323
«O‘n besh yoshli kapitan»
– Sizni topganim uchun juda xursandman.
– Sizni ko‘rganimga
men ham juda xursand man, –
dedi Livingston.
Bu kelgan kishi amerikalik Stenli edi. U «NyuYork
Gerald» gazetasining muxbiri ekan, gazeta muharriri uni
Devid Livingstonni qidirish uchun Afrikaga yuboribdi.
Stenli Bombeyda kemaga o‘tirib, Zanzibar qirg‘og‘iga
jo‘nab ketadi. Bu yerdan to‘ppa-to‘g‘ri Ujijiga yo‘l oladi.
Livingston bilan Stenli qayiqqa o‘tirib Magala burniga
kelib, astoydil tekshirgandan keyin,
Lualaba daryosi-
ning bir tarmog‘i Tanganayka ko‘liga quyilar ekan,
degan fikrga kelishdi. (Bir necha yildan keyin Kame-
ron bilan Stenli bu fikrning to‘g‘riligiga ishonishdi.)
12-dekabrda ular Ujijiga qaytib kelishdi.
Stenli vataniga jo‘nashga qaror berdi.
Livingston bilan ikkovi sakkiz kun suvda yurgandan
keyin, 27-dekabrda Urimbaga va 23-fevralda Kuixaraga
yetib kelishdi.
12-mart – xayrlashish kuni edi.
– Siz mardona ish qildingiz, – dedi Livingston Stenliga,
– bu ishni har kim ham bajaravermaydi.
Sizdan cheksiz
minnatdorman.
– Sizni vataningizda sog‘-salomat ko‘rishga isho-
naman, – deb javob qaytardi Stenli uning qo‘lini qattiq
qisib: – Xayr!
– Oq yo‘l, – dedi Livingston.
Stenli jo‘nab ketdi va 1872-yil 12-iyun kuni Fransi-
yaning Marsel shahriga yetib keldi.
Livingston tekshirishlarini davom ettiraverdi. U Kuixa-
rada besh oy dam olib, 2-avgustda Tanganaykaning
janubiy qirg‘og‘iga jo‘nadi.
Bu sa far uni Suzi, Shuma va
Amoda degan uchta qora tanli xizmatkori, Stenli uning
ixtiyoriga qoldirib ketgan qirq oltita yerliklar va Yakov
Uenrayt de gan kishi kuzatib bordi.
Bir oydan keyin karvon Mura degan joyga yetib keldi.
Yo‘lda doim qattiq qurg‘oqchilikdan keyin chaqmoq chaqib,
momaqaldiroq guldurab turdi va keyin yog‘ingarchilik
324
Jyul Vern
boshlandi. Yuk ortilgan hayvonlarni setse pashshasi cha-
qaverib, halok qil di. Yerlik aholi sayohatchilarga dushman
ko‘zi bi lan qarar edi. Shunga qaramasdan Livingstonning
karvoni 1873-yil 23-yanvarda Chitunkuz degan joy ga yetib
keldi. Sayyoh Bangveolo ko‘lining sharq tomonidan o‘tib,
27-aprel kuni Chitambo qishlog‘iga keldi.
Bu yerda bir necha qul savdogarlari Living stonni
ko‘rdilar. Ular bu to‘g‘rida Alvets bilan uning ujijilik ham-
rohiga xabar qildilar. Living stonning Tanganayka ko‘li-
ning janubini tekshirib bo‘lgandan keyin g‘arb tomonga,
Kazonde va keyin Angolaga jo‘nashi ehtimol deyishga
hamma asoslar bor edi.
Missis Ueldon ulug‘
sayyoh yaqinda kelib qoladi,
deyishga to‘la ravishda haqli edi, chunki uni Bangveolo
ko‘lining janubida ko‘rib edik, deganlariga endi ikki oy
bo‘lgan edi.
Ammo, 13-iyun kuni, ya’ni Negoro o‘ziga yuz ming dol-
lar daromad beradigan xatni olaman deb kelishidan bir
kun oldin, Kazondega Alvets va boshqa qul savdogarlari
uchun zo‘r shodlik xabari kelib qoldi.
1873- yil 1-may sahar paytida doktor Devid Livingston
vafot etgan edi!
Afsuski, bu xabar chin edi.
Livingstonning karvoni
Chitam bo qishlog‘igacha yetib kelgan edi. Sayyohni
zambilda olib kelishibdi. 30-aprelga o‘tar kechasi u qattiq
og‘riqdan ingrab, keyin hushidan ketdi.
Livingston bir soatdan keyin o‘ziga kelib, Suzi degan
xizmat korini chaqirib, unga dori-darmon olib kelishni
buyuribdi. Keyin u asta shivirlab:
– Yaxshi! Keta ber endi! – debdi.
Ertalab soat to‘rtlarda Suzi bilan soqchilardan yana
besh kishi sayyohning chaylasiga kirishibdi.
Devid Livingston karavoti yonida tiz cho‘kib o‘tirgan
ekan. Suzi uning betini ushlab ko‘rsa, muzdek ekan.
Devid Livingston o‘lgan edi.
Sayyohning sodiq xizmatkorlari
uning jasadini den-
giz qirg‘og‘iga olib kelishdi. Ular uzoq hamda og‘ir yo‘l
325
«O‘n besh yoshli kapitan»
yu rishga to‘g‘ri kelishiga qaramasdan, o‘n oydan keyin
uning jasadini Zanzibarga olib kelishadi.
1874-yil 12-aprel kuni Livingston Angliyaning boshqa
ulug‘ odamlari qatori Vestminstr abbatligidagi go‘ristonga
dafn etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: