«Orbit bilan sevgan taomimni yeyman!» aksiyasining ommaviy ofertasi
1.
«Orbit bilan sevgan taomimni yeyman!» aksiyasida ishtirok etish shartlari
1.1. 2021 yil 29 martning soat 09:00 dan 2021 yil 22 mayning soat 23:59 gacha bo’lgan muddat davomida:
Orbit qutisi bilan sevgan taomingni rasmga ol
@orbit_uzbot botda ro’yxatdan o’t
Fotosuratni @orbit_uzbot Telegram-botga yubor
Fotosurat tekshiruvidan o’t va sovg’alar o’ynalishida ishtirok et!
1.2. Aksiyaning nomi: “Orbit bilan sevgan taomimni yeyman!” (keyinchalik – “Aksiya”);
1.3. Aksiya rag’batlantiruvchi lotereya bo’lib hisoblanmaydi, unda ishtirok etish Ishtirokchilar tomonidan to’lov
kiritish bilan bog’liq emas hamda tavakkalchilikka asoslanmagan;
1.4. Aksiyada ishtirok etish majburiy hisoblanmaydi;
1.5. Aksiyani o’tkazish umumiy muddati: 2021 yil 29 martdan 2021 yil 22 maygacha;
1.6. Aksiyani o’tkazish hududi: O’zbekiston Respublikasi;
1.7. Aksiyaning Tashkilotchisi: “KOGI ADVERTISING CA” LLC;
1.8. Tashkilotchi bunday o'zgartirishlarni Telegram-botda majburiy holda e'lon etish sharti bilan ushbu Shartlarga
o'zgartirish kiritish huquqini o'zida saqlab qoladi;
1.9. AKSIYA ISHTIROKCHISINING AKSIYANING @orbit-uzbot TELEGRAM-BOTIDA RO’YXATDAN O’TISHI, UNING
USHBU QOIDALAR BILAN TANISHIB CHIQQANLIGINI, HAMDA BUTUNLAY ROZILIGINI BILDIRADI. ROZILIK
TO’LIQ VA QAT’IY BO’LIB HISOBLANADI;
1.10. Tanlovda, umumiy shartlar asosida 14 yoshdan katta bo'lgan har qanday O'zbekiston Respublikasi fuqarosi
ishtirok etishi mumkin. Voyaga yetmaganlar tanlovida qatnashish O'zbekiston Respublikasining amaldagi
qonunchiligida belgilangan tartibda, ularning qonuniy vakillari orqali amalga oshiriladi. Voyaga
yetmaganlarning Aksiyada ishtirok etishi uchun ota-onalardan birining yoki qonuniy vakilining roziligi,
shuningdek mukofot olayotganda ularning ishtirok etishi talab qilinadi;
1.11. Aksiyada quyidagilar ishtirok etishi mumkin emas: Tashkilotchilarning va Aksiya Buyurtmachisining xodimlari,
ularning oila a'zolari, Tashkilotchi va Aksiya Buyurtmachisining manfaatlarini ifodalovchi shaxslar, Tashkilotchi
va Aksiya Buyurtmachisi bilan belgilangan tartibda affilangan deb tan olingan shaxslar, Aksiya Tashkilotchisi va
Buyurtmachisi bilan boshqa belgilangan fuqarolik-qonunchilik va boshqa munosabatlarga ega bo'lgan va
Aksiyani tashkil qilish va/yoki o'tkazish bilan bog'liq xodimlai va uchinchi shaxslarning vakillari, shuningdek,
ularning oila a'zolari, fuqaroligi yo'q shaxslar hamda O'zbekiston Respublikasida yashash uchun ruxsatnomasi
bo'lmagan boshqa davlatlarning fuqarolari.