Fuqaro N. Olimov Toshkent shahar Shayxontohur tumani tinchlik mahallasida joylashgan xonadonda xotini va uch farzandi bilan yashab kelar edi. Spirtli ichimliklarni ichishga odatlangan N



Download 31,16 Kb.
Sana11.08.2021
Hajmi31,16 Kb.
#144622
Bog'liq
Fuqaro N


9-KAZUS

Fuqaro N.Olimov Toshkent shahar Shayxontohur tumani tinchlik mahallasida joylashgan xonadonda xotini va uch farzandi bilan yashab kelar edi. Spirtli ichimliklarni ichishga odatlangan N.Olimov ishdan kelib uyida janjal ko'tarardi. N.Olimovning xotini otasining uyiga ketib qolar va u erda bir qancha kun yashab yana erining uyiga qaytib kelardi. Ushbu holat fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi tomonidan uning oilasini notinch va muammoli oila deb topishga asos bo'ldi.

2020 yil 25-27 aprel kunlari O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligining Shayhontohur tuman bo'limi tomonidan tinchlik mahallasiga notinch va muammoli oilalarni aniqlash hamda ularning manzilli ro'yxatlarini tuzish maqsadida o'rganish ishlari olib borish uchun mutaxassislar yuborildi. Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligining Shayhontohur tuman bo'limi vakillariga tinchlik mahallasi fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organi raisi Sh.Davronov tomonidan mahalladagi notinch va muammoli oilalarning ro'yxati taqdim etildi.

Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligining Shayhontohur tuman bo'limi vakillari fuqaro N.Olimovning oilasi haqiqatdan notinch va muammoli ekaniga ishonch hosil qilishni istadilar. Shu maqsadida N.Olimov hamda uning oila a'zolari bilan suhbat olib borish uchun uning xonadoniga tashrif buyurdilar.

Biroq, N.Olimov vazirlik vakillarining uyiga kiritmadi va ular bilan suhbat qurishni ham istamadi. Shunda, vazirlik vakillari va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi raisi Sh.Davronov vaziyat yuzasidan ichki ishlar organi profilaktika inspektoriga murojaat qilib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko'ra bunday oilalar bilan to'g'ridan-to'g'ri ishlashni tashkil etish vazirlikning vakolati ekanini aytib, N.Olimov va uning oila a'zolarini mahalla idorasiga majburiy keltirishni so'radilar.

N.Olimov profilaktika inspektoriga vazirlikning bunday vakolatga ega ekani uning shaxsiy huquqlari va erkinligiga putur etkazishini aytib, umuman bunday vazirlikning tuzilgani oilalar va ular a'zolarining shaxsiy hayotiga aralashishga olib kelishini ta'kidladi va mahalla idorasiga borishdan bosh tortdi. Shunga qaramay N.Olimov profilaktika inspektori tomonidan mahalla idorasiga olib kelindi va u bilan tegishli suhbat olib borildi.

Ma'lumoti oliy bo'lgan N.Olimov izlanib O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligining nizomini topib u bilan yaqindan tanishib chiqdi. Nizom Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangani sababli hukumatga murojaat yo'lladi. Murojaatda O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligining tashkil etilgani fuqarolar va oilalarning shaxsiy hayotiga aralashishga olib kelishi, shu bois mazkur vazirlikni tugatish lozimligini aytdi.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan murojaatga yo'llangan javobda ushbu vazirlik O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida belgilangan tartibga rioya etgan holda tashkil etilgani, Konstitusiyaning 3-moddasiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilashga haqli bo'lib, mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligini tashkil etilishi ayni shu konstitusiyaviy printsipga asoslanishi tushuntirildi.

N.Olimov murojaatiga yo'llangan javobdan norozi bo'lib O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudiga O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligini tashkil etishga doir qonun hujjatlarini O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga zid deb topishni so'rab murojaat etdi.

Vaziyatga huquqiy baho bering.

1.Fuqarolarning uzini uzi boshqarish organi nima ?

2.Sh.Davronov vaziyat yuzasidan ichki ishlar organi profilaktika inspektoriga murojaat qilib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko'ra bunday oilalar bilan to'g'ridan-to'g'ri ishlashni tashkil etish vazirlikning vakolati ekanini aytib, N.Olimov va uning oila a'zolarini mahalla idorasiga majburiy keltirishni suragani to 'g 'rimi ?

3. N.Olimov O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligining tashkil etilgani fuqarolar va oilalarning shaxsiy hayotiga aralashishga olib kelishi, shu bois mazkur vazirlikni tugatish lozimligini aytganligi to’g’rimi ?

1. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari - fuqarolarning xalq hokimiyatini bevosita amalga oshirishi, davlat va jamiyat ishlarida toʻgʻridantoʻgʻri ishtirok etishi vositalaridan biri. Asosiy vazifasi fuqarolarni mahalliy ahamiyatga bogʻliq masalalarni hal qilishda mustakil faoliyat olib borishini taʼminlashdir.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (105- moddasi) va "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida" (yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (1999 yil 14 aprel)da Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari huquqiy holati koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu qonunga koʻra, fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlariga quyidagilar kiradi : shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining , shuningdek, shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolarining yigʻini; fuqarolar yigʻinining kengashi; fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy ioʻnalishlari boʻyicha komissiyalar; fuqarolar yigʻinining taftish komissiyasi; tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin boʻlgan shaharchalar, qishloklar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tuziladigan maʼmuriy komissiya. Fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. Fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlari yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, namunadagi muhrga ega boʻladi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida roʻyxatga olinishi kerak.

Oʻzbekistonda 10 mingdan ortiq fuqarolarni o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyat koʻrsatmoqda. Fuqarolar yigʻini organlarini va ularning mansabdor shaxslarini saylash fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlarini taʼminlagan hodda, umumiy, teng va toʻgʻridan toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin yoki ochiq ovoz berish yoʻli bilan amalga oshiriladi. "Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida" qonun qabul qilingan (2004 yil 29 avgust.).

O’zini o’zi boshqarish orqali fuqarolar davlat va jamiyatda faol ishtirok etadi.O’zini o’zi boshqarish fuqarolarni jamiyat va davlatga aralashishi uchun muhum vositadir.1

Fuqarolar yigʻini — fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarishining yuqori organi boʻlib, aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan tegishli hududda amal qiluvchi qarorlar qabul qilish huquqiga ega. Fuqarolar yigʻinida 18 yoshga toʻlgan hamda shaharcha, qishloq, ovul va mahalla hududida doimiy yashayotgan shaxslar qatnashadi. "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida"gi yangi tahrirdagi qonunda shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yigʻini va shahardagi mahalla fuqarolar yigʻinining vakolatlari koʻrsatilgan. Fuqarolar yigʻinining qarorlarini bajarish va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining fuqarolar yigʻinlari oraliq davridagi joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarning raislari va yigʻinning masʼul kotibidan iborat tarkibda fuqarolar yigʻinining kengashi tuziladi. Fuqarolarni o’zini o’zi boshqarish organlarining faoliyatini tashkil etishni uning kengashi hamda fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) amalga oshiradi. Fuqarolar yigʻini kengashi oʻz devoniga ega boʻlishi mumkin, uning xodimlari soni yigʻin tomonidan belgilanadi. Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), masʼul kotibi va kengash devoni xodimlari fuqarolar yigʻinining mablagʻlari hisobiga ham, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobiga ham taʼminlanishi mumkin. Taftish k o missiyasi F.oʻ.oʻ.b.o. moliyaxoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun tuziladi. Maʼmuriy komissiya maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid oʻz vakolatlari doirasidagi ishlarni koʻrib chiqish uchun tuziladi.

Fuqarolarni o’zini o’zi boshqarish organlarining faoliyatini muvofiklashtirish maqsadida respublika oqsoqollar kengashi, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish ishlari boʻyicha viloyat, tuman, shahar muvofiklashtirish kengashlari tuzilishi mumkin. Fuqarolarni o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosi oʻz mablagʻlaridan, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan belgilangan tartibda ajratiladigan byudjet mablagʻlaridan, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayr-ehsonlaridan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablagʻlardan tashkil topadi.

Fuqaro N.Olimov mahallaga chaqirganda kelishi shart edi lekin kelishdan bosh tortdi bunday holatda profilaktika inspektori kuch ishlatganini to’g’ri deb hisoblayman.

“Fuqarolarni o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risidagi “qonunning 13-moddasida fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) vakolatlari kursatilgan fuqarolar yig‘inini chaqiradi;

rais maslahatchilarining, mas’ul kotibning, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar hamda ma’muriy komissiya raislari va a’zolarining nomzodlarini saylash uchun fuqarolar yig‘iniga taqdim etadi;

qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining, fuqarolar yig‘ini va uning Kengashi qarorlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga doir ishlarni tashkil etadi;

davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, sudda, yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda fuqarolarning manfaatlarini ifodalaydi;

fuqarolar yig‘ini mablag‘larini qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi;

egasiz mol-mulkni, shuningdek meros tariqasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga o‘tgan mol-mulkni saqlash chora-tadbirlarini ko‘radi;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi nomidan shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi;

kam ta’minlangan oilalarning, shuningdek tabiiy ofatlardan jabr ko‘rgan fuqarolarning moddiy va uy-joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash to‘g‘risida tegishli organlarga takliflar kiritadi;

o‘z hududi doirasida yashovchilarni hisobga olib borishni, shuningdek tegishli hududda jamoat tartibini ta’minlashda, shu jumladan fuqarolarning kelishi va ketishini hisobga olishni tashkil etishda, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish ishida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashishga doir ishlarni tashkil etadi;

voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha jamoatchilik ishlarini tashkil etadi, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar haqidagi ma’lumotlarni vasiylik va homiylik organlariga taqdim etadi, shuningdek bunday bolalarni tegishli davlat muassasalariga joylashtirishga ko‘maklashadi;

ichki ishlar organlarining profilaktika bo‘yicha tegishli inspektori bilan birgalikda “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;

yarashtiruv komissiyasida raislik qiladi;

tegishli hududda bayram kunlari va muhim sanalar bilan bog‘liq ommaviy tadbirlar o‘tkazilishini tashkil qiladi;

ro‘yxatdan o‘tmagan diniy tashkilotlar faoliyat ko‘rsatishining, diniy qarashlarni majburan singdirish hollarining oldini olishga doir ishlarni uyushtiradi, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etadi;

fuqarolarni qabul qiladi, ularning shikoyatlari, arizalari va takliflarini ko‘rib chiqadi;

fuqarolarga ularning oilaviy va mulkiy ahvoli to‘g‘risida ma’lumotnomalar hamda hujjatlar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar berilishini ta’minlaydi;

fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida qonunda belgilangan tartibda tegishli organlarga taqdimnomalar kiritadi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) belgilangan namunadagi guvohnomaga ega bo‘ladi.

Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligining asosiy vazifalari va funktsiyalari nimalardan iborat ?

Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

jamiyatda "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyilining to'laqonli va samarali joriy etilishida har tomonlama ko'maklashish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirishda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlik o'rnatish;

oila institutini mustahkamlash bo'yicha, eng avvalo, "sog'lom oila — sog'lom jamiyat" g'oyasini hayotga tatbiq etishga yo'naltirilgan yagona davlat siyosatini yuritish, notinch va muammoli oilalarga manzilli ko'maklashishni tashkil etish;

xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlashga oid davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta'minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta'minlash;

xotin-qizlarning muammolarini o'z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo'lgan va og'ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi bo'lgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko'rsatish;

xotin-qizlarning bandligini ta'minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish masalalarida har tomonlama manzilli qo'llab-quvvatlash;

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini qo'llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mahalla tizimini rivojlantirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o'rni va rolini kuchaytirish, aholi kundalik muammolari bilan ishlash va ta'sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi mavqeini yuksaltirish;

mahallalarda qonun ustuvorligini ta'minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarida ichki ishlar organlari, boshqa davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining o'zaro hamkorligini mustahkamlash;

yolg'iz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta'minlangan oilalarga moddiy ko'maklashish, ijtimoiy qo'llab-quvvatlashni ta'minlashda huquqiy, uslubiy va amaliy yordam ko'rsatish, nuroniylarning bilim va boy hayotiy tajribasidan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash masalalarida samarali foydalanish;

fuqarolar yig'inlarining moddiy-texnika ta'minotini yaxshilash hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi.2

Xulosa qilib aytsak Sh.Davronov tomonidan mahalladagi notinch va muammoli oilalarning ro'yxati taqdim etilganda N.Olimovni mahallaga chqairganda rad etadi profilaktika inspektorlari kuch ishlatib opkelishganini to’g’ri deb hioblayman.

N.Olimov norozi bo'lib O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudiga O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligini tashkil etishga doir qonun hujjatlarini O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga zid deb topishni so'rab murojaat etdi lekin vazirlik konstitutsiyani buzmagan edi bu holatlar buyicha N.Olimovni harakatlari noto’g’ri deb hisoblayman.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.O’zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005)

2.Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risidagi qonun

3.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

4. O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risidagi qonun.

Foydalanilgan saytlar


  1. Lex.uz

  2. Madad.uz

  3. Norma.uz

  4. Civil.uz

MANTIQIY SAVOL 28

Teng huquqlilik deganda nimani tushunasiz? Teng huquqlilik printsipini cheklashning konstitusiyaviy asoslarini yoritib bering.

Teng huquqlilik - konstitutsionalizmning asosiy prinsiplaridan va demokratiyaning muhim elementlaridan biri; fuqarolarning davlat, qonun, sud oldida tengligini rasman eʼtirof etishni bildiradi. Unga koʻra, muayyan davlat fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, yashash joyi, dinga munosabati, eʼtiqodi, jamoat birlashmalariga taalluqligi, shuningdek, boshqa holatlaridan qatʼi nazar, teng huquq, erkinlik va majburiyatga ega boʻladilar. Teng huquqlilikning realligi jamiyat va davlat tuzumining qanchalik demokratiyaliligini anglatadi.

Teng huquqlilik tamoyilini Fransiya inqilobi ilgari surdi ("Ozodlik, tenglik, qardoshlik") va u koʻp mamlakatlarning konstitutsiyalari hamda inson huquklari deklaratsiyalarida mustahkamlandi.3 Hozirgi zamon davlatlarining konstitutsiyaviy nazariyasi fuqarolarning huquqda tabiiy xarakterga ega boʻlgan baʼzi farklari boʻlishi mumkinligini tan oladi, masalan, jahonning koʻpchilik davlatlarida harbiy xizmatni oʻtash majburiyati faqat erkaklar zimmasiga yuklanadi, keyingi oʻn yilliklarda nogironlar, bolalar, kam sonli tub xalq vakillari uchun alohida konstitutsiyaviy huquqlar belgilab qoʻyila boshlandi va h.k. Fuqarolarning teng xuquqligi prinsipi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida mustahkamlab qoʻyilgan.

MANTIQIY SAVOL 25

Shaxsning huquqiy maqomi tushunchasiga ta'rif bering. Shaxsning huquqiy maqomi qanday turlarga bo‘linadi ?

Shaxs huquqiy maqomi tushunchasi

O`zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha jabhalarini demokratlashtirish yo`liga o`tdi. Jahon tajribasidan ma'lumki, shaxsning asosiy huquq hamda erkinliklarini qat'iy himoya qilmasdan va amalda ta'minlamasdan turib, jamiyatni demokratlashtirish mumkin emas. Xalqimizning boy ma'naviy salohiyati, uning tasarrufida bo`lmish ulkan tabiiy boyliklar va texnikaviy imkoniyatlar, mustahkamlanib borayotgan xalqaro aloqalar demokratik rivojlanish hamda inson huquqlariga rioya etilishi uchun zarur shart-sharoitlarni bosqichma-bosqich yaratish imkonini bermoqda.

Shaxsning huquqiy maqomi deganda inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda burchlarining majmui tushuniladi.

O`zbekiston Konstitutsiyasi inson huquq va erkinliklari borasida BMTning 1948- yilda qabul qilingan "Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi" ifodasini topgan qoidalarni yaxlit mushtaraklikda mujassamlashtirib olgan.

O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar.

Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qo`yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsipiga mos bo`lishi shart.

O`zbekiston Respublikasi o`zining ichki va tashqi siyosatida BMTning ikkinchi Umumjahon konferensiyasida 1993-yili tasdiqlangan "Inson huquq va erkinliklarining universalligi" talablariga qat'iy rioya etib, ular himoyasi barcha davlatlarni qonuniy ravishda tashvishlantirib turuvchi muammo ekanligi haqiqatidan kelib chiqadi. Bugun jahonda 300 dan ortiq hujjat inson va fuqarolar huquqi sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlar tizimini tashkil etadi. Ularning aksariyatini BMTning xalqaro-huquqiy hujjatlari tashkil etadi.

Universal maqomdagi hujjatlardan tashqari, inson huquqlarini ta'minlash va himoyalashning mintaqaviy tizimlari faol shakllantirilmoqda.

Bugungi kunda Yevropa, Amerika va Afrika tizimlari mintaqada inson huquqlarini ta'minlashning ko`proq rivojlangan tizimi hisoblanadi.

“Jamiyatning, davlatning shaxslar bilan bo`ladigan va huquqiy normalar bilan belgilanadigan o`zaro munosabatlari shaxsning huquqiy holati deb ataladi”

Jamiyat va davlatning shaxs bilan munosabatlari konstitutsiya normalarida o`z ifodasini topadi.



Shaxsning huquqiy holati quyidagi turlarga ajratiladi: fuqaroning umumiy yoki konstitutsiyaviy huquqiy holati; shaxsning maxsus huquqiy holati, fuqarolarning alohida kategoriyalari huquqiy holati; jismoniy va yuridik shaxslar huquqiy holati; chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar yoki ikki fuqarolikka ega shaxslar hamda qochqinlarning huquqiy holati; xorijiy mamlakatlarda yashayotgan Oʻzbekiston fuqarolari huquqiy holati; tarmoqqa oid, yaʼni fuqarolik huquqiy, maʼmuriy huquqiy Shaxsning huquqiy holati.; kasbi va mansabiga bogʻliq holda (vazir, deputatla/rning) shaxslarning huquqiy holati; alohida sharoitlarda, alohida hududlarda (Orol boʻyi, baland togʻ sharoitida, zararli obʼyektlarda) ishlayotgan shaxslarning huquqiy holati.

1 O.T.Husanov konstitutsiyaviy huquq darsligi Toshkent “Adolat” 2013

2 Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risidagi qonun 1999

3 1789-yil Fransiyada sodir bo’lgan burjua inqilob.




Download 31,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish