Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

Beshinchi bob
QIRCHUMOLILAR HAMDA ULARNING
IMORATLARI HAQIDA LEKSIYA
Bunday pana joy topilishi sayyohlar uchun kat ta baxt 
bo‘ldi. Bir necha daqiqadan so‘ng hamma yoqni issiq 
tomonlarda bo‘ladigan qattiq bo‘ron tutib ketdi.
Tomchilab yog‘ish o‘rniga, yomg‘ir chelaklab quya 
boshladi. Gohida yog‘ayotgan yomg‘ir suvlari shaloladek 
yerga oqib tushar edi. Xuddi osmonda katta bir ko‘l 
to‘ntarilib qolib, hamma suvi yerga tushib ketayotgan-
day edi. Bunday qattiq sel ko‘z ochib yumguncha tekis 
yerlarda ko‘llar hosil qilar di, ariqlarni esa daryolarga 
aylantirardi. Daryolar toshib, hamma yerni suv bosib 
ketardi. Boshqa mo‘tadil joylardagiga nisbatan Afrikada 
bunday yashin aralash qattiq yog‘adigan yomg‘irlar bir 
necha kunga cho‘ziladi.
37
Everest – Himolay (Tibet) tog‘larining dunyoda eng baland 
cho‘qqisi. Balandligi 8880 metr.


227
«O‘n besh yoshli kapitan»
Xayriyatki, qirchumolilar uyasining qalin gumbazlari 
sel va yomg‘irni o‘tkazmas edi. Buning ustiga daryo-
daryo suv oqib turganda ham ichiga bir tomchi chakka 
o‘tmaydi.
Qirchumolilarning uyasiga kirib olgandan keyin 
sayyohlar dastavval uyaning ichki tuzilishini ko‘zdan 
kechira boshladilar. Fonus yorug‘ida ko‘rsalar, bu imorat 
konus shaklida bo‘lib, uning balandligi o‘n ikki fut, tagi-
ning diametri o‘n bir fut va devorining qalinligi bir futga 
yetar ekan.
Uyaning devorlari bab-baravar keng kataklarga ham-
da qavatlarga bo‘lingan edi.
Zig‘irdek hasharotlarning bunday ajoyib imoratlar 
solishiga odam ishonmas edi, ammo bu narsa hech 
shak-shubhasiz haqiqatdir: Afrikaning ichki o‘lkalarida 
qirchumoli shaharchalari juda ko‘p uchraydi. Smitmen 
degan gollandiyalik bir sayyoh qirchumolilarning tomi 
ustiga o‘zim bilan to‘rtta sherigim joylashib oldik, deb 
yozadi. Livingston Lunde degan joyda qizil soz tuproqdan 
ishlangan o‘n besh va hatto yigirma fut balandlikdagi 
qirchu moli uylarini ko‘rgan. Leytenant Kameron bu 
imoratlarni bir necha marta uzoqdan ko‘rgan va ularni 
harbiy lager ekan deb o‘ylagan. U Nyangveda yigirma fut 
emas, balki qirq va ellik fut balandlikdagi katta qirchumoli 
uyalarini ko‘rgan. Bunday katta imoratlarning uchi but-
xonalar ustidagi gumbazlar singari juda uchli bo‘lar ekan.
– Bunday ajoyib imoratlarni qanday qirchumo lilar 
qurar ekan?
Qirchumoli uyasining nimadan qurilganini tekshirib 
ko‘rganidan keyin, hech o‘ylab-netib turmasdan:
– Bu urishqoq qirchumolilarning ishi, – deb javob 
qaytardi Benedikt tog‘a.
Uyaning o‘rtasidagi bo‘sh yerda hamma say yohlar 
uchun joy yetishmadi. Ammo devorlaridagi kataklarga 
jussasi kichikroq kishilar bemalol sig‘ishi mumkin edi. 
Uning ichi xuddi ko‘p tokchali kattakon shkafga yoki 


228
Jyul Vern
seryashik komodga o‘xshardi. Yashiklarning ichi minglab 
mayda kataklarga bo‘lingan bo‘lib, ular paroxod kayuta-
sidagi karavotlar singari qavatma-qavat edi. Yuqoridagi 
«qavatga» missis Ueldon, kichkina Jek, Nan kampir va 
Benedikt tog‘a joylashib olishdi. Pastki «qavatga» Ostin, 
Bat va Akteon joylashishdi. Dik Send, Tom va Gerkuleslar 
yerda qolishdi.
– Og‘aynilar, – dedi Dik ikki negrga qarab, – uyaga suv 
oqib kirayotir. Polga bir qavat tuproq solmasak bo‘lmay-
di. Lekin ehtiyot bo‘linglar, ishqilib, eshikni berkitib 
qo‘ymanglar, havo kirmay qolsa, bo‘g‘ilib o‘lamiz!
– Bu yerda bir kechagina tunaymiz-ku, – dedi keksa 
Tom unga.
– Nima qipti? Qulay fursatdan foydalanib, yaxshilab 
dam olmaymizmi? O‘n kundan beri yopiq joyda birinchi 
marta yotishimiz.
– Ha, shundoq, o‘n kundan beri ochiq havoda yotib 
yuribmiz, – dedi uning gapiga Tom.
– Bundan tashqari, – deb davom etdirdi gapini Dik 
Send, – bu yerda bir-ikki kun turib qolsak ham ehtimol, 
chunki qirchumoli uyi yaxshi pana joy bo‘ladiganga 
o‘xshaydi. Men fursatdan foy dalanib, qidirayotgan dar-
yomizning uzoq-yaqinligini aniqlab kelaman. Sol yasa-
gunimizcha bu yerda ko‘proq turib qolsak ham ehtimol
chunki bu yerda yomon havodan tinchmiz. Qani, ishni 
boshlanglar, tuproq tashib solaylik, uyimiz quruq bo‘lsin!
Dik Sendning buyrug‘i darhol bajarildi. Gerkules 
qo‘liga bolta oldi-da, pastki qavatlarni buzib, tuprog‘ini 
polga yoyib tashladi. Shunday qilib, pol o‘ttiz santimetr 
baland ko‘tarildi. Dik Send, kirib-chiqib yuriladigan 
teshikdan havo kirib tursin uchun uni ochiq qoldirish 
payidan bo‘ldi.
Qirchumolilar ketib qolganidan sayyohlar juda xur-
sand bo‘ldilar. Shuni aytish kerakki, gumbaz ichida 
ozgina qirchumoli bo‘lganda ham unda odamlarning 
yashashi mumkin bo‘lmasdi.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish