Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

220
Jyul Vern
Tomning sheriklari tevarak-atrofga ajablanib qarab 
borar edilar. Ularga xuddi yer qimirlashdan keyin mo-
zordagi go‘rlar ochilib qolganday ko‘rinardi. Ammo ular 
Dikdan hech nimani surishtirmadilar.
Endi soy anchagina kengayib va chuqurlashib qoldi. 
Lekin oqishi sekinlashdi. Yaqin o‘rtada ariqning o‘zida 
suzib ketish mumkin bo‘lib qolsa kerak yoki bu soy ularni 
Atlantika okeaniga quyi ladigan biror kattaroq daryoga 
olib chiqishi mumkin degan umid tug‘ildi.
Dik hech qanday qiyinchiliklarga qaramasdan, soy 
yoqalab yuraverishga qaror berdi. Shuning uchun u 
soydan boshqa tomonga burilib ketgan so‘qmoqni hech 
ikkilanmay tashlab ketaverdi.
Otryad yana qalin chakalakzor ichidan yurib bordi. 
Lian o‘simligi chirmashib olgan chakalakzorlar ichidan 
yurib borish uchun har qadamda boltalarni ishga so-
lishga to‘g‘ri kelardi. Ammo bu o‘r mon dengiz sohilidagi 
qalin o‘rmonga o‘xshamasdi: bu yerda daraxt siyrak edi. 
Goh-gohida bambuklargina baland o‘tlar orasidan qad 
ko‘tarib turardi.
Bu yerda sayyohlar ketayotgani daraxt shoxlarining 
qimirlashidan bilinar, ba’zida ular orasidan Gerkulesning 
boshi ko‘rinib qolardi.
Soat uchlar bo‘lay deganda ular o‘rmon ichidan chi-
qishdi. Tevarak-atrof manzarasi butunlay o‘zgardi. Oldin-
da yog‘ingarchilik vaqtida daryo suvlari toshib ketadigan 
tekis yer ko‘rinardi. Botqoq to‘qayzorni qalin mox o‘simligi 
bosib ketgandi. Ba’zi joylarda ko‘m-ko‘k mox o‘simligi 
ustida chiroyli qirqquloq o‘simligi ko‘zga chalinardi.
Xuddi shu paytda bunday tekisliklar haqida Livingston 
kitobida aytilgan gaplar Dik Sendning esiga tushib qoldi. 
Mard sayyoh Livingston bu yomon soyliklarga ko‘p marta 
duch kelgan ekan. Botib qolmaslik uchun har qadamni 
ehtiyot bo‘lib bosish kerak ekan.
– Hushyor bo‘linglar, do‘stlarim! – dedi Dik otryad 
boshi da turib. – Qadam bosishdan oldin yerni oyoqla-
ringiz bilan paypaslab ko‘ringlar!


221
«O‘n besh yoshli kapitan»
– Juda qiziq-a! – dedi Tom. – Yer yomg‘ir yoqqanday 
nam, biroq keyingi kunlarda yomg‘ir yog‘magandi-ku.
– Momaqaldiroq bo‘lmoqchi, – deb javob qay tardi Bat.
– Demak, yana ham shoshilishimiz kerak, – dedi Dik 
Send. – Yomg‘irdan oldin soylikdan o‘tib olishimiz kerak. 
Gerkules, Jekni qo‘lingizga oling! Bat bilan Ostin, missis 
Ueldonga yordamlashinglar! Siz, janob Benedikt... Ke-
chirasiz... nima qilyapsiz, janob Benedikt?
– Men botib ketyapman, – deb jo‘ngina javob qildi 
Benedikt tog‘a.
Rostdan ham u xuddi narvondan tushib ketayot-
gan singari, botqoqqa tez botib ketmoqda edi. Akteon 
unga qo‘lini uzatdi, hammayog‘i loy bo‘lgan Benedikt 
tog‘a yuqoriga chiqib oldi. U juda xursand edi. Negaki, 
uning hasharotlar soladigan qutisi zararlanmagan edi. 
Dik Akteonga bu omadi yurishgan olimga qarashib 
borishni buyurdi.
Benedikt tog‘a tushib ketgan «o‘ra» yaxshi emas 
ekan: uni tortib chiqarganlaridan keyin chuqurdagi suv 
ko‘piklanib, undan nafasni bo‘g‘adigan gaz chiqa boshla-
di. Livingston ham bir necha marta ko‘kragigacha botqoq-
likka botib ket gan edi. Uning aytishicha, g‘alvir singari 
ilmateshik bu qora tuproqqa har qadam qo‘yish bilan 
otilib suv chiqib ketar ekan. Bunday botqoqlar piyoda 
yuruvchilar uchun juda xatarli bo‘ladi.
Dik Send bilan uning hamrohlari shunday botqoqlik-
dan yarim milcha yo‘l yurdilar. Bir joyda missis Ueldon 
tizzasigacha botib ketdi. Shundan keyin Gerkules, Bat 
va Akteonlar bambukdan zam bil yasab, missis Ueldonni 
o‘sha zambilga tushib olishga ko‘ndirdilar. Missis Ueldon 
o‘g‘ilchasini ham qo‘liga olib oldi. Otryad bu xatarli joydan 
mumkin qadar tezroq o‘tib ketishga tirishar edi.
Yurish juda qiyin edi. Akteon doim Benedikt tog‘aga 
qarashib bordi. Nan kampirni keksa Tom yetaklab oldi, u 
bo‘lmaganida kampir botib ketishi turgan gap edi. Qolgan 
negrlar zambilni ko‘tarib borar edilar. Dik Send otryadning 



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish