REJA: 1. Qomusiy olimlarning jahon madaniyati sivilizatsiyaga qo’shgan hissasi. 2. Qomusiy olimlar haqida ma’lumot: Al-Xorazmiy, Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy. 3. Ularning adabiyot sohasidagi xizmatlari. O’rta Osiyo o’zining qomusiy olimlari bilan ham iftixor qiladi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Imom Buxoriy, Imom At-Termiziy, Xoja Bahovuddin Naqshband, Xo’ja Ahmad Yassaviy, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Bobur va boshqa ko’plab buyuk ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga o’lkan hissa qo’shadilar, xalqimizning milliy iftixori bo’lib qoldilar. Ularning nomlari, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo’shgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma’lum”. - O’rta Osiyo o’zining qomusiy olimlari bilan ham iftixor qiladi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Imom Buxoriy, Imom At-Termiziy, Xoja Bahovuddin Naqshband, Xo’ja Ahmad Yassaviy, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Bobur va boshqa ko’plab buyuk ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga o’lkan hissa qo’shadilar, xalqimizning milliy iftixori bo’lib qoldilar. Ularning nomlari, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo’shgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma’lum”.
- Ana shunday qomusiy olimlardan biri Al-Xorazmiydir. Uning asl ismi Abu Abdullo Muhammad ibn Muso bo’lib, 780-yilda Xivada tug’ilgan. Xorazmiy dunyoga mashhur matematik va astronom sifatida tanilgan. Xorazmiy tarixda nomini qoldirgan buyuk asar “Al-jabr val muqobala” risolasidir. U keyinchalik matematikaning alohida sohasi bo’lgan algebra fanining nomiga asos bo’lgan
Ana shu asosda uning nomi Yevropa mamlakatlariga ham yoyiladi. Hozirgi zamon hisoblash texnikasida keng qo’llanilayotgan “algoritm” atamasi ham olim nomidan kelib chiqqan. U matematikaning nazariy masalalarini o’rganish bilan cheklanmay, ularning amaliyotga tatbiq qilinishini ham ko’rsatib bergan. Xorazmiyning “Kitob surat al-arz” (“Yerning surati”) asari geografiya fani sohasidagi o’lkan kashfiyot bo’ldi. Olim tuzgan “Astronomik jadvallar” esa XII asrda arab tilidan lOtin tiliga tarjima qilingan va Yevropa mamlakatlarida mashhur bo’lgan. - Ana shu asosda uning nomi Yevropa mamlakatlariga ham yoyiladi. Hozirgi zamon hisoblash texnikasida keng qo’llanilayotgan “algoritm” atamasi ham olim nomidan kelib chiqqan. U matematikaning nazariy masalalarini o’rganish bilan cheklanmay, ularning amaliyotga tatbiq qilinishini ham ko’rsatib bergan. Xorazmiyning “Kitob surat al-arz” (“Yerning surati”) asari geografiya fani sohasidagi o’lkan kashfiyot bo’ldi. Olim tuzgan “Astronomik jadvallar” esa XII asrda arab tilidan lOtin tiliga tarjima qilingan va Yevropa mamlakatlarida mashhur bo’lgan.
- Uning Yer kurrasi kattaligini aniqlash borasidagi xizmatlari ham tahsinga loyiqdir. Shuningdek , Xorazmiyning “Quyosh soatlari to’g’risida”, “Tarix risolasi”, “ Musiqa risolasi “ singari asarlar yozgani ham ma’lum.
Do'stlaringiz bilan baham: |