Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

320
Jyul Vern
shayotgan Mpend xonni ziyorat qildi va nihoyat, 2-mart 
kuni Zambezi daryosi bo‘yidagi Tete degan joyga keldi.
22-aprelda Livingston bir zamonlar o‘zining boyligi bilan 
shuhrat topgan bu qishloqdan Zambezining etak tomoniga 
jo‘nab ketdi va 20-may kuni, ya’ni Kapshtadtdan safarga 
chiqqaniga to‘rt yil bo‘ldi deganda Kelimanega yetib keldi.
12-iyulda u kemaga o‘tirib, Morisga jo‘nadi va o‘n olti 
yil sayohat qilib yurganidan keyin Angliyaga qaytib keldi.
Bu yerda mashhur sayyohni tantana bilan kutib olish-
di, Parij Geografiya jamiyati unga mukofot berdi, London 
Geografiya jamiyati uni katta medal bilan mukofotladi. 
Uning o‘rnida har qanday kishi bo‘lganda ham, endi dam 
olib yotadigan vaqt keldi degan bo‘lardi, ammo Livingston 
boshqacha fikrda edi. 1858-yil 1-martda u yana Afrikaga 
jo‘nab ketdi va may oyida Mozambik qirg‘og‘iga kelib tush-
di. U Zambezi havzasini tekshirishga kirishmoqchi edi.
Livingstonning bu sayohatida Charlz degan ukasi, 
kapitan Bedindfild, Tornton, Beyns va dok tor Kirk bilan 
doktor Meller ham birga bo‘ldilar.
Ammo ularning bir nechasiga o‘z vatanlariga qaytish 
nasib bo‘lmadi.
«Ha-Robert» degan kichkina paroxod sayohatchilarni 
ulug‘ daryoning oqimiga qarshi olib ketdi. Ular 8-sentabr-
da Tetega yetib kelishdi. Sayohatning dastlabki yillarida 
quyidagi voqealar bo‘lib o‘tdi: 1859-yilning yanvar oyida 
Zambezining janubiy qismi bilan uning chap tarmog‘i 
bo‘lgan Shire daryosi tekshirildi; shu yilning aprel oyi-
da Shirua ko‘liga sayohat qilindi; Manganya viloyati 
tekshirildi va Nyassa ko‘li kashf etildi; 10-sentabrda 
Yiktoriya shalolasiga jo‘naldi; 1861-yilning mart oyida 
«Pioner» paroxodida sayohat qilib, Rovuma daryosi tek-
shirildi; o‘sha yilning sentabr oyida Nyassa ko‘liga qaytib 
kelindi; 1862-yilning 30-yanvarida «Ledi Nyassa» nomli 
ikkinchi paroxod keldi, bu paroxodda missis Livingston 
kelgan edi, lekin missis Livingston 27-aprelda erining 
qo‘lida vafot etdi.


321
«O‘n besh yoshli kapitan»
O‘sha yilning may oyida Livingston Rovuma daryosini 
ikkinchi marta tekshirishga harakat qilib ko‘rdi; no-
yabr oyining oxirida Zambeziga kelib, Shire daryosining 
oqimiga qarshi chiqib bordi. 1863-yilning aprel oyida 
Tornton degan hamrohi vafot etdi. Livingston kasaldan 
juda darmonsiz bo‘lib qolgan ukasi Charlz bilan doktor 
Kirkni Yevropaga qaytarib yubordi, o‘zi esa bu ko‘lning 
gidrogeografiya tasvirini tamomlash uchun 10-noyabrda 
uchinchi marta Nyassa ko‘liga keldi. Uch oydan keyin 
u yana Zambezi mansabiga qaytib ke lib, undan 1864-
yil 10-iyulda, ya’ni besh yillik safardan keyin Londonga 
qaytib keldi. U yerda u «Zambezi va uning tarmoqlari» 
degan asarini bostirib chiqazdi.
Livingston 1866-yil 28-yanvarda yana Zanzibarga 
kelib, o‘zining to‘rtinchi sayohatini bosh ladi.
Zanzibarda Livingston qul savdosining mamlakatga 
qanday katta zarar yetkazayotganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib 
ishondi. 8-avgustda u Nyassa ko‘li bo‘yidagi Mokalaoze 
shaharchasiga keldi. Bu safar uning soqchilari bir necha 
nafar sipohiylar
48
bilan negrlardan iborat edi. Olti hafta 
o‘tgandan keyin soqchilarining aksari qochib ketdi va 
Zanzibarga qaytib kelib, Livingston o‘ldi, degan yolg‘on 
xabar tarqatdilar.
Ammo dovyurak sayyoh shunda ham bo‘sh kelmadi: 
u hech narsaga parvo qilmasdan, Nyassa bilan Tanga-
nayka ko‘llari orasidagi yerlarni tek shirib chiqishga qa-
ror berdi. Livingston bir necha yerliklar bilan 10-dekabr 
kuni Loangva daryosini kechib o‘tib, 1867-yil 2-aprelda 
Lemmba ko‘lini kashf etdi. Shu yerda Livingston kasal 
bo‘lib qol di. U bir oy davomida o‘lim to‘shagida yotdi. Bi-
roq kasalidan tuzalib ketmasdanoq, 30-avgustda Maero 
ko‘liga kelib, uning shimoliy qirg‘og‘ini tekshirib chiqdi; u 
21-noyabrda Kazembe shahriga keldi. Livingston bu yerda 
qirq kun dam olib, Maero ko‘liga ikki marta borib keldi.
48
 
Sipohiylar – Hindistondagi ingliz qo‘shinining yollanma 
askarlari.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish