Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

238
Jyul Vern
Beshta negr fonus shu’lasi tushib turgan suv ga tikilib 
Dik Sendning buyrug‘ini kutib turar edilar.
Dik Send suv tegmasligi uchun miltiqlar bilan qolgan 
oziq-ovqatni yuqorigi qavatga joylab qo‘yishni buyurdi.
Endi Dik Send gumbaz ichidagi suvning ko‘tarilishini 
poylab, jim turardi.
– Suv haligi kirib-chiqib yuriladigan teshikdan kirib-
dimi? – deb so‘radi Tom.
– Ha, – deb javob qaytardi Dik Send, – endi tashqaridan 
havo kirolmay qoladi.
– Bo‘lmasa suvdan yuqoriroqdan boshqa teshik ochay-
lik, – deb taklif qildi keksa Tom.
– Ochmasak... deyman, Tom, agar bu yerda suv faqat 
besh futgina ko‘tarilgan bo‘lsa, tashqarida undan ham 
balandroq bo‘lishi ehtimol... Tashqarida suv yetti fut
sakkiz fut, ehtimolki, undan ham balandroqqa ko‘tarilgan 
bo‘lishi mumkin.
– Rostdan-a, Dik?
– Ha, gumbaz ichiga kirgan suv undagi havoni siqib 
qo‘ygan va endi ana shu siqilib qolgan havo suvning 
ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymay turibdi. Basharti biz yuqoriroq-
dan teshik ochsak, siqilib qolgan havo tashqariga chiqib 
ketadi, ichkaridagi havo bosimi pasayadi, ichkaridagi 
suv bilan tashqaridagi suvning balandligi baravarlashib 
qola di. Basharti tashqaridagi suv bu yerdagidan ham 
balandroq bo‘lsa, u vaqtda havo yana siqilib qolganga 
qadar ichkaridagi suv yuqoriga ko‘tarilaveradi. Bu gum-
baz ichida biz xuddi suv ostida qo‘ng‘iroqsimon konus 
ichida ishlovchi ishchilarga o‘xshaymiz.
– Endi nima qilamiz? – deb so‘radi Tom.
– Avval yaxshilab o‘ylashib ko‘rib, keyin ishga kiri-
shamiz. Ehtiyotsizlik bilan ish qilsak, ham mamiz halok 
bo‘lishimiz ham ehtimol, – deb javob qildi Dik Send.
Bu fikr juda ma’qul edi. Dikning suv bosgan gumbazni 
suv osti qo‘ng‘irog‘iga o‘xshatishi ham to‘g‘ri edi. Lekin 
maxsus nasoslar qo‘ng‘iroqsimon konus ichidagi havoni 


239
«O‘n besh yoshli kapitan»
doim yangilab turadi. Suv ostida ishlovchilar bahuzur 
nafas olib ishlayveradilar, havo bosimi zo‘rligi natijasida 
biroz nafas siqilishidan bo‘lak hech qanday qiyinchilikka 
uchramaydilar. Gumbaz ichida esa, uning uchdan bir 
qismini suv bosganligi sababdan, nafas olishga havo 
yetishmaydi. Buning uchun tashqaridan havo kiradigan 
qilib devorni teshish kerak. Ammo devorni teshish xatarli 
edi, chunki Dikning yuqorida aytgan gapi to‘g‘ri chiqib 
qolsa, ahvol beshbattar chatoqlashishi mumkin edi.
Hozircha gumbaz ichidagi suv sathi o‘zgarmay tu-
ribdi. Quyidagi ikki sabab bo‘lganidagina suv ko‘tari-
lishi mumkin edi: birinchidan, devorni teshganda 
tashqaridagi suv sathi ichkaridagidan ko‘ra baland-
roq bo‘lsa; ikkinchidan, daryoning toshqini yanada 
oshib ketsa. Har ikki holda ham gumbaz ichida havo 
oz qoladi. Nafas olishdan chiqqan uglekislota havoni 
yana qattiq siqib qo‘yadi.
Dikning xayoliga, toshqin gumbazni ko‘tarib ketishi 
mumkin, degan fikr keldi. Ammo birpas o‘ylab turgan
-
dan keyin bu fikridan qaytdi, chunki qirchumolilarning 
imorati juda mustahkam qilib ishlangan edi.
Demak, eng yomoni – yomg‘irning to‘xtamasdan 
yog‘averishi va natijada toshqin kuchayib ketishidan 
saqlanish edi. Basharti, toshqin o‘ttiz futga, ya’ni gum-
bazdan ham o‘n sakkiz fut balandga ko‘tarilsa, gumbaz 
ichidagi havoning siqishi bir atmosfera bosimiga baravar 
bo‘ladi.
Dikning fikricha esa toshqin kuchayishi kerak edi. 
Suv toshqini qattiq sel quyishidangina bo‘lmasa ke-
rak. Ehtimol, yaqin o‘rtadagi biror daryo toshib ketib, 
pasttekisliklarni suv bosib ketgan bo‘lsa ke rak. U holda 
gumbaz butunlay suv tagida qolib ket gan bo‘ladi. Unda 
gumbazning tepasidan ham teshib tashqariga chiqib 
bo‘lmay qoladi.
Dik Send, sabr etish kerakmi yoki harakat qilib ko‘rish 
kerakmi, deb hayajon-la savol berdi o‘z-o‘ziga.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish