Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

To‘rtinchi bob
ANGOLANING MASHAQQATLI YO‘LLARIDA
Shu payt kichkina Jek uyg‘onib, onasining bo‘ynidan 
quchoqlab oldi. Uning ko‘zlari tetik va bezgagi tutmagan 
edi.
– Tuzuk bo‘ldingmi endi, azizim? – deb so‘ra di missis 
Ueldon, bolasini bag‘riga bosib.
– Ha, oyijonim. Chanqadim, – dedi kichkina Jek. 
Onasi bolaga sovuq suv ichirdi.
– Dik akam qayoqdalar? – deb so‘radi u bir-ikki qultum 
suv ichganidan keyin.
– Men shu yerdaman, – dedi Dik Send uning qo‘lidan 
ushlab.
– Mening Gerkules do‘stim qayerda?
– Gerkules ham shu yerda, – deb javob berdi pahlavon 
Jekka kulib qarab.


218
Jyul Vern
– Ot qayoqda? – deb yana so‘radi bola.
– Otmi, ot yo‘q Jek! Qochib ketdi! Endi men ot bo‘la-
man senga. Menga minib olishni xohlamaysanmi?
– Xohlamayman, – dedi Jek. – Seni qanaqa qilib yur-
gizaman? Yuganing yo‘q-ku?
– Hech gap emas, yuganni og‘zimga solib olaman, – 
dedi Gerkules og‘zini katta ochib, – sen yuganni istaga-
ningcha tortaverasan.
– Yo‘q, men sekin tortaman.
– Qo‘rqmay tortaver! Og‘zim mahkam.
– Gerrisning qo‘rg‘oni qayoqda? – deb so‘radi kichkina 
Jek.
– Tezda yetib boramiz, Jek, – deb javob qildi missis 
Ueldon, – tezda, tezda...
Bu gaplarni bas qilish uchun:
– Xo‘p, endi, yo‘lga chiqishga ruxsat etsangiz? – deb 
so‘radi Dik Send.
– Mayli, Dik, – deb javob qildi missis Ueldon.
Ozgina to‘xtab olgandan keyin, otryad ilgarigi tartibda 
yana yo‘lga tushdi. Soy yoqasidan chetlashib ketmaslik 
uchun o‘rmonning qalin joylaridan yurishga to‘g‘ri keldi. 
Bir vaqtlari bu yerda so‘qmoq bo‘lgan ekan-u, endi o‘t 
va lian o‘simligi bosib ketibdi. Qalin o‘rmon ichidan bir 
mil yo‘l bosish uchun uch soat vaqt ketdi. Negrlar hech 
charchamasdan daraxtlarni kesib yo‘l ochib borardilar. 
Gerkules ham Jekni Nan kampirga berib, bu ishga 
kirishib ketdi. Kirishganda ham tag‘in qanday kirishdi 
deng! U pishqirib nafas olar va boltani qulochkashlab 
solardi, natijada kaftdek tekis yo‘l hosil bo‘lardi.
Xayriyat, tezda otryad bu og‘ir ishdan qutuldi. O‘rmon 
ichidan boshda bir uchi soyga borib taqaladigan, keyin 
soy bo‘ylab ketadigan keng yo‘l chiqib qoldi. Bu yo‘l fil
-
lar o‘tgan yo‘l ekan. Necha yuzlab fillar bu yerdan suv 
ichishga o‘tib yurgan bo‘lsa kerak. Yumshoq yerga bu 
kattakon hayvonlarning chuqur-chuqur izlari tushib 
qolibdi. Biroq tezda ma’lum bo‘ldiki, bu yo‘ldan boshqa 
hayvonlar ham yurar ekan. Bu yo‘ldan odamlar ham ko‘p 


219
«O‘n besh yoshli kapitan»
yur gan edi. Bu odamlarni kushxonaga oborayotgan mol 
singari tayoq bilan haydab borishgan bo‘lsa kerak. Ko‘p 
joylarda yirtqich hayvonlar tozalab yeb tashlagan odam 
suyaklari uyilib yotardi. Ularga solingan kishanlar ham 
suyaklariga o‘ralashib yotardi.
Markaziy Afrikada odam suyaklari bilan to‘l gan 
uzundan-uzoq yo‘llar ko‘p. Qullar karvoni ba’zan necha 
yuzlab kilometr yo‘l yuradi, yirtqich nazoratchilarning 
qamchisi ostida sho‘rlik qullar azob chekib, holdan 
toyib va kasal bo‘lib, minglab o‘lib ketadilar. Karvonda 
oziq-ovqat yetishmay boshlaganda, nazoratchilar qan-
chadan-qancha odamlarni o‘ldirib yuboradilar. Agar 
qullarga oziq-ovqat yetishmasa, ularni miltiqdan otib, 
pichoq urib, qilich bilan chopib o‘ldiradilar... Bunday 
qirg‘inlar tez-tez bo‘lib turadi.
Sayyohlarimiz ketayotgan yo‘l, qullar karvoni yuradi-
gan yo‘llardan biri edi. Dik Send bilan uning hamrohlari 
har qadamda deyarli uyum-uyum suyaklarga duch kelar 
edilar. Odamlar yaqinlashishi bilan katta-katta o‘lim-
tikxo‘r qushlar hurkib uchib ketardilar. Ular osmonga 
chiqib, yo‘l ustida lapanglab uchardi.
Missis Ueldon atrofga qarab borsa-da, lekin ko‘zlari 
hech narsani ko‘rmagandek edi. Dik Send missis Ueldon 
tag‘in surishtirib qolmasin deb, damini chiqarmasdan 
borar edi, chunki u dengiz bo‘yiga yetib olganga qa-
dar, xiyonatchi Gerris ularni Markaziy Afrikaga aldab 
ergashtirib ketganini hamrohlariga bildirmaslikka ti-
rishardi. Xayriyatki, missis Ueldon atrofda bo‘layotgan 
hodisalarni fahmlamas edi. U o‘g‘lini yana qo‘liga olib, 
o‘sha bilan ovora bo‘lib qoldi. Nan kampir uning yonida 
borardi. Nan kampir ham, missis Ueldon ham Dikdan 
hech narsa so‘ramas edilar. Uning o‘zi ham shunday 
savollar berishlaridan qo‘rqib borar edi.
Keksa Tom boshini quyi egib borardi. Nima uchun 
yo‘l to‘la odam suyaklari yotganini Tom ju da yaxshi 
tushunar edi.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish