BOSHLANGICH SINF O‘QUVCHILARI TARBIYASIDA XALQ
OĞZAKI IJODIYOTINING AHAMIYATI
Nukus davlat pedagogika instituti Ellikqal'a pedagogika fakulteti
Boshlang'ich talim va sport tarbiyaviy ish yo'nalishi 3-kurs talabalari
Tashliyeva Govher Miratovna
Jumaniyazova Dilnoza Obod qizi
O‘zbek xalqida bola tarbiyasida xalq og‘zaki ijodining o‘rni beqiyos va muhimdir. Xalq og‘zaki ijodi yozma adabiyotdan ancha ilgari paydo bo‘lgan bo‘lib, yozma adabiyotning vujudga kelishi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan.Xalq og‘zaki ijodi bu shoirlar yoki jamoat tamonidan yaratilib og‘izdan og‘izga, avloddan avlodga, ustozdan shogirdga oʻtib, doimiy ravishda mukammallashib, sayqallashib, tobora anʼanaviylashib borgan va nihoyat, kasbiylik (professionallik) xususiyatiga ega boʻlgan, jonli ijro sharoitlari va kundalik amaliyotda bizgacha yetib kelgan badiiy ijod namunasiga aytiladi va u folklor deb ham ataladi. Shuningdek, Xalq ijodining bir qator qadimgi namunalari yozma manbalarda, tarixchi va yozuvchilarning asarlarida, qoyatoshlarda (Sarmishsoy, Zarautsoy rasmlari kabi), arxeologiya va arxitektura yodgorliklarida, uyroʻzgʻor buyumlarida saqlanib kelgan. Xalq og‘zaki ijodi- xalqning iroda, intilish, qiziqish, adolat, ishonch, baxt va haqiqat haqidagi tasavvurlarini yaqqol aks ettirgan.
Bolalar folklori bolalar yoki kattalar tomonidan yaratiladi. Bolalar folklori kichkintoylarning olami bilan kattalarning dunyoqarashining uyg‘unlashuvi natijasida vujudga kelgan, ayniqsa, uning yaratilishida bolalarning ahamiyati katta. O‘zbek bolalar folklori alla, ertak, ermaklar, tez aytish, topishmoq, bolalar o‘yin qo‘shiqlari,maqol, matal va boshqalarni o‘z ichiga oladi. O‘zbekistonda bolalar folklori namunalari ilk marotaba to‘plam holida 1931-yildan nashr etila boshladi.
O‘zbek xonadoni borki, beshik bor. O‘zbek xonadoni borki, alla bor. Har bir bola deyarli tug‘ilganidan, chaqaloqligidan boshlab Xalq og‘zaki ijodi namunalari bilan tanishib boshlaydi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki har bir ona o‘zining farzandiga mehr-muhabbatini, orzu va niyatlarini sehrli kuyi hisoblanmish Xalq og‘zaki ijodining yorqin namunasi - alla orqali ifodalaydi. Alla ijtimoiy-estetik qimmatiga ko‘ra ikki xil vazifani bajaradi: birinchisi- bolani uxlatish, ikkinchisi- allaning emotsional ta‘sirchanligidan kelib chiquvchi xususiyati bo‘lib, bolani kuy og‘ushida hayot bilan tanishtirish, estetik didini shakllantirish va o‘stirish maqsadiga qaratilganligi. Abu Ali ibn Sino bu xususiyatlari haqida shunday deydi: "... bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun ung ikki narsani qo‘llamoq kerak. Biri, bolani sekin-asta tebratish, ikkinchisi, uni uxlatish uchun odat bo‘lib qolgan musiqa va allalashdir". Bularni barchasi bola ulg‘ayib shakllanishida allaning o‘rni beqiyosligini anglatadi.
Folklor namunalari kichkintoylarga boshlang‘ich sinf paytidanoq o‘rgatiladi va darslikda mavzu sifatida o‘qitiladi. Masalan, 3 va 4-sinf "O‘qish" darsligida "Xalq og‘zaki ijodi" degan alohida bo‘lim bor.
3-sinf o'qish darsligida "Sanama", " Chillak", " Chittigul", "Arra-marra" kabi o‘yin qo‘shiqlar berilgan. Bu o‘yin qo‘shiqlarini bolalar o‘yin o‘ynagan paytda aytib o‘ynashgan. Bundan tashqari Vatan, do‘stlik, kitob, ilm-fan, odob-axloq, ota-ona va farzand kabi mavzulardagi tarbiyaviy ahamiyat kasb qilgan maqollar ham berilgan.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga yangi ma‘lumotlarni berganda ularning eslab qolishlari uchun yengil belgilar bilan berish lozim. Xalq og‘zaki ijodi ham aynan yengil bo‘lgani uchun eslab qolishga juda qulay.
Bilamizki, bolalar juda ta‘sirchan bo‘ladi. Ularga qaysi tarafdan ta‘sir qilsa shu tarafga qarab yo‘naladi. Shu sababli boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga yaxshilik, ezgulik, mehribonlik va halollikga undovchi materillar o‘qitiladi. Ayniqsa hikoya, ertak, rivoylatlar obrazli bo‘lganligi sababli eng samarali vositadir. "Donishmand yigit", " Ahillik- ulug' baxt" kabi o‘zbek, qirg‘iz xalq ertaklari og‘izdan-og‘izga, xalqdan-xalqqa o‘tib yillar davomida sayqallanib necha-necha bolalarga tarbiya berisha xizmat qilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Jahongirov F. O‘zbek bolalar folklori Toshkent 1975.
2. M. Umarova, X. Xamraqulova, R. Tojiboyeva "O‘qish" kitobi: Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 3-sinfi uchun darslik. Toshkent-2019.
3. S. Matchonov, A. Shojalilov, X. G‘ulomova, Sh. Sariyeva, Z. Dolimov "O‘qish" kutobi: Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik. Toshkent-2020.
Do'stlaringiz bilan baham: |