Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

240
Jyul Vern
Kechasi soat uch edi. Sayyohlar joylaridan qimirla-
masdan va gapirishmasdan, tashqaridan eshitilayotgan 
momaqaldiroq ovoziga quloq solib turardilar. To‘xtov-
siz gulduros va guvillash ovozlarining eshitilib turishi 
to‘s-to‘polon hali ham davom qilayotganini bildirar edi.
Keksa Tom gumbaz ichidagi suvning tobora ko‘tarilayot-
ganini aytdi.
– Buni men ham fahmladim, – dedi Dik Send. – De-
mak, tashqarida ham suv ko‘paymoqda. Bo‘lmasa gum-
baz ichidagi suv ko‘tarilmasdi.
– Xayriyatki, suv bilinar-bilinmas darajada ko‘taril-
moqda, – dedi Tom.
– Lekin qachon to‘xtashi noma’lum-da, – deb javob 
qildi Dik.
Kapitan Dik, – dedi Bat, – agar xo‘p de sangiz, men 
gumbazdan tashqariga chiqib ko‘raman. Men bir suvga 
sho‘ng‘ib, teshikdan tashqari chiqaman...
– Yaxshisi o‘zim shunday qilib ko‘ra qolay, – deb javob 
qaytardi Dik.
– Yo‘q, yo‘q! – deb ko‘nmadi keksa Tom. – O‘g‘limga 
qo‘yib beravering, o‘zi qilib ko‘rsin: agar u qaytib kel-
masa... siz yana boshqa bir iloj toparsiz... – dedi chol 
va yana: – esingizdan chiqarmangki, siz missis Ueldon 
bilan kichkina Jekka kerak bo‘lasiz! – deb shivirladi u...
– Xo‘p, – dedi Dik. – Boshlang, Bat! Agar gumbaz suv 
ostida qolgan bo‘lsa, qaytib kiraman deb ovora bo‘lmang. 
Biz ham o‘sha siz chiqqan yo‘l bilan chiqib ketishga 
harakat qilamiz. Boltani olivoling, agar gumbazning 
tepasi suv dan chiqib turgan bo‘lsa, bolta bilan urib 
taqillating. Sizning ishorangizni eshitgandan keyin, biz 
ham ichkaridan shipni teshaveramiz. Tushundingizmi?
– Tushundim, – dedi Bat.
– Xo‘p, boshlay ber, o‘g‘lim, – dedi keksa Tom o‘g‘lining 
qo‘lini qisib.
Bat o‘pkasini to‘ldirib havo oldi-da, suvga sho‘n g‘idi...
Gumbazdagi suvning chuqurligi besh futdan oshiq 
edi. Batning ishi qiyin edi: suv tagidagi gum baz teshigi-


241
«O‘n besh yoshli kapitan»
ni topishi, undan tashqariga chiqishi va keyin yuqori 
ko‘tarilishi kerak edi. Buning hammasini bir necha soniya 
ichida qilishi kerak edi.
Oradan yarim daqiqa o‘tdi. Dik, endi u yuqoriga chiqib 
qolgandir, deyishi bilanoq, suvda Batning kallasi ko‘rindi.
– Xo‘sh, nima gap? – deb so‘radi Dik Send.
– Teshikka loy tiqilib qolibdi, – dedi Bat, chuqur nafas 
olib.
– Teshik berkilibdi! – deb takrorladi Tom.
– Ha, – dedi Bat, – devorni suv nuratib yuborgan bo‘lsa 
kerak. Qo‘lim bilan hamma yoqni paypaslab ko‘rdim, 
lekin teshikni topolmadim.
Dik Send boshini chayqab qo‘ydi. Suv ostida qolib 
ketgan bu gumbaz ichidagi odamlar ichkariga havo kir-
maydigan holda qamalib qolgan bo‘lsa-ya.
– Agar eski teshik topilmasa, yangisini teshish kerak, 
– dedi Gerkules.
– Shoshmang! – deb xitob qildi Dik, boltasi bi lan 
sho‘ng‘ishga tayyor turgan Gerkulesni to‘xtatib.
Dik Send chuqur xayolga botdi va birpas jim turgani-
dan keyin yana gap boshladi:
– Yo‘q, boshqa ilojini qilamiz. Butun gap shundaki, 
suv gumbazning tepasiga chiqqanmi-yo‘qmi, shuni bi-
lish kerak. Shipni parmalab teshsak, bilamiz-qo‘yamiz. 
Agar gumbazning tepasiyam suv os tida qolgan bo‘lsa, 
ichkaridagi havo tashqariga otilib chiqib ketadi, gumbaz 
ichiga suv to‘lib, ham mamiz halok bo‘lamiz. Ishqilib, 
ehtiyot bo‘lish ke rak...
– Lekin o‘ylab o‘tiraverish ham yaramaydi, – dedi 
keksa Tom.
Haqiqatan ham gumbaz ichidagi suv asta-sekin 
ko‘tarila boshlab, chuqurligi olti futga yetdi.
Missis Ueldon, Jek, Benedikt tog‘a va Nan kampir 
gumbazning yuqorigi qavatiga – suv chiqmagan joyiga 
chiqib olishdi; lekin qolganlar hammasi beligacha suv 
ichida qolishdi.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish