Aim.uz
Nogironlar sporti
Jahonning turli mamlakatlarida nogironlikning turiga qarab shifokorlar tomonidan jismoniy mashqlar vositalari orqali ulami davolash usullari keng qo'llanilmoqda. Ayniqsa, qo'li yoki oyoqlari yo'q nogironlar trenajyorlarda turli mashqlami bajarib, sportning u yoki bu turi bilan (hatto avtomotosport bilan) shug'ullanishga kirishdilar. Futbol bo'yicha musobaqalar tashkil qilish qiziqarli va e’tiborli bo'lib o'tmoqda.
Yevropa mamlakatlarida futbol, yengil atletika, qo'l bilan bajariladigan xilma-xil mashqlar (tosh, gir ko'tarish, osilish, bilak kuchini sinash va hokazo) bo'yicha birinchilik musobaqalari tashkil etilmoqda. Musobaqalarning mazmun va qoidalari birmuncha ixchamlashtirilmoqda.
Bunday tadbirlar 0‘zbekistonda ham ancha vaqtlardan buyon rivoj topib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya to'g'risida»gi qonun va boshqa bir qator qarorlar, nizomlar asosida nogironlar sporti bo'yicha federatsiyalar ham tuzilgan.
1997—2001-yillarda O'zbekistonning «Matonat» futbol jamoasi bir necha bor xalqaro tumirlar, o'ltoqlik uchrashuvlari va MDH (SNG) birinchiliklarida sovrinli o'rinlami egallab olmoqda. f
Bu sohada ham maium darajada muammolar paydo bo'lmoqda. Ayniqsa, kichik va o'lta yoshdagi nogiron bolalami jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, ular shug‘ullanish mumkin bo'lgan sport turlari bo'yicha mashg'ulotlami tashkil etish, shart-sharoitlar yaratish, murabbiylar bilan ta’minlashda mavjud bo'lgan sportklublar katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Kasalliklar va nogironlikning turlariga qarab jismoniy mashqlar mazmun va sport turlarining mazmuni hamda qoidalari to'la ishlab chiqilmagan.
Nogironlami jismoniy jihatdan tarbiyalash va ulami ma’naviy jihatdan ruhlantirishda sport klublaming sohaviy turlarini ko'paytirish, homiylik ishlarini kuchaytirish lozim bo'ladi.
«Sport» gazetasining 1991-yil yanvar sonida1 eion qilingan maqola ana shu jihatlami ifodalaganligi bilan tarixiy ahamiyatga egadir. Unda mamlakatimizda nogironlar futboliga bo'lgan munosabat haqida gap boradi. Jumladan, sportning bu turini mamlakatimizda rivojlantirishga munosib hissa qo'shayotgan toshkentlik tashabbuskorlar haqida iliq so'zlar aytilgan. Toshkentning «Matonat» komandasi tashkil etilgan Mehr-shafqat kubogi o'yinlaridan keyingi o'yinlar bayon qilingan.
Kubok o'yinlari o'tayotgan paytda «Nogironlar uchun futbol» xalqaro dasturining direktori amerikalik Bill Berri Sietlda o'tkazilgan «Jahon kubogi-90» musobaqalarining tashkiliy qo'mitasi a’zolari bilan birga yurtimizga tashrif buyurishgandi. Ular shu yil oktabr oyida jahon chempionatini Toslikentda o'tkazish imkoniyatlarini o'rganib chiqdilar. Bundan tashqari, ular toshkentlik ishbilarmon kishilar bilan hamkorlikda mahalliy «Jasur» shirkatida Amerika texnologiyasi bo'yicha nogiron futbolchilar uchun maxsus qo'ltiqtayoqlar ishlab chiqarishni yo'lga qo'ydilar.
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |