qilgan rahmsiz muomalalarini ko‘z oldi-
ga keltirish ham qiyin. Ular bechora qullarni har qanday
arzimagan
sabablar bilan ham, hech qanday sababsiz
ham o‘lguncha urar edilar. Kasallarini hamda qiynoqqa
chidamaydigan qul larni esa pichoq sanchib yoki otib