Qaysi gap tarkibida ot+ot qolipidagi qo‘shma sifat ishtirok etgan?



Download 96 Kb.
bet1/3
Sana18.01.2022
Hajmi96 Kb.
#391341
  1   2   3




22-variant

1. Qaysi gap tarkibida ot+ot qolipidagi qo‘shma sifat ishtirok etgan?

A) Yurtimizga kelgan har bir sayyoh uni sevib qoladi, chunki xalqimiz juda samimiy va mehmondo‘st xalqdir.

B) Zinhor unutmaginki, nodon, kaltafahm odamdan yaxshi gap chiqmaydi.

C) Shunga havasim keldiki, hovlingizda doim atirgul va sadarayhonlar gurkirab turadi.

D) U juda hozirjavob yigit edi, topshirilgan har bir vazifani ham o‘z vaqtida uddalar edi.

2. Qaysi javobda o‘z shakldoshi bilan o‘zaro bir xil turkumga oid bo‘la oladigan so‘z bilan ifodalangan ega qatnashgan?

A) Ishga berilib ketganidan yuz-ko‘ziga ko‘cha changi yopishayotganini ham payqamas edi.

B) “Yoz o‘tmoqda soz”, – deya ko‘chalarda chopib o‘ynashardi.

C) Bu taxt sening avlodlaringga ham nasib etmaydi.

D) Tanlovda bu tuman faxrli birinchi o‘rinni egalladi.
3. Qaysi gapda fe’lning o‘tgan zamon shakli kelasi zamon ma’nosida qo‘llangan?

A) Bir vaqt qarasam, yig‘layapman, hech o‘zimni bosolmayman.

B) Ular allaqachon bir qarorga kelgan edilar.

C) Men bu mehmonni kuzatib borayotirman.

D) Agar mening gapimni tushungan bo‘lsang, yur men bilan, ketdik.
4. Qaysi gapda aniqlovchi vazifasini bajargan o‘zlik nisbatidagi fe’l qatnashgan?

A) Yechishga qiynalgan masalangni menga ko‘rsat.

B) Taklif etilgan mehmonlarning ayrimlari hali kelmadi.

C) Lagan-tovoqning bir-biriga teggan tovushi eshitilib turardi.

D) Halima har doim juda ozoda kiyinadi
5. Quyida berilganlardan imloviy jihatdan xato yozilgan so‘zlarni aniqlang.

1) tele ko‘rsatuv; 2) taqiqlamoq; 3) hokandoz; 4) uydurma; 5) mas’ul; 6) hatti-harakat.

A) 1, 2, 4, 5

B) 1, 3, 4, 6

C) 1, 3, 5, 6

D) 2, 4, 5, 6


6. Barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan javobni belgilang.

A) jarrox, jangovor, toifa

B) hasis, musoboqa, maxsulot

C) toyifa, musobaqa, jarrox

D) xasis, mahsulot, tomosha
7. Quyidagi qaysi vazifani bajaruvchi qo‘shimcha birgina til oldi jarangli undosh bilan ifodalanishi mumkin?

A) fe’lning kelasi zamon shaklini hosil qiluvchi qo‘shimcha

B) I shaxs birlikdagi egalik qo‘shimchasi

C) fe’lning harakat nomi shaklini hosil qiluvchi qo‘shimcha

D) fe’lning birgalik nisbati shaklini hosil qiluvchi qo‘shimcha
8. Gap bo‘laklari joylashuvi quyidagi shartli belgilarga to‘liq mos keladigan gapni aniqlang.
. . . . . . _________ ~~~~~~~ _ _ _ _ _ _ ========
A) Majlisda bu masala haqida hech kim churq etmadi.

B) Hunarli odam hech qachon xor bo‘lmaydi.

C) Hozir ham hech kim uning ismini aytmaydi.

D) Dunyoda hech narsaning qimmati ilmchalik yuqori emas.


9. Qaysi gapda boshqalariga nisbatan yasama soʻz koʻproq berilgan?

A) U beg‘ubor yaylov havosida ulg‘aygan kamgap va qaysargina bir bola edi.

B) Hosildorlikni oshirish uchun yerga o‘g‘it tashlandi.

C) Layloning vafotidan keyin men ularning oilasiga qattiq bog‘langan edim.

D) U kitobxonlar tanlovining faol ishtirokchilaridan biri edi.
10. O‘zlik nisbatidagi fe’l bilan ifodalangan kesim qatnashgan gapni aniqlang.

A) O‘rtada o‘rnatilgan bo‘ydor archaga rang-barang o‘yinchoqlar osilgan edi.

B) Keldi ochilur chog‘ing, o‘zliging namoyon qil.

C) Oq va qora marvarid donachalari ajoyib shaklda ipga tizildi.

D) Shoir anchagacha uxlay olmay, ezgin xayollar girdobida qiynaldi.
11. Berilgan so‘zlardan jo‘nalish kelishigi shaklidagi ismlarga qo‘shilib kela oladigan vazifadosh ko‘makchilarni aniqlang. 1) ko‘ra; 2) buyon; 3) tomon; 4) qaramay; 5) boshlab; 6) ko‘rib; 7) qadar.

A) 2, 3, 5, 6

B) 1, 4, 5, 7

C) 1, 3, 4

D) 2, 4, 6, 7
12. Haqiqat tikanli gulga o‘xshaydi, shuning uchun ham u hidlashni bilmaganlarning burniga sanchiladi. Ushbu gapda qatnashgan fe’llarga oid to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.

A) Ushbu gapdagi barcha fe’llar sodda tub fe’llar sanaladi.

B) Ushbu gapda fe’l nisbatlarining ikki turi qatnashgan.

C) Ushbu gapda fe’l vazifa shakllarining ikki turigagina oid fe’llar qatnashgan.

D) Ushbu gapdagi barcha fe’llar o‘timsiz fe’llar sanaladi.
13. Tiniq osmon o‘zining bor go‘zalligi va malohatini cheksiz balandliklardan ulug‘vorlik bilan bizga ko‘z-ko‘z qilib turar edi. Ushbu gapda qatnashgan sodda yasama so‘zlar sonini aniqlang.

A) 5 B) 4 C) 3 D) 6


14. Tadbirni har oyning juma kunida o‘tkazishga ma’muriyat kafolat beradi. Ushbu gap qaysi uslubga xosdir?

A) ilmiy uslub

B) publitsistik uslub

C) so‘zlashuv uslubi

D) rasmiy uslub
15. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda sinekdoxa usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan?

A) "Nasaf" Toshkentdan g‘alaba bilan qaytdi.

B) Och nazarim tushar suratga.

C) Yoqimli hid dimog‘ini qitiqladi.

D) Bir boshga bir o‘lim.
16. Qaysi gapda tobe qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmalari uchraydi?

A) U beg‘ubor yaylov havosida ulg‘aygan kamgap va qaysargina bir bola edi.

B) Hosildorlikni oshirish uchun yerga o‘g‘it tashlandi.

C) Layloning vafotidan keyin men ularning oilasiga qattiq bog‘langan edim.

D) U kitobxonlar tanlovining faol ishtirokchilaridan biri edi.
17. Qaysi gapda imloviy jihatdan xato yozilgan aniqlovchi vazifasidagi so'z qatnashgan?

A) Qizchasining ishlarini ko'rib ona xursan bo'lib ketdi.

B) Bularning meyoriy holatini saqlashda shifobaxsh giyohlar foydalidir.

C) Bo'lib o'tgan voqea oqibatini tushungan yigitning yuragini pushaymonlik xissi eza boshladi.

D) Hayotimizda mansabparast kishilarning maqsadlarini amalga oshirishlariga yo'l qo'ymasligimiz kerak.
18. Odob kishilar tarafidan qilinish mumkin bo'lgan xurmatsizlik eshigini yopadi va odamni xazil-mazaxdan, kamsitilishdan saqlaydi. Ushbu gapda necha o'rinda imloviy xatolikka yo'l qo'yilgan?

A) 2 o'rinda B) 5 o'rinda C) 3 o'rinda D) 4 o'rinda


19. Qaysi javobda tarkibidagi barcha undoshlari hosil bo'lish usuliga ko'ra birlashtiruvchi belgiga ega bo'lgan otlar qatori berilgan?

A) kunjut, butun, terim

B) uzviy, ulug'vor, yolg'iz

C) saroy, shaxs, suruv

D) kukun, tuzum, tushuncha
20. Qaysi gapda sinekdoxa yo'ii bilan ma'no ko'chishi kuzatilgan?

A) Men "Chinor"ni qiziqib o'qidim.

B) Nafisa qo'liga uzuk taqdi.

C) Musobaqada birinchilikni Buxoro oldi.

D) Oltin kuz boshlandi


Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish