Mehnat bozori va bandlik muammolari
Reja:
Aholining ish bilan to’la bandligining zaruriyati
Mehnat bozorining shakllanishi
Aholini ish bilan ta’minlashni tartibga solish
Aholining ish bilan to’la bandligining zaruriyati
Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov ta’kidlab o’tilganidek «Xech kimga sir emas, bugungi jiddiy muammolarimizdan biri - joylardagi, avvalambor, yoshlar o’rtasidagi ishsizlikdir. Bu bir oy yoki bir yilda hal bo’ladigan emas, albatta. Bu muammoni ildizi chuqur va bunga olib keladigan sabablar ko’p. Bunday murakkab masalani echish uchun u bilan uzviy bog’liq bo’gan boshqa echish muammolarini ham xal etishga to’g’ri keladi»_.
Respublika aholisining ijtimoiy himoyalashda mehnat bozori va bandlik imkoniyatlarini anqlaganda aholi soni va uni tarkibi ahamiyatlidir. 2006 yilning 1 oktyabrida O’zbekiston Respublikasi doimiy aholisining soni 26 561,9 ming kishini tashkil etdi, mazkur yilning 9 oyi davomida u 248,5 ming kishi yoki 0,9% ga ortdi (o’tgan yilning III choragi bilan taqqoslanganda, mutanosib tarzda, 321, ming kishi va 1,2% ga). 2006 yilda aholining o’sishi bir qadar tezlashdi. Masalan, 2005 yilning 9 oyi davomida aholining o’sib borishi 218,2 ming kishi va 0,8% ni tashkil etdi. Bunday dinamika aholining tabiiy harakatlanishi va migratsion jarayonlarning yangi tendentsiyalari bilan izohlanadi.
Aholining umumiy o’sib borishidan 56,8 ming kishi (22,9%) shaharlarga va 191,7 ming kishi (77,1%) -qishloq joylariga to’g’ri keladi, ya’ni asosiy o’sib borish qishloqlarda ro’y berayotir. Biroq 2006 yilda shahar aholisi o’tgan davrlardagiga nisbatan tezroq o’sa boshladi. Shahar aholisining o’sib borishi joriy yilning 9 oyi davomida, o’tgan yilning ayni davridagiga nisbatan 8,8 ming kishiga ko’proq bo’ldi. Mazkur ijobiy vaziyat rivojlanishda davom etgan taqdirda, bir necha yillardan buyon davom etayotgan shahar aholisi ulushining kamayishi to’xtashi kerak.
Bir qator hududlarda aholining soni yanada tezroq sur’atlarda o’sdi. Respublika bo’yicha aholi o’sishi o’rtacha 0,9% bo’lgan bir sharoitda, Qashqadaryo viloyatida aholi o’sib borishi 1,4% ni, Surxondaryo viloyatida - 1,3% ni, Namangan i Xorazm viloyatlarida - 1,1% ni tashkil etdi. Mutlaq ifodada aholi sonining eng ko’p o’sishi Farg’ona vodiysi hududlarida, shuningdek, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida kuzatildi. Xuddi o’tgan davrlardagidek, Toshkent shahri eng past demografik o’sish bilan ajralib turibdi (2006 yilning 9 oyi davomida 7,3 ming kishiga), biroq bu borada ham vaziyat bir qadar o’zgarayotir, poytaxt aholisining miqdori tezroq o’sa boshlamoqda. 2005 yilning ayni davrida u atiga 1,0 ming kishiga, butun 2005 yil davomida esa - 4,1 ming
9 I. A. Karimov. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar ijtimoiy qatlami O’zbekiston siyosiy maydonida o’z o’rinlarini egallash lozim. Xalq so’zi 2003 yil 8 oktyabr.
kishiga o’sdiki, bu 2006 yilning uch choragidagiga nisbatan 1,8 martaga kamdir. Bu o’zgarishlarni ijobiy deb baholash mumkin, zero Toshkent shahri urbanizatsion jarayonlarning dinamikasida muhim rol o’ynaydi, bu esa, o’z navbatida, respublikaning kelgusidagi ijtimoiy-iqtisodiy va demografik taraqqiyoti uchun juda muhim.
Respublika aholisi o’sishining asosiy omili tug’ilish hisoblanadi. Bu jihatdan 2006 yilda jiddiy o’zgarishlar ro’y bermadi, yangi tug’ilganlarning miqdori barqarorlashdi (2006 yilning 9 oyi davomida 409,8 ming va o’tgan yilning ayni davrida - 409,6 ming yangi tug’ilganlar). Shunga qaramasdan, 281 kishi ko’p tug’ilganligi emas, respublikaning shaharlari va qishloq joylarida yuz berayotgan tug’ilishning barqaror tarzda qisqarish tendentsiyasining to’xtaganligi muhimroqdir. Yangi tug’ilganlarning uchdan ikki qismdan ko’prog’i (69,3%) qishloq joylariga to’g’ri keladi, biroq ushbu ko’rsatkichlarda ham shaharlar tomonga muayyan siljishlar ro’y berayotir: shaharlarda tug’ilganlarning ulushi o’tgan yilning ayni davri bilan taqqoslaganda 30,7 dan 31,0% ga ko’tarildi.
2006 yilning 9 oyi davomida vafot etganlarning soni 105,0 ming kishini tashkil qildi: ushbu ko’rsatkich ham barqarorlashib, o’tgan yil bilan taqqoslaganda bor-yo’g’i 35 kishiga o’sdiki, bu yil natijalari bo’yicha aholi o’limi miqdorining umumiy koeffitsentida kichik kamayishni kutishga asos beradi. Ayni paytda shaharlarda mazkur miqdor birmuncha kamaydi (588 kishiga), qishloq joylarida esa o’sdi (623 kishiga). Tug’ilganlar va vafot etganlarning nisbati respublika aholisining barqaror tabiiy o’sib borishini ta’min etdi - 304,9 ming kishi (o’tgan yilning ayni davrida 304,6 ming kishi).
2006 yilda respublika oldingidek tashqi migratsiyaning salbiy saldosiga egaligicha qoldi. Biroq aholining respublika tashqarisiga migratsion oqimining mutlaq ko’rsatkichi (2005 yilning ayni davri bilan taqqoslaganda) 29,4 ming kishi yoki bir yarim marotabaga qisqardi. Migratsiya salbiy saldosining mutlaq ko’rsatkichi uzoq vaqtdan buyon (1996 yildan) va to’xtovsiz o’sib borgan bir paytda, 2006 yildagi bunday o’zgarishlar muhim ahamiyat kasb etadi, zero buning hisobiga malakali ishchi kuchiningchiqib ketishi kamayadi.
Shunday qilib, aholining tabiiy harakatlanishi va migratsiyasidagi qayd qilingan o’zgarishlar shundan darak beradiki, 2006 yilda respublikadagi demografik vaziyatning ma’lum darajada yaxshilanishi yuz berayotir.
Bozor islohotlarining chuqurlashuvi va tarkibiy o’zgarishlar sharoitida iqtisodiyotni modernizatsiya qilish aholi bandligini ta’minlashga bevosita ta’sir ko’rsatmoqda. Joriy yilning 9 oyi davomida iqtisodiyotda band bo’lganlarning miqdori 2005 yilning ayni davri bilan taqqoslaganda 258,7 ming kishi yoki 2,6% ga ko’paydi. Respublikada bandlikning taraqqiy etishidagi o’ziga xos jihat moddiy ishlab chiqarish sohalari bilan taqqoslaganda (102,1%) noishlab chiqarish tarmoqlari xodimlari miqdori ildam o’sishining barqaror tendentsiyasi bo’ldi (103,5%). Mazkur davr mobaynida faoliyat ko’rsatishning ushbu sohasida band bo’lganlarning miqdori 117,4 ming kishiga o’sdi, ya’ni iktisodiyotdagi bandlik o’sib borishining 45,4%i uning hisobidan ta’min etildi. Natijada, ushbu sohalarda band bo’lganlarning solishtirma og’irligi 32,8% dan 33,1% gacha o’sdi, moddiy ishlab chiqarishda esa, mutanosib tarzda, 67,2% dan 66,9% gacha kamaydi.
Iqtisodiyotning real sektorlari orasida savdo, umumiy ovqatlanish, ta’minot va tayyorlovdagi bandlik eng yuqori sur’atlar bilan - 6,9% ga o’sdi, mutlaq o’sib borish esa 62,87 ming kishini tashkil etdi. Sanoatda band bo’lganlarning soni barqaror o’smoqda. U 3,6% ga yoki 48,1 ming kishiga ortdiki, bu moddiy ishlab chiqarishda band bo’lganlarning jami o’sib borishida 34,0% ni tashkil etadi. Natijada ushbu soha ishchilarining ulushi taqqos qilinayotgan davr mobaynida 13,2% dan 13,4% gacha yuksaldi (1-chizma). O’sishning anchayin yuksak sur’atlariga, shuningdek qurilish, transport va aloqada (mutanosib tarzda, 103,5 va 103,1%%) erishildi. Bu, ma’lum darajada, respublika iqtisodiyotining industrializatsiyalashuvi bilan bog’liq.
Shirkatlar (qishloq xo’jalik kooperativlari)ning aniq maqsadni ko’zda tutgan holda fermer xo’jaliklariga aylantirilishi natijasida qishloq xo’jalik ishlab chiqarishidan ortiqcha mehnat kuchlarini ozod qilish jarayoni davom etmoqda. Joriy yilning 9 oyi davomida respublikadagi fermer xo’jaliklarida 77,2 ming ishchi o’rinlari tashkil etilgan. Agrar sohadagi bandlik darajasi 2006 yilning 9 oyi davomida 28,9 % dan 28,1% gacha yoki jami bo’lib 1,8 ming kishiga pasaydi.
Noishlab chiqarish sohasida uy-joy kommunal xo’jaligi va aholiga maishiy xizmat ko’rsatishning noishlab chiqarish turlari (105,1%) hamda davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari apparatlarida (105,6%) band bo’lganlarning soni eng yuqori sur’atlar bilan o’smoqda. Mutanosib tarzda, iqtisodiyotda band bo’lganlarning umumiy miqdorida ularning ulushi o’sdi. Sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy ta’minot sohalari ishchilarining miqdori 4,6% ga yoki 33,6 ming kishiga ortdi. Maorif, madaniyat, san’at, fan va ilmiy xizmat ko’rsatishda band bo’lganlar mikdoriningo’sishi anchagina baland (104,0%) bo’ldi.
Iqtisodiyotning noishlab chiqarish tarmoqlarida band bo’lganlar sonining dinamikasi va ularning tarmoqlar bo’yicha joylashtirilishidagi o’zgarishlar iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar va xizmat ko’rsatish va servis sohalari bo’yicha mazkur yilda qabul qilingan dasturini amalga oshirishning natijalari hisoblanadi.
Joriy yilning to’qqiz oyi davomida 433,5 ming ish o’rinlari yaratildiki, bu bandlikning hududiy dasturlarida nazarda tutilgan taxmin qilingan parametrlardan 16,2%ga ortiqdir. Ushbu davr mobaynida aholi bandligi ustivor ravishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish natijasida ta’min etildiki, bu erda yangi ish o’rinlarining umumiy miqdoridan 60,9%i shakllantirilgan.
1 -chizma. Bandlikning tarmoqlar bo’yicha tarkibi1
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi.
Kasanachilik sohasida ishchi o’rinlarini tashkil etish hisobidan bandlik o’smokda. Masalan, o’tgan yilning to’qqiz oyi davomida 64,7 ming yangi ish o’rinlari (yangi tashkil etilganlarning umumiy mikdoridan 12,7%) yaratilgan bo’lsa, mazkur yilning ayni davrida 114,6 ming ish o’rinlari (26,2%) yaratildi.
Bu qadar jiddiy o’sish nafaqat kasanachilikning an’anaviy shakllarini rivojlantirish natijasida, balki yirik sanoat korxonalari va xizmat ko’rsatish o’rtasidagi kooperatsiya asosida uyda yangi ish o’rinlarini yaratish hisobidan ham ta’min etildi. Tahlil qilinayotgan davr mobaynida respublikada 40,6 ming ishchi o’rinlari yaratildiki, bu ularning kasanachilik sohasidagi umumiy miqdoridan 35,4% ni tashkil etadi. Kasanichilikning respublika uchun noan’anaviy bo’lgan ushbu turi mazkur yilda qabul qilingan respublika maqsadli dasturini amalga oshirish natijasida rivoj topdi. Yangi ob’ektlarni ishga tushirish, amaldagi ishlab chiqarishlarni rekonstruktsiya qilish va kengaytirish hisobidan tashkil etilgan ish o’rinlarining ulushi xuddi o’tgan davrdagi kabi 13-14%% darajasini tashkil etdi. Yuqorida qayd etilganidek, yangi ish o’rinlarining katta qismi mehnatni sarflashning nodavlat tarmog’ida tuzilyapti, buning natijasida uning bandlikdagi ulushi 77,5% gacha ko’tarildi (o’tgan yildagi davrda 77,3%).
2006 yilning 9 oyi davomida respublika mehnat birjalarida ishga joylashishga ehtiyojmand bo’lgan 301,5 ming kishi ro’yxatga olinganki, bu o’tgan yilning ayni davridagiga nisbatan 21,1 ming kishiga kamdir (31jadval). Mazkur miqdorning pasayishi keyingi yillarda joriy mehnat bozorining shakllanishidagi o’ziga xoslik bilan izohlanadigan barqaror tendentsiyaga aylanyapti. Ro’yxatga olingan fuqarolarning eng ko’p miqdori Farg’ona (umumiy miqdordan 14,2%), Samarqand (13,1%) va Namangan (11,3%) viloyatlariga to’g’ri keladi. Mehnat birjalarida asosan qishloq aholisi ro’yxatdan o’tadi va ularning ulushi yildan-yilga ko’paymoqda. 2006 yilning III choragi yakunlariga ko’ra ular 2005 yilning ayni davridagi 72,6%ga qarshi 76,8%ni tashkil qildi. Respublikaning ayrim hududlarida ishga joylashishga ehtiyojmand bo’lgan qishloqning ulushi respublikadagi o’rtacha ko’rsatkichlardan anchagina ortiqdir: Surxondaryo viloyatida u - 93,8% ni, Buxoro viloyatida - 89,0% ni, Qashqadaryo viloyatida - 86,5%ni tashkil etadi.
31-jadval. Joriy mehnat bozorining asosiy ko’rsatkichlari2
Yil
|
Ish qidirayotganlar sifatida ro’yxatga olinganlar, ming kishi
|
Ish bilan ta’minlanganlar, ming kishi
|
Ish bilan
ta’minlanganlarlarni ng ro’yxatga olinganlar sonidagi ulushi, %
|
Hisobot davri oxirida ishsizlar soni, ming kishi
|
|
2005 y.
|
410,3
|
325,1
|
79,2
|
27,7
|
|
I ch. 2005Y
|
106,2
|
80,5
|
75,8
|
37,0
|
|
1-I ch. 2005Y.
|
220,5
|
171,7
|
78,0
|
38,1
|
|
I ch. 2006Y
|
100,2
|
79,8
|
79,6
|
29,5
|
|
1-I Ch.2006Y
|
204,5
|
165,0
|
80,7
|
29,3
|
|
1-Shch. 2006Y.
|
301,5
|
246,9
|
81,9
|
30,6
|
|
|
Manba: Mehnat birjalarining ma’lumotlari asosida hisoblangan.
|
|
|
2006 yil davomida joriy mehnat bozorida hisobot yuritilgan barcha yillar davomida mehnat birjalariga murojaat qilgan fuqarolarni ishga joylashtirishning eng yuksak darajasiga erishilgan. 2006 yilning 1 oktyabrida u o’tgan yilning ayni sanasidagi 78,3% ga qarshi 81,9% ni tashkil etdi. Iqtisodiyot tarmoqlarining ishchi kuchiga bo’lgan talabi o’sishi bilan izohlanadigan ushbu ko’rsatkichning ijobiy o’zgarishlari joriy mehnat bozorining yanada muvozanatlashuvi uchun va mehnat birjalari vositasida ish izlayotgan fuqarolar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda qishloq joylarida ish bilan ta’minlashning darajasi shaharlardagiga nisbatan sezilarli darajada baland bo’ldi - mutanosib tarzda, 83,2 va 77,5%% (32-jadval). Shu bilan bir paytning o’zida respublika poytaxtida mazkur ko’rsatkich eng yuksakdir - 84,5%, bu mehnat sarfining eng rivojlangan sohalari va ishchi kuchiga talabning o’sishi bilan izohlanadi.
32- jadval.
Shahar va qishloq aholisining ish bilan bandlik darajasi*
Yil
|
Ish qidirayotganlar sifatida ro’yxatga olinganlar, ming kishi
|
Ish bilan ta’minlanganlar, ming kishi
|
Ish bilan ta’minlanganlik darajasi,
%da
|
|
|
qishloq
|
shahar
|
qishloq
|
shahar
|
qishloq
|
|
2005
|
105,6
|
304,7
|
80,9
|
244,2
|
76,6
|
80,1
|
|
I ch. 2005
|
26,1
|
80,1
|
19,3
|
61,2
|
73,9
|
76,4
|
|
1-I 4.2005
|
55,4
|
165,1
|
38,8
|
133,1
|
70,0
|
80,0
|
|
I ch. 2006
|
25,0
|
75,2
|
18,9
|
60,9
|
75,6
|
81,0
|
|
1-I ch. 2006
|
52,4
|
152,1
|
33,1
|
131,9
|
63,2
|
86,7
|
|
1-Shch. 2006
|
70,2
|
231,3
|
54,4
|
192,5
|
77,5
|
83,2
|
|
|
|
Manba: Mehnat birjalarining ma’lumotlari asosida hisoblangan.
|
|
2006 yilning 1 oktyabrida respublikada o’tgan yilning ayni davridagi 34,2 mingga qarshi 30,6 ming ishsizlar hisobga olingan. Shuni inobatga olgan holda, O’zbekistonda ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi miqdoridan 0,3% ni tashkil qiladi.
Shu bilan bir paytning o’zida, Mehnat va aholini ijtimoiy himoyalash vazirligining Xalqaro mehnat tashkiloti metodologiyasi bo’yicha amalga oshirilgan hisob-kitoblariga ko’ra, respublikadagi ishsizlikning real darajasi 3,0% atrofidadir. Rasmiy maqomga ega bo’lgan ishsizlarning umumiy miqdoridagi eng katta ulush quyi Amudaryo hududlariga to’g’ri keladi. Ishsizlarning umumiy miqdoridan 15,5% Qoraqalpog’iston Respublikasiga, 12,9% Xorazm viloyatiga to’g’ri keladi. Nisbatan katta miqdor, shuningdek, Qashqadaryo (11,1%) va Namangan (10,1%) viloyatlariga to’g’ri keladi. (32-jadval)
33-jadval.
O’zbekiston Respublikasi aholisi sonining dinamikasi (davr boshida,
ming kishi.)3
Iil
|
Jami aholi
|
Shahar aholisi
|
Qishloq aholisi
|
|
Miqdor
|
Usib borish, %
|
Miqdor
|
Usib borish, %
|
Miqdor
|
O’sib borish, %
|
2000Y.
|
24487,7
|
1,5
|
9165,5
|
0,9
|
15322,2
|
1,8
|
2001 y.
|
24813,1
|
1,3
|
9225,3
|
0,7
|
15587,8
|
1,7
|
2002Y.
|
25115,8
|
1,2
|
9286,9
|
0,7
|
15828,9
|
1,5
|
2003Y.
|
25427,9
|
1,2
|
9340,7
|
0,6
|
16087,2
|
1,6
|
2004Y.
|
25707,4
|
1,1
|
9381,3
|
0,4
|
16326,1
|
1,5
|
2005Y.
|
26021,3
|
1,2
|
9441,9
|
0,6
|
16579,4
|
1,6
|
2006Y.
|
26312,7
|
1,1
|
9495,1
|
0,6
|
16817,6
|
1,4
|
I ch 2005 y
(1.04.05 yilda)
|
26095,0
|
0,3
|
9460,7
|
0,2
|
16634,3
|
0,3
|
1-I ch. 2005Y (1.07.05 yilda)
|
26161,8
|
0,3
|
9467,5
|
0,1
|
16694,3
|
0,4
|
I ch. 2006Y (1.04.06 yilda)
|
26386,7
|
0,3
|
9516,2
|
0,2
|
16870,5
|
0,3
|
1-I ch. 2006Y (1.07.06 yilda)
|
26465,3
|
0,3
|
9531,1
|
0,2
|
16934,2
|
0,4
|
1-Sh ch. 2006Y (1.10.06 yilda)
|
26561,9
|
0,4
|
9546,8
|
0,2
|
17015,1
|
0,5
|
|
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi
|
|
O’tgan yilning ayni davri bilan taqqoslaganda, 2006 yilning 1 oktyabrida Mehnat va aholini ijtimoiy himoyalash vazirligining mehnat organlarida ro’yxatga olingan erkin (vakant) ish o’rinlarining miqdori kamaydi (mutanosib tarzda 31,5 va 30,1 ming birlik). Ularning eng katta miqdori Toshkent shahrida mavjud (respublika bo’yicha umumiy miqdordan 30,9%). Biroq bitta vakant ish o’rniga to’g’ri keladigan ishsizlarning miqdori Qoraqalpog’iston Respublikasida eng yuqori - 9,7 kishi, bu ko’rsatkich O’zbekiston bo’yicha o’rtacha 1,0 kishidir. (33,34-jadvallar).
34-jadval.
Ish bilan band aholining iqtisodiyot tarmoqlarida taqsimlanishi (davr bo’yicha o’rtacha, ming kishi)*
|
2005 y. 9 oy
|
Jami band aholi sonidagi ulushi, %
|
2006 y.
9oy *)
|
Jami band aholi sonidagi ulushi, %
|
2006 g. 9 oy *)
2005 y. 9 oyga nisbatan %
da
|
Band - jami
|
10094,6
|
100,0
|
10353,3
|
100,0
|
|
102,6
|
jumladan:
|
|
|
|
|
|
|
moddiy ishlab chiqarishda
|
6786,4
|
67,2
|
6927,7
|
66,9
|
|
102,1
|
ulardan:
|
|
|
|
|
|
|
sanoatda
|
1334,8
|
13,2
|
1382,9
|
13,4
|
|
103,6
|
qishloq va o’rmon xo’jaligida
|
2913,9
|
28,9
|
2912,1
|
28,1
|
|
99,9
|
transport va aloqada
|
331,1
|
3,3
|
343,4
|
3,3
|
|
103,1
|
qurilish
|
831,6
|
8,2
|
860,3
|
8,3
|
|
103,5
|
savdo, umumovqatlanish, ta’minot,
tayyorlov
|
915,2
|
9,1
|
978,0
|
9,4
|
|
106,9
|
boshqalar
|
457,8
|
4,5
|
451,0
|
4,4
|
|
98,5
|
nomoddiy ishlab chiqarishda
|
3308,2
|
32,8
|
3425,6
|
33,1
|
|
103,5
|
ulardan:
|
|
|
|
|
|
|
transport i aloqada
|
151,2
|
1,5
|
157,4
|
1,5
|
|
104,1
|
uy-joy kommunal xo’jaligi va aholiga maishiy xizmat ko’rsatishning noishlab chiqarish turlarida
|
314,4
|
3,1
|
330,3
|
3,2
|
|
105,1
|
sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy ta’minotda
|
728,5
|
7,2
|
762,1
|
7,4
|
|
104,6
|
maorif, madaniyat, san’at, fan va ilmiy xizmat ko’rsatishda
|
1369,2
|
13,7
|
1423,6
|
13,8
|
|
104,0
|
moliya va kreditda
|
54,1
|
0,5
|
54,1
|
0,5
|
|
100,0
|
davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari apparatlarida
|
206,4
|
2,0
|
218,0
|
2,1
|
|
105,6
|
boshqalarda
|
484,4
|
4,8
|
480,1
|
4,6
|
|
99,1
|
Davlat sektorida, %
|
22,7
|
|
22,5
|
|
|
X
|
Nodavlat sektorida, %
|
77,3
|
|
77,5
|
|
|
X
|
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi
Joriy mehnat bozoridagi vaziyat shundan darak beradiki, respublikada aholini ish bilan ta’minlash masalalarida barcha choralarni ishga solgan holda iqtisodiyot va mehnat sohasida ro’y berayotgan bozor o’zgarishlarga mos raqobatbardosh muhitni shakllantirish va kuchaytirish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |