1-topshiriq.
Jadvalni to'ldiring:
1. Jadvalni to'ldirishda taklif qilingan adabiyotlardan foydalaning;
2. Javobning to'liqligi uchun kerakli bo'lgan misollarni keltiring
Tr
Savollar
Izoh
1
“Islom” so’zining
ma’nosi
“Islom” so’zi arabcha «Ollohga o’zini
topshirish», «itoat etish», «taslim bo’lish»,
«bo’ysunish» ma’nolarini beradi
2
Islom dini qachon va
qayerda vujudga kelgan?
VII asrda Hijoz (Gʻarbiy Arabiston) da paydo
boʻldi. Uning asoschisi Muhammad (s a v)dir.
Islom dinining paydo boʻlishi xususida Islom
manbalariga asoslangan diniy anʼanada u ilohiy
hodisa, insonlarni toʻ g ʻri yoʻlga solish uchun
Alloh tomonidan yuborilgan oxirgi taʼlimot deb
uqtiriladi
3
Islom dini Payg’ambar
Muhammad s.a.v. avvalgi payg’ambarlar ishini
davom ettirgan, ular dinini qayta tiklagan,
qiyomat oldidan yuborilgan oxirgi payg’ambar –
Nabiy va Rasul deb tan olinadi.
4
Islom dinining diniy
ramzlar
Yarim oy va yulduz
5
Islom dinining muqaddas
manbalari
Quroni karim, hadislar
6
Islom dini bayram va
marosimlari
Islomda xatna, ro ʻza hayiti, qurbonlik va qurbon
hayiti, aqiqa, mavlid, xudoyi, ashuro kabi oʻziga
xos diniy marosimchilik tarkib topgan
7
Islom diniga e’tiqod
qilubchilar soni
Jahonda qariyb 1,7 mlrd. kishi Islomga eʼtiqod
qiladi.
8
Islom dini tarqalish
hududi
Musulmonlarning 2/3 qismidan koʻprogʻi
Osiyoda yashaydi. Dunyoda musulmon
jamoalari mavjud boʻlgan 120 dan ortiq
mamlakatdan 40 dan ziyodida musulmonlar
aholining koʻpchiligini tashkil qiladi — Shim.
Afrika, Gʻarbiy Osiyoning barcha
mamlakatlarida ( Kipr, Livan, Isroil mustasno),
Senegal, Gambiya, Niger, Somali, Afgʻoniston,
Pokiston, Bangladesh, Indoneziya va boshqalar.
baʼzi mamlakatlarda aholining 80% dan ortigʻi
musulmonlardir. Musulmonlarning soni jihatdan
eng yirik davlatlar — Indoneziya, Hindiston,
Pokiston va Bangladesh; musulmonlarning
anchasi Markaziy Osiyo mamlakatlari, Xitoy,
Tailand, Efiopiya, Tanzaniya, Kiprda,
Yevropaning ayrim mamlakatlari .
2-topshiriq.
Keys savollariga javob bering:
1. Islom so’zining ma’nosi nima?
2. Nabiy va Rasul qanday ma’nolarni anglatadi?
“Islom” so’zi arabcha «Ollohga o’zini topshirish», «itoat etish», «taslim
bo’lish», «bo’ysunish» ma’nolarini beradi. Islomning asosiy manbasi
bo’lmish Qur’oni Karim VII asrda nozil bo’lgan bo’lsa-da, islom
ta’limotiga ko’ra bu din, yer yuzida insoniyat paydo bo’libdiki,
barchalariga nozil qilingan. Muhammad s.a.v. avvalgi payg’ambarlar
ishini davom ettirgan, ular dinini qayta tiklagan, qiyomat oldidan
yuborilgan oxirgi payg’ambar – Nabiy va Rasul deb tan olinadi.
Nabiy – payg’ambar, arab tilidan tarjimasi xabarchi, xabar yetkazuvchi
ma’nolarini beradi. Payg’ambarlar orasida ularga Alloh tomonidan
alohida kitob va shariat nozil qilinmagan va avvalgi payg’ambarning
kitob va shariatini insonlarga targ’ib qilganlari nabiylar deb ataladi
(Ismoil, Ishoq, Ya’qub, Zakariyo kabi). Rasul – payg’ambar, arab tilida
elchi ma’nosini anglatadi. Alloh tomonidan alohida kitob va shariat
berilgan payg’ambarlar rasullar darajasiga erishgan hisoblanadi (Ibrohim,
Muso, Iso kabi).
Do'stlaringiz bilan baham: |