234
Jyul Vern
Benedikt tog‘a o‘z leksiyasini tugatgan mahalda kech
soat to‘qqizlar bo‘lgan edi. Sheriklarining ko‘pchiligi
uning hasharotlar haqidagi hikoyasini eshitib o‘tirib,
uxlab qolganlarini fahmladimikan? Fahmlamagan bo‘lsa
kerak. Ammo Benedikt tog‘aga bunday tinglovchilarning
unchalik hojati ham yo‘q edi. U o‘zi uchungina gapirar-
di. Gerkules uxlashda hammadan keyin qoldi. Biroq u
ham, qat tiq charchaganligidan axiri ko‘zlarini yumishga
majbur bo‘ldi.
Ehtimol, Benedikt tog‘a hali anchagacha gap sota-
verardi-yu, lekin uni ham uyqu bosa boshladi va axiri u
ham o‘zining «yuqorigi tokchasi»ga chiqib oldi.
Qirchumoli uyasining ichi jimjit bo‘lib qoldi. Tashqari-
da esa momaqaldiroq gulduragani guldiragan,
chaqmoq
chaqqani chaqqan edi. Yomg‘irning to‘xtashidan hech
darak yo‘q edi.
Fonus o‘chirildi va gumbazning ichi qop-qorong‘i bo‘lib
qoldi.
Hamma qattiq uyquga tolganday ko‘rinar edi. Ammo
Dik Send qattiq charchaganligiga qaramay, ko‘ziga
uyqu kelmadi. Uning miyasi tinimsiz ishlar edi. Dik o‘z
hamrohlarini qanday qilib qutqazish kerakligi to‘g‘risida
o‘ylardi. Ularning azob-uqubatlari «Piligrim»ning halo-
kati bilangina tamom bo‘lmadi. Agar ular yerliklarning
qo‘liga tushib qolsalar, og‘irroq qiynoqlarga tushishlari
ehtimol edi.
Kichkina otryadning dengiz qirg‘og‘iga borishidagi
xavflardan eng yomoni bo‘lgan bu dah shatli xatardan
qanday qutqazsa bo‘lar ekan? Biror yomon niyatlari
bo‘lmaganda, Gerris bilan Negoro sayyohlarni An-
golaning qorong‘i burchagiga ergashtirib kelmagan
bo‘lardilar. Ammo ablah portu galiyalik nima qilmoqchi
ekan-a? Kimdan o‘ch olmoqchi ekan? Dik,
Negoro faqat
meni ko‘rarga ko‘zi yo‘q, deb o‘ylardi. U «Piligrim»da
kelayotgan mahalda yuz bergan hamma hodisalarni
yana birma-bir xotirlay boshladi. Halokatga uchragan
235
«O‘n besh yoshli kapitan»
«Valdek» kemasiga uehraganlarini, kit ovini, kapi tan
Gul bilan hamma matroslarning halok bo‘lganini –
hammasini yodiga keltirdi... Dik Send o‘n besh yoshida
kapitan bo‘lganini, Negoro bilan olishib qolganini, uni
o‘ziga bo‘ysundirganini, uni kishanlab tashlayman deb
qo‘rqitganini, otib tashlayman deb do‘q qilganini esladi.
Attang, o‘sha mahalda nimaga shunday qilmadi ekan?
O‘sha vaqtda Negoroni dengizga
uloqtirib tashlaganida,
ehtimol, bunday dahshatli falokatlar bo‘lmasmidi!..
Dik Send shularni o‘ylar edi.
U «Piligrim»ning halokatini esladi. Tinch Boliviya
o‘lkasi o‘rniga dahshatli bezgak kasalliklari, yirtqich
hayvonlari va undan ham beshbattar vahshiy odam-
lari bo‘lgan xatarli Angola o‘lkasidan kelib chiqqanini
bir-bir xotirladi. Otryad dengizga
yetib olgunicha bular
bilan yo‘lda to‘qnash kelishdan qutulib bo‘larmikan?
Dik dengiz qirg‘og‘iga solda suzib borish niyatiga eri-
sha olarmikan? Solda suzib borish quruqlikdan yurib
borishdan ko‘ra yengilroq va xavfsizroq bo‘larmikan?
Dik shubhalanmaslikka urindi. U Jek ham, mis sis
Ueldon ham bu yovvoyi o‘lkada uzoq yo‘l yurishga toqat
qilolmasliklarini yaxshi bilar edi.
«Ahvolimizning chatoqligini, – deb xayol surdi
u, – missis Ueldon va boshqa yo‘lovchilar
bilmasligi
qan day yaxshi-ya! Negoroning kemani Afrikaga burib
yuborganini va uning sherigi Gerris esa bizni Angola
o‘lkasining ichkarisiga aldab olib kelganini Tom bilan
men bilaman, xolos!»
Allakimning nafasi Dik Sendning peshonasiga kelib
tegdi. Qandaydir nozik qo‘l uning yelkasidan ushladi.
Kimdir titroq ovoz bilan uning qulog‘iga:
–
Men hammasidan xabardorman, bechora Dik! – deb
shivirladi.