Mehnat bozorining shakllanishi
Mehnat resurslari mehnatga layoqatli aholi va ishlayotgan mehnat yoshidan o’tganlar, ya’ni nafaqaxo’rlar va navqiron yoshlardan tashkil topadi. Mehnat yoki ishchi kuchi bozorini aniqlash uchun aholining ko’payishi sur’aytlarini va uning sabablarini bilish zarur, xususan umumiy ko’payishini, tabiiy ko’payishini. Mehnat bozori doimiy harakatdagi tizim bo’lib, unda ishlab chiqarish vositalarining egalari va ishchi kuchlari sub’ekt sifatida munosabatda bo’ladilar, bu tizimda ish joylari va ishchi kuchi o’rtasida tarkibli munosabatlar, ularga talab va taklif taqiqlanadi.
Mehnat bozorining asosiy belgilari quyidagilar:
ishchi kuchiga talab va uning taklifi;
ishchi kuchining qiymati va bahosi (haqi);
raqobat;
Mehnat bozori - bu dinamik tizim bo’lib, unda mulk va ishchi kuchi egalari o’zaro munosabat qiladilar, ish joyi va ishchi kuchi xajmi tuzilmasi va ularning nisbatiga bo’lgan talabni shakllantiradi. Masalan, 2004 yildagi aholining soni 26,4 mln. kishi bo’lgan, 16 yoshga etmagan yoshlar, nafaqaxo’rlar va I, II guruh nogironlar 12,3 mln. kishi, ixtisoslashtirilgan tashkilotlardagi shaxslar 3 ming kishi, ishlayotganlar va ishlashni istamaganlar soni 2,6 mln kishi va o’qishdagilar soni 930 ming kishini tashkil qilgan. Ja’mi ishchi kuchi 13181,0 ming kishi: ishlayotganlar 9367,8 ming kishi; ishsizlar 342 ming kishi.
Mehnat resurslari - mehnat yoshidagi va mehnatga qobliyatsiz yoshda bo’la turib ishlayotgan shaxslardan shakllanadi. Ularga mehnatga qobliyatli yoshdagi aholi, ishlayotgan nafaqaxo’rlar o’smirlar, I va II guruh nogironlari kiradi.
Jamiyatning mavjud resurslari chegaralangandir. Shuning uchun barcha davlatlar va hukumatlar mazkur resurslarni aloqasi boricha maksimal ravishda rejali ishlashga harakat qilmoqdalar, u tabiiy resurslarga va shuningdek mehnat resurslariga ham taalluqlidir. Resurslarni samarali ravishda ishlatishda ulardan ko’p miqdorda tovarlar va xizmat ko’rsatish mahsulotlari ishlab chiqarishni nazarda tutmoq lozim. Uning oshirish shartlaridan biri to’la ish bilan ta’minlashdan iboratdir. Ishchilar majburan ishsiz qolishlari mumkin emas. Agar kim mehnat qilishni istamasa va bunga qobiliyatlari bo’lsa, iqtisod barchani mehnat bilan ta’minlashi zarur.
Bozor iqtisodi sharoitida tovarlar va xizmatlar ko’rsatish bozorida sotiladi. Kapital bozor mablag’lari asosida sotiladi va sotib olinadi. qimmatli qog’ozlar bozori mulk va shu kabilar mavjud, Mehnat bozori ham bozorlarning tarkibiy qismini tashkil etadi. Barcha bozorlarda taklif va talablar bo’yicha qonunlar mavjud. Mehnat bozorida yollangan ishchilar ishga bo’lgan o’z qobliyatini taklif etadilar, ya’ni haq to’lashga nisbatan o’z ishchi kuchlarini va malakalarini taklif etsalar, ish bilan ta’minlovchilar esa o’z talablarini qo’yadilar, xarid qilingan ishga bo’lgan qobiliyatini sotib oladilar va unga haq to’laydilar. O’z navbatida mehnat bozorida uch zarur bozor elementlari mavjud: talab, taklif va narxlar, ish haqi hisoblanadi. Ish haqi mehnat bilan bandlik darajasi va ishsizlik orasidagi nisbatga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |