Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

308
Jyul Vern
Uning savollariga javob qaytarish o‘rniga missis Ueldon 
uni bag‘riga bosib o‘par va bolasi oldida yig‘lab yuborish-
dan o‘zini zo‘rg‘a tiyar edi.
Kuanzadan Kazondega kelgan mahalda ham, Al-
vetsning qo‘rg‘onida ham missis Ueldonga hech kim 
qo‘pol muomala qilmadi. Qul savdogarlari un ga nisbatan 
bo‘lgan munosabatlarini o‘zgartirmaslikka qaror bergan 
bo‘lsalar kerak.
Qo‘rg‘onda qul savdogarlariga xizmat qiladigan qul-
largina turar edi. Boshqa qullar esa «sotiladigan mol» 
o‘rnida bozordagi baraklarda turar edilar va o‘sha 
yerdan ularni xaridorlar olib ketar edi. Omborlar ham 
qo‘rg‘on ichida edi. Ularda gazlama bilan fil suyaklari 
oshib-toshib yotardi. Alvets gazlamalarni Afrikaning 
ichkarigi viloyatlarida qullarga ayribosh qilardi, fil 
suyaklarini esa sotish uchun Yevropaga jo‘natar edi.
Demak, qo‘rg‘onda ko‘p kishi turmas edi. Missis Uel-
don bilan Benedikt tog‘aga alohida uy berishdi. Ular birga 
ovqat qilishar edi. Ularni go‘sht, sabzavot, manioka uni
sorgo
47
, mevalar bilan to‘ydirib boqishardi.
Missis Ueldonga xizmat qilish uchun Halima de gan 
maxsus qul xizmatkor berishdi. Bu qiz missis Ueldonni 
yaxshi ko‘rib qolib, qo‘lidan kelganicha xizmat qildi. Mis-
sis Ueldon Alvetsning boshqa qullari bilan hech to‘qnash 
kelmasdi.
Qo‘rg‘onning katta uyida turuvchi qul savdogarlari-
ning o‘zini missis Ueldon har zamonda ko‘rar edi. Ne-
goro boshqa joyda turardi. Kazon dega kelganidan beri 
missis Ueldon uni bir marta ham ko‘rmadi, Negoroning 
ko‘rinmay ketishiga missis Ueldon boshda ajablandi, 
keyinchalik esa hatto tashvish ham qila boshladi.
«Nima qilmoqchi ekan u?» – deb so‘rar edi mis sis 
Ueldon o‘z-o‘zidan. – Nimani kutyapti ekan-a? Bizlarni 
Kazondega nima uchun olib keldi ekan?»
47
Sorgo
 –
g‘allasimon ekinlardan, tariqqa o‘xshaydi. Tropik 
Afrikada ko‘p ekiladi va ovqat qilib yeyiladi.


309
«O‘n besh yoshli kapitan»
Ibn Homisning karvoni Kazondega kelganga qadar 
sakkiz kun ana shunday tashvish bilan o‘tdi.
O‘zining hasrati va g‘am-g‘ussalari ustiga mis sis Uel-
don aksari eri qanday tashvish tortayotgani to‘g‘risida 
ham o‘ylar edi. Jems Ueldon, hech shubhasiz, qattiq 
tashvishda qolgan bo‘lsa kerak. U xotinining «Piligrim» 
kemasida sayohat qilishini xayoliga ham keltirmagandir. 
Jems Ueldon uni «Okean kemalari shirkati»ning birorta 
paroxodiga tushib keladi, deb o‘ylar edi. Bu paroxodlar 
tayinlangan vaqtda San-Fransisko portiga doim kelib 
tu rar edi. Biroq missis Ueldondan ham, Jekdan ham, 
Benedikt tog‘adan ham hech darak yo‘q edi.
«Piligrim»ning ham San-Fransiskoga qaytib keladigan 
vaqti bo‘lib qoldi. Jems Ueldon kapitan Guldan hech 
qanday darak bo‘lmaganligi sababli, bu kema yo‘q bo‘lib 
ketdi, deb o‘ylagan bo‘lsa kerak.
Hali bu ham hech gap emas edi, falokatning kattasi 
oldinda turibdi: Jems Ueldon Oklend muxbirlarining, 
missis Ueldon «Piligrim» ke masiga tushib Yangi Zelandi-
yadan jo‘nab ketdi, degan xabarini eshitgan kuni qattiq 
tashvishga tushadi. Buni eshitgach, mister Ueldon nima 
qilarkan? Xotinim bilan o‘g‘lim bedarak yo‘qolib ketdi 
deb, xotirjam bo‘lib qolavermaydi, albatta. Lekin ularni 
qayerdan qidirsin? Albatta, Tinch okean orollaridan, 
ehtimol, Janubiy Amerika sohilidan qidirar. Hamma 
joydan qidirsa ham, lekin bu yerdan qidirmaydi. Xotini 
bilan o‘g‘lining Afrikaga borib qolganini u hech qachon 
xayoliga ham keltirmaydi!
Missis Ueldon shunday o‘ylarga borar edi. U bechora-
ning qo‘lidan nima ham kelardi? Qochib ketsinmi? Qan-
day qilib? Uning har bir harakatini kuzatib turar edilar. 
Hatto o‘ng kelib qochgan ma halida ham ming o‘lim 
xavflarini kechirib, odam bolasi oyoq bosmagan qalin 
o‘rmonlardan ikki yuz mildan ortiq yo‘l yurishi kerak edi.
Agarda ozodlikka chiqish uchun boshqa chora bo‘lma-
sa, missis Ueldon shunday qilishga ham tayyor edi. 



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish