O’rta Osiyoning ilk o’rta asrlardagi tarixiy geografiyasi Reja



Download 41,5 Kb.
Sana03.07.2022
Hajmi41,5 Kb.
#735973
Bog'liq
11-Mavzu, O\'rta Osiyoning ilk o\'rta asrlardagi tarixiy geografiyasi




O’rta Osiyoning ilk o’rta asrlardagi tarixiy geografiyasi

Reja:

  1. O’rta Osiyoning ilk o’rta asrlardagi tarixiy geografiyasi.

  2. O’rta Osiyoga ilk o’rta asrlarda kirib kelgan xalqlar.

  3. Ilk o’rta asrlarda kirib kelgan xalqlarning O’rta Osiyo etnogeneziga ta’siri.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
O'rta Osiyo tarixining V-VII asrlarini o’z ichiga oluvchi ilk feodalizm davri bir qancha siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy, shuningdek etnik jarayonlarning o’zgarishlari bilan izohlanadi. Bu o’zgarishlar shu vaqtda Markaziy Osiyo hududlariga kirib kelgan ko’chmanchi qabilalar bilan bog’liqdir. Bu qabilalarning kirib kelishi, hukmronligi va kelib chiqishi haqida tarixiy manbalarda bir-biriga zid bo’lgan ma`lumotlar uchraydi1.
Yuejilar hukmdori Tsidalo jujanlar tazyiqi tufayli qarorgohini Xini bolo shahriga ko’chirilganligi haqida ma`lumotlar beradi. Unda yana "jasur yuejigi hukmdori Tsidolo o’z qo’shinlari bilan baland tog’dan o’tib shimoliy Hindistondagi Gand-xaradan shimoldagi 5 ta davlatni bosib oldi deb ma`lumot beradi. Bu solnomalardagi 427 yildagi voqealar bayon qilingan2. Yapon olimi K.Yenoki kidariylar 412-437 yillar oralig’ida Tohariston va Gandxarani qo’l ostida birlashtirgan deb fikr bildiradi.
Kidariylar haqida yana ma`lumotlarni qoldirgan tarixchilardan biri Prisk Paniyskiydir3. U 456 yilda Sosoniylarning xunnkidariy kabilalari bilan olib borgan urushlari haqida ma`lumotlar beradi. Xuddi shu tarixchi 464 yilda Sosoniylar shoxi Vizantiyadan xunnkidariylarga qarshi urushda pul bilan yordam qilishini so’raganligini, bunda u sosoniylar xunn-kidariylarni yengsa, bu ko’chmanchi qabilalar Vizantiya hududlariga tahdid solmasligini ta`kidlab o’tganligini yozadi. Bu yozma ma`lumotlardan tashqari numizmatik manbalar tahlil qilganda ham kidariylar haqida ma`lumotlar uchraydi. Braxma tilidagi bir qancha tangalar mavjud bo’lib, ularda kidara kushanama degan yozuvlar zarb qilingan. Ularni tahlil qilgan-da, Hindikushdan janubda 390-430 yillar oralig’ida zarb qilinganligi aniq bo’ladi. Shu narsa ma`lumki, Tsidolo va Kidara bir shaxs ismining ikki xilda atalishidir. Lekin Hindistonga kelgan kidariylar va Prisk Paniyskiy ma`lumotlaridagi sosoniylar urush olib borgan kidariylar o’rtasida qanday bog’liqlik borligi muammoli masaladir. Yana kidariylarning 477 yilda Gandxaradan Xitoyga elchilar jo’natganligi haqida dastlabki ma`lumotlar Ammian Martsellinda uchraydi. Uninng yozishicha, sosoniylar shoxi Shopur II 346-347 yillarda mamlakatining sharqiy chegaralarida "Xionit va yovsinlar" hujumini qaytargan I.Markvart yozuvida hatolik bor deb hisoblab, keyingi atamani, ya`ni "yovsinlarni" "kusenlar"-kushonlar deb o’qishni taklif qildi4.
Agar bu faraz qabul qilinsa, xioniylar va kidariylar bir qaqtda siyosiy maydonga chiqishgan bo’ladi. Ammian Martsellin xioniylar xaqidagi ma`lumotlarni davom ettirib, Shopur keyinchalik "Xionitlar va gelak-lar" bilan sulx tuzib, ittiqok tuzishga erishganini yozadi. 359 yilda xioniylar ittifoqchilik shartnomasiga sodiq kolib, Shopur 11 qo’shinlari bilan birga Suriyaning Amid shaxrini bosib olishda qatnashadi. Bu jangda xioniylarga Grumbat ismli kishi boshchilik qilgan 60 yillar oxiri va 70 yillar o’rtalarida Shopur 11 ikki marta poytaxtni Balx shaxri bo’lgan "kushonlar" ustiga yurish qilganligi xaqida Arman tarixchisi Favist Buzand ma`lumotlar beradi va bu xar ikki jangda xam sosoniylar yengiladi.
Shuni aytish kerakki, albatta bu yerda "kushonlar" nomi bilan boshqa bir etnik gurux kidariylar yoki xioniylar gavdalangan bo’lishi mumkin. Xo’sh xioniylarning Markaziy O’siyoga kirib kelishi va xukmronligi masalasiga qanday yondashish kerak. Yaponiyalik olim K.Yanoki ya`ni bir farazni ilgari suradi. U shu vaqtgacha Xitoy manbalarida xioniylar xaqida ma`lumotlar uchramaydi degan qarashlarga qarshi chiqib, Xitoy solnomalaridagi "Xunnlarning" yurishlari xaqida bir jumlani keltiradi. Unda "sude xukmdorini o’ldirib, uning yerlarini bosib oldi" deb yozilgan. K Yanoki bu yerda sude-sugd va xunnlarxioniylarning o’zidir degan xulosaga kelgan. Solnomalardagi bu voqealar 437 yilga tegishlidir5. Agar biz bu fikrga qushilsak, xioniylar avval sug’dni bosib olib, keyin shu xudud orqali Markaziy Osiyo janubiga qarab siljishgan.


Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Isoqov M. Unutilgan podsholikdan xatlar. T.: Fan, 1992.

  2. A.Ziyo. O‟zbek davlatchiligi tarixi. T.2000 y.

  3. Nabiev.A."Tarixiy o‟lkashunoslik" T, 1996 y.

  4. O`zbekiston milliy entsiklopediyasi. 1-11-jildlar. T. 2000-2006 yy.

  5. Choriyev Z.U. Tarix atamalarining izohli lug`ati. T.: Akademiya, 2002.

  6. O`zbekistonda etno-demografik jarayonlar. Xalqaro konferentsiya materiallari, 1-2-qismlar. T.: 2005.



1 Isoqov M. Unutilgan podsholikdan xatlar. T.: Fan, 1992.

2 O`zbekiston milliy entsiklopediyasi. 1-11-jildlar. T. 2000-2006 yy.



3 A.Ziyo. O‟zbek davlatchiligi tarixi. T.2000 y.

4 Choriyev Z.U. Tarix atamalarining izohli lug`ati. T.: Akademiya, 2002.



5 O`zbekistonda etno-demografik jarayonlar. Xalqaro konferentsiya materiallari, 1-2-qismlar. T.: 2005.




Download 41,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish