Qaysi gap tarkibida ot+ot qolipidagi qo‘shma sifat ishtirok etgan?


++++++++++++++++++ADABIYOT+++++++++++++++++



Download 96 Kb.
bet2/3
Sana18.01.2022
Hajmi96 Kb.
#391341
1   2   3
++++++++++++++++++ADABIYOT+++++++++++++++++

1. Qaysi javobdagi asarlar G‘afur G‘ulom qalamiga mansub?

A) “Juvonboz”, “To‘y”, “Baxtsiz kuyov”

B) “Mahmud Tarobiy”, “O‘tror”, “Karvon yo‘llarida”

C) “Zar qadri”, “Jar yoqasidagi chaqmoq”, “Daryolar tutashgan joyda”

D) “Tirilgan murda”, “Yodgor”, “Netay”


2. Qaysi javobda Erkin Vohidov haqida ma’lumot berilgan?

A) U nemis shoiri Gyotening “Faust” asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

B) U “Osmonning oxiri”, “Qora quyosh” dostonlari muallifidir.

C) Shoirning matbuotda birinchi marta “Qushcha” she’ri bosilib chiqadi.

D) U “Yillar armoni”, “Sohibqiron” asarlari muallifidir.
3. Asqad Muxtorning bir xil janrda yozilgan asarlarini toping.

A) "Tilak", "Qorako‘z majnun"

B) "Bo‘ronlarda bordek halovat", "Jar yoqasidagi chaqmoq"

C) "Ikki eshik orasi", "Tushda kechgan umrlar"

D) "Davr mening taqdirimda", "Samandar"
4. Usmon Nosirning “Yurganmisiz birga oy bilan” she’ri haqidagi ma’lumotni aniqlang.

A) Ushbu she’rni shoir davolanish uchun shimolga – Boltiq va Oq dengiz bo‘ylariga safar qilgan davrda yozgan.

B) Ushbu she’rda shoir bolalikni yashnoq “gul”ga, o‘zini esa gul hidini emuvchi, dilbar malak boshi uzra parvona bo‘luvchi "kapalak"ka mengzagan.

C) Ushbu she’r shoirning Samarqanddan onasiga yozgan she’riy maktubi sanaladi, unda bolalikdagi sargardonliklarini tabiat manzaralariga uyg‘un holda qayta jonlantiradi.

D) Ushbu she’rda lirik qahramon hamma qulluq qilib turgan, ta’rifiga hamd-u sano keltirayotgan “Asrlarni yig‘latgan sevgi”ga qarshi bosh ko‘taradi.
5. "O‘tkan kunlar" romanida Otabek va Mirzakarim qutidorni o‘limga hukm qilib, Yusufbek hojining Otabekka yozgan xati bilan tanishgandan keyin ularni o‘limdan saqlab qolgan Marg‘ilon hokimining nomi qaysi javobda berilgan?

A) Azizbek

B) Musulmonqul

C) Normuhammad qushbegi

D) O‘tabboy qushbegi
6. Qaysi javobda Xusrav Dehlaviyning "Xamsa"sidagi to‘rtinchi doston nomi berilgan?

A) "Yusuf va Zulayho"

B) "Layli va Majnun"

C) "Hasht behisht"

D) "Haft paykar"
7. Qaysi javobdagi ma’lumot Uvaysiy haqida emas?

A) U hasbi hol tarzida yozilgan "Dog‘ o‘ldi, dog‘ o‘ldi", "Sog‘indim" kabi g‘azallar muallifidir.

B) Uning erta vafot etgan umr yo‘ldoshi Amiriy taxallusi bilan she’rlar ijod qilgan mashhur shoir edi.

C) Shoira Marg‘ilon shahrida ma’rifatli oilada dunyoga kelgan. Akasi Oxunjon ashula aytar edi, el orasida hofiz nomi bilan tanilgan edi.

D) U chistonnavis sifatida ham o‘z mahoratini namoyon etgan. Ayniqsa, uning "Anor" chistoni she’riyat ixlosmandlari e’tiborini qozonib kelmoqda.
8. Qaysi javobda Shuhratning romanlari berilgan?

A) "Shinelli yillar", "Orzu va qasos"

B) "Oltin zanglamas", "Jannat qidirganlar"

C) "Shinelli yillar daftari", "Mashrab"

D) "Jamila", "Oltin zanglamas"
9. Abayning "Nasihatlar" asarining "O‘n yettinchi so‘z"ida Aql, G‘ayrat va Yurak bahsiga hakamlik qilgan Ilm qaysi bir(lar)ining tanaga boshliq bo‘lishini ma’qullaydi?

A) Aqlning

B) Aql va Yuraknining

C) Yurakning

D) G‘ayratning
10. “Mutafakkir adib saxovat va himmatni insoniyat bog‘ining hosildor daraxti, u daraxtning foydali mevasi deb ataydi. Asarda oliyhimmat kishilarni balandparvoz lochinga, behimmat kimsalarni esa sichqon ovlovchi kalxatga o‘xshatadi”. Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida?

A) Alisher Navoiy

B) Yusuf Xos Hojib

C) Abay


D) Gulxaniy


Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish