Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

231
«O‘n besh yoshli kapitan»
los. Dik mard yosh ayolning keyingi kunlarda bunchalik 
diqqat bo‘lganini ko‘rgan emasdi. Vaholanki, kichkina 
Jek ancha tuzalib qolgandi. Bezgak tutmay qo‘ygan, o‘zi 
tinch uxlar edi. Dik Send missis Ueldonning nimaga 
diqqatligini bila olmas edi.
Benedikt tog‘aning ishtahasini gapirib o‘tirmasa ham 
bo‘ladi. Hasharotshunos odam ovqatning son-sifatiga 
qaramay, tushirgani tushirgan edi! Lekin u kechki ovqat 
mahalida qirchumolilar haqi da sayyohlarga leksiya qi-
lishga qulay fursat topilganidan xursand edi. Koshki bu 
tashlandiq uyda birorta hasharot topilib qolganda edi!..
– Bu ajoyib hasharotlar, – deb gap boshladi olim 
sheriklarining quloq solish-solmasligiga qara masdan, 
– to‘rqanotlilar qatoriga kiradi. Bu turkumga besh oila 
kiradi, chunonchi: chayon pashshalar, arslon chumo-
lilar, tillako‘zlar, bahoriylar va qirchumolilar. Biz egal-
lagan uyning egalari ana shu qirchumoli hasharotlar 
bo‘lishiga hech qanday shubha yo‘q. Ularning uyini 
band qilishimiz chakki bo‘lgan emasmikin!
Shundan keyin Dik Send Benedikt tog‘aning leksiya-
sini astoydil tinglay boshladi.
Yoki Benedikt tog‘a qirchumolilar shahri topilgani-
dan keyin sayohatchilarning Afrikadaliklarini bilib 
oldimikan-a! Olim boshqa qit’aga kelib qolishiga qan-
day tasodifiy hodisa sabab bo‘lganidan bexabar bo‘lsa 
ham, lekin Afrikaga kelib qolganliklarini bilishi ehtimol 
edi. Shuning uchun ham Dik, uning leksiyasini juda 
tashvish ichida tinglar edi.
Benedikt tog‘a esa gap kelib qolganidan foy dalanib, 
astoydil ishga kirishdi.
– Qirchumolilarning, – deb davom qildi u ga pini, – 
mo‘ylovlari kalta bo‘ladi, unda sakkiztadan to o‘ttiz bit-
tagacha har xil a’zolari bo‘ladi, og‘izlari esa kemiruvchan. 
Qirchu molilarni aksari «oq chumolilar» deb ataydilar, 
lekin bu to‘g‘ri emas, chunki ularning chumolilar bilan 
hech qan day qarindoshligi yo‘q. Ular chumolilar singari 


232
Jyul Vern
ju da ahil bo‘lib yashaydilar va tirikchilik odatlari ham 
chumolilarnikiga o‘xshaydi, ana shuning uchun ularni 
«oq chumolilar» deb ataydilar. Bu uylarda yashovchi 
qirchumolilarning aksarisi – qanotsiz qisir ishchi ha-
sharotlardir. Ayniqsa, kallasi katta va jag‘lari kuchli 
ishchi qirchumo lilarni «askar» deb ataydilar. Ularning 
bir juft erkagi bilan urg‘ochisi bo‘ladi. Yoshligida ular-
ning qanoti bo‘ladi va uchib yura oladi, lekin «to‘y» kuni 
uchib yurgandan keyin, qanotlari tushib ketadi. Ko‘p 
vaqt «podsho bilan malika» deb yuritiladigan bu juft 
ko‘payish bilangina shug‘ullanadi.
– Bu gumbazni qanday qirchumolilar quribdi? – deb 
olimning so‘zini bo‘ldi Gerkules.
– Fanda «urishqoq qirchumolilar», deb ataladigan 
hasharotlar qurgan, albatta, – deb javob qay tardi Be-
nedikt tog‘a go‘yo qadim zamondagi urish qoq qahramon 
qabilalar haqida gapirganday qilib.
– Urishqoq qirchumolilar aksari qayerda yashaydi? – 
deb so‘radi Gerkules.
– Afrikada, – deb javob qaytardi Benedikt tog‘a. – 
Markaziy Afrikada va qisman uning janubiy o‘lkalarida. 
Afrika o‘z hasharotlari bilan mashhur. Keyingi vaqtlar-
da chumolilar haqida Livingston yozgan kitobni o‘qish 
kifoya. Bu kitobni Stenli topib keltirgan. Mendan ko‘ra 
omadi yurishgan bu sayyoh, qora chumolilar bilan qizil 
chu molilar o‘rtasida bo‘lgan misli ko‘rilmagan ajoyib 
jangni tomosha qila olgan. Jangda yerliklar «sirafu» 
deb ataydigan qora chumolilar zo‘r chiqqan. Yengilgan 
chumolilar mardona qarshilik ko‘rsatgandan keyin jang 
maydonini tashlab ketishga majbur bo‘lganlar. Ammo 
ular hamma tuxumchalarini olib, juda tartib bilan 
chekinganlar. Livingston, na odamlar va na hayvonlar 
hech qachon bunchalik jangovarlik xislati ko‘rsatgan 
emaslar, deb yozadi. «Sirafu» chumolilarining qattiq 
chaqishidan hatto arslonlar bilan fillar ham qo‘rqadi. 
Chumolilar armiyasining yo‘lini hech narsa to‘solmay-



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish