242
Jyul Vern
Dik aytgan chorani tezroq qilib ko‘rish kerak edi.
O‘smir dastavval suvdan bir fut yuqoriroqdan, ya’ni yer-
dan yetti fut balandlikdagi joydan teshik ochib ko‘rmoqchi
bo‘ldi. Agar teshikdan havo kirsa, gumbaz suvdan chiqib
turgan bo‘ladi. Aksincha, teshik tashqaridagi suvdan
pastroqdan ochilib qolsa, demak, unda gumbazdagi suv
ko‘ta rila boshlaydi. U vaqtda bu teshikni tezda berkitib,
yana bir fut balandroqdan teshib ko‘riladi. Basharti
shipdan teshgandan keyin ham havo kiravermasa, de-
mak, tashqaridagi suv o‘n besh fut dan ham baland va
qirchumolilarning butun shahri suv ostida qolib ketgan
bo‘ladi. Bu taqdirda Dik Send bilan uning sheriklari eng
dahshatli azob bi lan sekin-asta bo‘g‘ilib o‘ladilar.
Dik Send buni tushunsa ham, o‘zini xotirjam tutdi.
U o‘zi qiladigan ishlarining oqibati nima bo‘lishini ol-
dindanoq hisobga olib qo‘ygan edi. Ammo endi indamay
o‘tiraverish ham xavfli edi: gumbaz ichidagi havoning
buzuqligidan sayyohlar dimiqa boshladilar.
Dik devorni teshmoq uchun uni vintsimon bo‘lgan
miltiq shompolini oldi. Tezda buralgan shompol loydan
qilingan devorni bemalol teshaverdi. Teshikning diametri
shompol diametridan bir necha millimetr kattaroq bo‘lsa
ham, havo undan o‘ziga bahuzur yo‘l topib kira olardi.
Gerkules fonusni ko‘tarib, Dikka yorug‘ qilib turdi.
Akteonda yana bir necha dona sham bor edi, shuning
uchun bemalol chiroq yoqilsa bo‘laveradi.
Bir daqiqadan keyin shompol devorni teshib o‘tdi. Shu
ondayoq biqir-biqir qilib suv qaynaganday ovoz eshitildi.
Gumbaz ichidagi havo otilib tashqariga chiqa boshladi va
pastdagi suv darrov yuqori ko‘tarila boshladi.
Demak, shompol tashqaridagi suv ostidan teshib
chiqibdi ekan...
– Boshqatdan teshishga to‘g‘ri keladi! – dedi-da Dik
Send, teshikni darrov loy bilan suvab qo‘ydi.
Suv ko‘tarilishi to‘xtagan bo‘lsa-da, lekin ba landligi
sakkiz futcha bo‘lib qoldi. Demak, gumbaz ichida xuddi
243
«O‘n besh yoshli kapitan»
o‘sha hajmdagi havo kamaydi. Nafas olish qiyinlasha
boshladi, chunki havoda kislorod tugay deb qoldi.
Fonusning olovi ham qizarib qoldi, so‘ng xiralandi.
Dik Send avvalgisidan bir fut yuqoriroqdan boshqa
teshik ocha boshladi. Agar bu gal ham natija o‘shan-
day bo‘lsa, gumbaz ichidagi suv yanada yuqoriroqqa
ko‘tariladi. Lekin tavakkal qilishga to‘g‘ri keladi!
Dik Send devorni teshayotgan vaqtda Benedikt
tog‘aning ovozi eshitilib qoldi:
– Hali ish mundog‘ deng! Endi masala anglashildi!
Gerkules fonus yorug‘ini Benedikt tog‘aga burdi.
Olimning yuzlari shodlik nuri bilan to‘la edi.
– Bu aqlli hasharotlarning nima uchun o‘z makon-
larini tashlab ketganlari endi ma’lum bo‘l di! – dedi
Benedikt tog‘a. – Ular toshqin bo‘lishi ni sezgan ekan-
lar! Mana buni sezgirlik deydilar, sezgirlik, do‘stlarim!
Qirchumolilar bizlardan ham aqlli chiqdi! Qoyilman-ey!
Benedikt tog‘a hozirgi bo‘layotgan ishlar to‘g‘risida
fikrini aytgandan keyin, jimjit bo‘lib qoldi.
Shu payt Dik Send devorni teshib bo‘lib, shompolni
tortib oldi. Yana o‘sha biqirlagan ovoz eshitildi... Gum-
baz ichidagi suv yana ko‘tarila boshla di... Bu teshik
ham suv ostidan ochilgan edi!
Ahvol juda mushkul bo‘lib qoldi. Missis Ueldon o‘g‘il-
chasini qo‘liga oldi, chunki unga ham suv yaqinlashib
qolgan edi. Tor joyda ham ma bo‘g‘ila boshladi, ham-
maning qulog‘i shovullab, yuragi gupillab ura boshladi,
fonus esa o‘chay deb qoldi.
– Nahot butun gumbaz suv ostida qolgan bo‘lsa! –
deb shivirladi Dik Send.
Buni aniq bilish uchun gumbazning eng tepasidan
uchinchi marta teshib ko‘rish kerak edi. Basharti
buning natijasi ham avvalgilarday bo‘lsa, sayyohlarga
bo‘g‘ilib o‘lishdan boshqa chora qolmas. Qolgan havo
tashqariga chiqib ketib, gum bazning ichi suvga to‘lishi
turgan gap edi.
244
Jyul Vern
– Missis Ueldon, – dedi Dik Send, – qanday ah-
voldaligimizdan xabaringiz bor. Agar sustlik qilsak,
havo yetishmay qoladi. Bordi-yu, keyingi harakatimiz
ham behuda ketsa, gumbazning ichiga suv to‘lib ketadi.
Gumbazning tepasi suvdan chiqib turgan taqdirdagina
o‘limdan qutulishimiz mumkin. Men tavakkal qilib te-
shamiz deyman... Rozimisiz?
– Roziman, Dik, – deb soddagina qilib javob berdi
missis Ueldon.
Shu paytda kislorod yetishmasligidan fonus o‘chib
qoldi. Sayyohlar qop-qorong‘i gumbaz ichida qoldilar.
Gerkules pastki qavatga tushib edi, boshidan bo‘lak
joyi suv ichiga botdi. Dik uning yelkasiga chiqib olib,
shompol bilan gumbazning eng tepasini tesha boshladi.
Gumbazning shipi qalin va qattiq edi. Shompol uni zo‘rg‘a
teshib kirar edi. Dik juda shoshilib ishlar va nafasi bo‘g‘zi-
ga tiqilganday hovliqardi, chunki bir necha daqiqadan
keyin kichkina teshikdan yo sof havo va u bilan hayot
kirar, yo suv va u bilan o‘lim otilib kirardi.
Birdan g‘alati hushtak ovozi eshitilib qoldi. Gumbaz
ichida siqilib qolgan havo tashqariga otilib chiqdi... biroq
teshikdan yorug‘lik ko‘rindi. Gumbaz ichidagi suv yana
yigirma dyuym ko‘tarildi-da, o‘sha balandlikda to‘xtab
qoldi, chunki tashqaridagi suv bilan ichkaridagi suvning
sathi baravarlashib qolgan bo‘lsa kerak.
Demak, gumbazning uchi suvdan chiqib turgan ekan.
Endi sayyohlar o‘limdan qutuldilar!
Gumbaz ichida «ura» degan sadolar yangradi. Ayniqsa,
Gerkulesning ovozi quloqni yoray dedi.
O‘sha topdayoq pichog‘-u boltalar ishga solindi. Gum-
baz tepasidagi teshik tez-tez kengaya boshladi. Ochiq
joydan ichkariga sof havo bilan endigina chi qib kelayot-
gan quyoshning dastlabki nurlari kirdi.
Eng oldin tashqariga Dik Send boshini chiqardi.
U beixtiyor ravishda qichqirib yubordi. O‘sha zamoni
sayyohlar Afrikada ko‘p eshitgan kamon o‘qning chiyil-
lagan tovushi eshitildi.
245
«O‘n besh yoshli kapitan»
Dik Send pastga tushdi. Ammo u qirchumolilar
shahar chasidan bir necha yuz metr narida yerliklar lageri
borligini ko‘rib qoldi.
Gumbaz atrofidagi toshqin suvda allaqanday qayiqlar
suzib yurar edi. Qayiqlarda yerliklarning jangchilari o‘ti-
rardilar. Dik gumbazdan boshini chiqazgan paytda ular
unga qarab o‘q uzdilar.
Dik bo‘lgan voqeani bir-ikki og‘iz so‘z bilan o‘rtoqlariga
tushuntirib berdi. Keyin Dik Send, Gerkules, Akteon va
Batlar miltiqlarini qo‘lga olib, teshikdan bosh chiqarib,
qayiqlarga qarata qarsillatib ota boshladilar.
Yerliklardan bir nechtasini otib o‘ldirdilar. Yerliklar
ularga qarshi tartibsiz o‘q yog‘dirdilar va vahshiylarcha
baqira boshladilar. Ammo har tomondan o‘rab olgan
yuzlarcha jangchilarga qarshi bir necha sayyoh nima
ham qila olardi?
Yerliklar gumbazni bosib olishdi. Missis Ueldon bilan
uning o‘g‘lini va Benedikt tog‘ani ushlab olib, bir qayiqqa
itqitib tashlashdi. Ular o‘rtoqlari bilan xayrlashishga ham
ulgura olmadilar. Dik Send ularning qayig‘i yerliklar lageri
tomon suzib ketayotganini ko‘rib turdi.
Dikning o‘zini, Nan kampir bilan keksa Tomni va qol-
gan boshqa negrlarni ikkinchi bir qayiqqa solib, boshqa
tomonga olib ketishdi.
Bu qayiq ichida yigirmatacha jangchi bor edi, uning
ketidan beshta katta qayiq borar edi. Bunday sharoitda
qarshilik ko‘rsatishdan hech qanday foy da yo‘q bo‘lsa
ham, Dik Send bilan uning o‘rtoqlari qarshilik qilib
ko‘rishdi va bir necha kishini yarador ham qilishdi.
Basharti, jangchilar, boshliqlaridan ularni albatta tiriklay
tutib olib kelasizlar, degan buyruq olmaganlarida, ularni
o‘ldirib yuborar edilar.
Bir necha daqiqadan keyin qirg‘oqqa yetib kelishdi.
Qayiq endi qirg‘oqqa yetib kelib to‘xtay de gan paytda
Gerkules o‘zini ushlab turgan jangchilarni bir yoqqa itarib
yuborib, sakrab qirg‘oqqa tushdi. Yerliklardan ikkitasi
uning ketidan quvdi, ammo Gerkules pahlavon birisining
246
Jyul Vern
miltig‘ini tortib olib, qo‘ndog‘i bilan qulochkashlab turib
bir solgan edi, ikkala jangchi ham boshlari pachaqlanib,
yerga cho‘zilib qoldi.
Bir daqiqadan keyin Gerkules yomg‘irday yog‘dirilgan
o‘qlarga chap berib, o‘rmon ichiga kirib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Dik Send bilan uning sheriklarini yerliklar qirg‘oqqa
olib chiqib qullar singari kishanlab tashladilar...
Do'stlaringiz bilan baham: |