Shudgor qilish, shudgorlash yerni ishlashning asosiy usuli; yerni ekishga



Download 51,69 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.07.2022
Hajmi51,69 Kb.
#827846
Bog'liq
Yer haydash - Vikipediya



Yer haydash
Yer haydash
, shudgor qilish, shudgorlash — yerni ishlashning asosiy usuli; yerni ekishga
tayyorlash maqsadida agʻdargichli pluglar bilan tuproqning suv, oziq, havo hamda issiqlik
rejimlarini yaxshilash. Tuproq mexanik, fizik-kimyoviy, meteorologik va biologik (atmosfera
yoginlari, mikroorganizmlar va b.) omillar va agrotexnika sharoiti taʼsirida oʻzgarib turadi.
Haydashda yerning ustki qismi ostiga va pastki qatlam esa yuqoriga agʻdariladi, bunda tuproq
aralashadi, begona oʻt urugʻlari, zararkunanda hasharotlar, oʻgʻit, angʻiz qoldiqlari va b. tuproqqa
chuqur koʻmilib, yer unumdorligi ortadi. Yer haydalgach, haydalma qatlamning pastki qismi yer
betiga chiqarilganda qisqa muddat ichida aeratsiya, qayta namlanish va foydali tuproq
florasining tez faollashuvi taʼsirida oʻsimlik oʻzlashtirishi mumkin boʻlgan oziq moddalar miqdori
koʻpayadi. Tubiga agʻdarilgan ustki qatlam esa uzoq vaqt oʻzida ijobiy xususiyatlarni saklab
qoladi.
E. h. turlari. Tuproq qatlamini agʻdarish — haydalma qatlamni agʻdargichli pulgda 180° agʻdarib
haydash. Bunda haydalma qatlamning usti pastga, osti esa yuzaga chiqadi; Birinchi haydov —
tuproq yarim vintsimon agʻdargichli plugda 135° ga agʻdariladi, qatlamlar yerning ustki qismiga
nisbatan 45° burchak bilan joylashib, bir-biriga zich tiraladi. Bunday haydashda koʻp yillik begona
oʻtlar batamom yoʻqolmaydi. Bunda yer bir necha marta diskalanadi va boronalanadi; shuning
uchun qadimdan haydaladigan yerlarda qoʻllanilmaydi. Madaniy haydash — chimqirqarli plugda
haydash. Chimqirqar tuproqning yuza qavatini (8— 12 sm) qirqib, ostiga tashlaydi, asosiy korpus
esa undan keyingi tuproqning zarang kavatini (22—30 sm) qirqib, yuza qavat ustiga agʻdaradi.
Natijada yuza qatlamdagi begona oʻtlar, oʻsimlik qoldiqlari, zararkunandalar, sepilgan organik va
mineral oʻgʻitlar yaxshi koʻmiladi. Bunday Ye. h. agrotexnikaviy talablarga toʻla javob beradi
hamda tuproqni madaniylashtirishga, hosildorlikni oshirishga yordam beradi. Qoʻsh yarusli plugda
haydash — madaniy haydashning yangi, ilgʻor usullaridan biri. Oddiy haydashga qaraganda begona
oʻt bosishini 2—3-marta kamaytiradi. Qoʻsh yarusli haydashda bedapoyalar qatlama-qatlam


haydaladi, natijada kelasi yili qayta koʻklamaydi, ildiz qoldiqlari tuproq gorizontlari boʻyicha bir
xilda taqsimlanib, unumdorlikning oshishi uchun qulay sharoit yaratiladi.
E. h. chuqurligi tuproq va iklim zonalari, shuningdek, almashlab ekish dalalariga qarab
tabaqalashtiriladi. Ye. h. chuqurligi haydalma qatlamning qalinligi, ekinning biologik xususiyatlari,
oʻtmishdosh ekin qanday ishlanganligi, dalani qanchalik oʻt bosganligiga qarab belgilanadi. Yerni
20 sm chuqurlikda haydash normal, undan oshigʻi chuqur, kamrogʻi sayoz haydashga kiradi. Yer
qamisha bir xil chuqurlikda haydalsa, haydalma qatlam tubida zarang qatlam (plug tovoni) hosil
boʻlib, oʻsimlik uchun noqulay sharoit tugʻiladi. Shunga koʻra, almashlab ekiladigan har qaysi
dalani vaqt-vaqti bilan turli chuqurliqda haydash maʼqul.
Haydalma qatlami qalin, eskidan ishlanib kelingan yerlar 28—30 sm, haydalma qatlami yupqa,
shagʻal va qum yuza yerlar sayoz haydaladi. Haydalma qatlami 20—22 sm dan kam yerlar har yili
2—3 sm dan chuqurlatib, 28—30 sm ga yetkaziladi. Chirindili qatlami 15—18 sm dan
oshmaydigan yangi yerlar birinchi-ikkinchi yili 20—22 sm, keyin 22—24 sm chuqurlikda haydaladi.
Oʻrta Osiyoning shim. va oʻrta zonalarida, tipik va och sur tuproqli yerlarda 30 sm chuqurlikda,
qalin agro-irrigatsin yotqizikli oʻtloqituproqli yerlarda 30—35 sm; paxta ekiladigan jan. zona
hamda bahor erta kelib, kuzi iliq va uzoq muddatli hududlarda 35— 40 sm, tagzamini kam unumli
och sur tuproqli qadimdan haydaladigan yerlar (Mirzachoʻl) 20 sm chuqurlikda haydalib, 40—50
sm chuqurlikda yumshatiladi. Ye. h.ning bu turi tuproq chuqurlatkich va chuqur yumshatkich
yordamida oʻtkaziladi. Kamquvvat qumloq va tosh-loq yerlar qum yoki shagʻalini chiqarmasdan
haydaladi. Boʻz yerlar 20—22 sm chuqurlikda haydalib, keyingi yillari chuq. 30 sm va undan
koʻproqqa yetkaziladi.
E. h. vaqti ekish mudsati va b.ga bogʻliq. Ye. h.ga tuproq yetilishi bilan kirishiladi. Haddan tashqari
nam yoki quruq Ye. h.da palaxsalar koʻchadi. Ye. h. kuzgi shudgorlashning eng muvofiq muddati
okt. ning ikkinchi yarmi va noyabr Sizot suvlari chuqur joylashgan va kuzda yogin kam tushadigan
yerlar haydashdan 10— 25 kun ilgari sugʻoriladi. Tuproq nami oʻrtacha yerlar hosil yigʻishtirib
olinishi bilanoq haydaladi. Yozgi Ye. q. 
shudgorni ekin ekishga tayyorlash va takroriy ekin ekish
oldidan utkaziladi

Koʻklamgi

yozgi va ayrim hollarda kuzgi Ye
. h. boronalash bilan birga olib
boriladi. Asosiy Ye. h.ning qulay vaqti — kuz boshi (qarang 
Kuzgi shudgor
). Tuproqning yuzaga
agʻdarilgan qatlami qish vaqtida muzlab va muzdan tushib turadi, buning natijasida ularning
fizikaviy xususiyati yaxshilanadi. Xorazm viloyati, Qoraqalpogʻiston hamda Fargʻona viloyatining
Qoʻqon guruhi tumanlari oʻziga xos tuproq-iqlim sharoitiga egaligi (yerlarning shoʻrlanganligi,
shamol) tufayli yer bahorda shoʻri yuvilgandan keyin haydaladi. Bahorgi Ye. h. tuproq
donadorligini yaxshilash, namini koʻproq saqlash maqsadida boronalash hamda mola bostirish
bilan qoʻshib olib borilishi kerak.
E. h. usullari va texnikasi. Hoz. dehqonchilik tizimida yerni paykal taxtalarga boʻlib haydash keng
tarqalgan. Paykalni ichkariga va tashqariga agʻdarib haydash usullari qoʻllaniladi. Ichkariga qarab


haydash paykalning oʻrtasidan, tashqariga qarab haydash chekkasidan boshlanadi (rasm). Togʻ
oldi zonalarida yer nishabiga nisbatan koʻndalang haydaladi. Tuprogʻi yengil va kuchli shamol
esib turadigan r-nlarda yer shamol yoʻnalishiga koʻndalang haydaladi. Har bir konkret sharoitda
Ye. q. 
yoʻnalishi yer nishabi hamda qanday agrotexnika tadbirlari oʻtkazilishi nazarda tutilgan
holda belgilanadi
. Ye. h. oldidan gektariga 15—20 t goʻng , fosforli oʻgʻitlar yillik miqdorining 60—
70%, kaliyli oʻgʻitlarning 50% solinadi. Tuproqning yuqori qatlami surilib, kapital tekislangan
uchastkalarda chirigan goʻng meʼyori gektariga 30—40 t ga yetkaziladi.
E. h. sifati yerlarni oʻz vaqtida, yaʼni eng qulay muddatlarda, hech qanday ariqcha yoki marza xrsil
qilmasdan, bir xil chuqurlikda tuproq haydalma qatlamini agʻdarib haydalishini taʼminlash va b.dan
iborat. Haydash sifati muntazam ravishda nazorat qilinadi (qarang 
Dala ishlari sifatini baholash
).
Yerning sifatsiz haydalishi plug , agʻdargichlarning notoʻgʻri sozlanganligini yoki yer qaydashga
qoniqarsiz tayyorlanganligini koʻrsatadi.
Kondratyuk V. P., Obrabotka pochvi pod posev xlopchatnika v Sredney Azii, T., 1972; Ermatov
A., Sugʻoriladigan dehqonchilik, T., 1983,Abdurahim Ermatov.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Yer_ha
ydash&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
Adabiyot
Manbalar

Download 51,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish