Markaziy Osiyoda qadimgi yozuvlar, yozuv madaniyati va arxiv ishining vujudga kelishi. Yunon-Baqtriya, Parfiya va Kushonlar davrida davlat ish yuritish an’analari va arxivlar
Arab yozuvi bosqichida ham qadim ajdodlarimiz yozuv madaniyatining peshqadamlari qatorida bo‘lishgan. Yetib kelgan kitobat yodgorliklarida, epigrafik obidalarda o‘lkamiz hattotlari qo‘li bilan o‘yilgan, koshin parchalaridan yig‘ilgan naqshin bitiklar arab xatining turli grafik usullari va husnixat shakllarida bajarilgan. Ayniqsa, ko‘p foydalanilgan xat turlari ko‘fa va uning variantlari, nasta’liq, suls va shikasta shakllaridir. Bulardan tashqari arab yozuvi epigrafik yodgorliklari orasida ko‘p turli muhra naqshin bitiklar usulidan ham foydalanilgan. Ular imorat peshtoqlari, ustunlari va burchak naqshlaridir. Gumbaz ostidan roviy yozuvlarda va imorat dekorativ yozuvlarida asosan Qur’on va Hadis matnlaridan ibratli parchalar bitilar edi. Umuman imorat bezak yozuvlarining g‘oyaviy asosi devorlar yuzasidagi “al-mulk lillah” jumlasiga qo‘shimcha dek hisoblanadi
Bobil hujjatlarining kattagina qismi yirik shaharlar (Bobil, Sippar, Ur, Uruk, Nippur va b.)dan topilgan. Bobildagi ayrim ahmoniylar davri davlat (shoh) arxivlari matnlarini hisobga olmaganda, barcha hujjatlar ibodatxona va shaxsiy arxivlarga taalluqli. Ibodatxona arxivlaridan Urukdagi Eanna va Sippardagi Ebabbarr ibodatxona arxivlarini alohida ta’kidlamoq zarur.
Shaxsiy arxivlardan Egibi va Murashu xonadoni shaxsiy arxivlari boy hujjatlar fondiga ega. Egiba arxivi hujjatlarining ko‘pi Bobilda va uning atroflarida tuzilgan. Ammo bu arxiv hujjatlari turli muzey va nashriyotlarga tarqalib ketgan.
Murashu xonadoni arxivi bitta xonadan topilgan, shuning uchun to‘liq nashr qilingan. Hammasi bo‘lib, 730 ta taxtacha (taxtacha). Ularning aksariyati juda yaxshi saqlangan. Shu kungacha asosiy ko‘pchiligi nashr qilingan. Ular o‘nlab kotiblar tomonidan juda toza va mayin pishitilgan loyga yozilgan. Taxtachalar Nippur va atrofdagi viloyatlarda yozilgan. Ularda 200 dan ortiq aholi punktlari tilga olinadi.
Baqtriya tilidagi so‘zlarni yozishda yunon alifbosining tanlanishi eramizning birinchi asrlarida Baqtriyada ellinistik an’analarning, yunon madaniyati va tilining mustahkam o‘rin topganligidan dalolat beradi. Baqtriya nomlarini yunon harflari orqali aks ettirishga bo‘lgan urinish Kanishkagacha bo‘lgan davrdayoq boshlangan. Yunon harflaridan nafaqat nomlarni va mansablarni yozishda, balki yunon tilida bo‘lmagan so‘zlarni yozishda foydalanila boshlangan. Natijada yunon harflari orqali yunon tilida bo‘lmagan tovushlarni aks ettiradigan belgilar tizimi – baqtriya alifbosi yaratilgan.
Niso hujjatlari qadimgi Parfiyada din haqida ham qiziqarli ma’lumotlar berdi. Parfiyaliklar Mitra va davlat asoschisi Arshakka sig‘inishdan tashqari, yunon xudolariga ham e’tiqod qilishgan. Zardushtiylikning yetakchi o‘rinda ekani hujjatlardagi kishi ismlarining Avesta panteoniga xosligida yaqqol ko‘rinadi. Niso hujjatlarida tilga olingan 200 ta ismning aksariyati zardushtiylik dini ismlari bo‘lib, hatto hujjatdagi xronologik qaydlar zardushtiylik taqvimiga asoslangan. Shuningdek, Fraata, Nanan va boshqa ko‘plab nomlar keltirilgan. Ibodatxonalarning qurilishi haqida yozib qoldirilgan. Niso arxiv hujjatlarida eng avval tilga olingan yil bu miloddan avvalgi 247-yilga to‘g‘ri keladigan bo‘lib, undagi sanalar zardushtiylik taqvimiga mos keladi. Hujjatlarda oy va kunlar terminlari ham uchraydi. Shuni aytish mumkinki, zardushtiylik taqvimining tarixiy ildizlari mustaqil va qadimiy asoslarga ega.
Parfiyoniy hujjatlar Eski Niso – Ashxabod yaqinidagi Bagir tepaligidan topib o‘rganilgan. 1948-yilda M.E.Masson rahbarligidagi Janubiy Turkmaniston arxeologik ekspeditsiyasi vakillari Eski Nisodan bir necha oramiy yozuvli sopol bo‘laklarini topishgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida Eski Nisodagi may omboridan yozuvlar bitilgan 3000 dan ortiq sopol parchalari topilgan. Fanga Eski Niso arxivi nomi bilan kirgan parfiya arxiv hujjatlari qadimgi tariximizni o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Parfiya arxivi hujjatlari dastlab M.M.Dyakonov tomonidan o‘qilgan. Keyinchalik I.M.Dyakonov, M.M.Dyakonov, V.A.Livshis, I.N.Vinnikov Eski Niso hujjatlarini o‘qishgan va e’lon qilishgan. Parfiya davlatining poytaxti Mixrdatkirtning qadimgi xarobalari yaqinida o‘rta asr Niso shahri barpo bo‘lgan. O‘z navbatida, bu shahar mo‘g‘ul istilosi davrida vayron etilgan. Bu shahar xarobalari Niso nomi bilan ma’lum bo‘lgani holda qadimiy nomi unitilgan. Mihrdatkirt vayronalari fanda shartli ravishda Eski Niso deb atalgan.
Markaziy Osiyoning qadimiy yozuvlari oramiy alifbosini davom ettirganlari sababli o‘sha ajdod alifbodagi kabi 22 harfli belgilar tizimidan iborat bo‘lgan: alif, beyt, gimal, dalet, ha, vav, zayn, xet, tet, yoy, kof, lom, mim, nun, se, a’yn, pe, tsadde, qof, resh, shin, tau – bular oramiy harflarining an’anaviy “nomlari”. Asli bularning o‘zi kan’oniy (finikiy) yozuvining davomida paydo bo‘lgan. Holbuki, hali hanuz ushbu sal kam 3500 yillik qadimiy alifbo tizimlarining nomlari zamonaviy alifbo tizimlarining tartibida, ba’zi siljishlarni e’tiborga olmasak, saqlanib kelmoqda: alif, be, te, se, yu, jim, dol, zol, va h.k.; alfa, beta, gamma, delta.......; ey, bi, si, di....., a, b, v, g, d..... va hokazo. arab yozuvi kirib kelib, bu yozuvlarning mavqei yo‘qola borganiga qadar bitilgan ko‘p miqdordagi yozma yodgorliklarni ushbu qadimiy yozuvlarni bilmay turib o‘rganishning aslo iloji yo‘q. Masalan;, birgina parfiyoniy yozuvida Eski Niso xarobalaridan 3000 dan ortiq hujjatlar, bir qancha qoya tosh bitiklari, xorazmiy yozuvida Tuproqqal`a arxivi, Aybuyir qal’a, Oqchaxon, Mizdaxkan, Xumbuz tepa.
Jahon miqyosida yozuv yaratilganiga besh ming yildan oshdi deb hisoblanadi. Umuman inson biror belgini chizibmi yo o‘yib va yoki bo‘yab qoldirsa u o‘zidan iz qoldirdi demak. Bu ma’noda tosh asrining turli bosqichlaridayoq odamzod bir muncha tajribaga ega edi. Jahon bo‘ylab qoya toshlarda saqlangan son-sanoqsiz rang-bo‘yoq yoki tirnab – o‘yib ishlangan suratlar ham ma’lum ma’no tashish vazifasini o‘tagan. Ularda ham voqelik, turli xil munosabatlar aks etgan. Masalan;, odam nimanidir e’zozlagan, nimanidir daf etishni o‘ylab suratga sirli kuch bag‘ishlamoqchi bo‘lgan. Qadimiy ovchilar hayot uchun eng zarur faoliyat – ov oldidan o‘zlariga omad tilab, qoya toshlar sirtiga o‘yib ishlangan baroridan kelgan ov tasvirlari poyida marosimlar qilishgan. Masalan, Zaraut kamar g‘oridagi yovvoyi ho‘kiz ovi manzarasi, Sarmishsoy qoyalaridagi ov chog‘i tasvirlari, ularning oldida marosim raqsiga tushayotgan ibtidoiy ovchilar va boshqalarni eslash kifoya.
Do'stlaringiz bilan baham: |